10-bilet Hududda mavjud bo’lgan injenerlik kommunikatsiyalarining mavjudligi


Download 50.17 Kb.
bet1/5
Sana19.06.2023
Hajmi50.17 Kb.
#1612066
  1   2   3   4   5
Bog'liq
10-11-12 savolla


10-bilet
1.Hududda mavjud bo’lgan injenerlik kommunikatsiyalarining mavjudligi(elektr,sovuq suv,oqava,gaz,telefon,signalizatsiya,internet va boshqalar).
Quriladigan binoga elektr, sovuq suv, oqova, gaz, internet va xokazolar bilan ta’minlanishi qurilish hududini tanlash jarayonida e’tiborga olinadi. Loyihalanayotgan binoning turi va hajmiga qarab talab etiladigan injenerlik kommunikatsiya resurslari hajmi hisoblab topiladi. Bu esa hududda mavjud bo’lgan injenerlik kommunikasiyalarining qurilish maydonida joylashganmi? yoki qurilish maydoni chegarasidan tashqaridami? yoki alohida maxsus trassa orqali olib kelish talab etiladimi? kabi muammolar hudud tanlash jarayonida ko‘rib chiqiladi.
Elektr ta’minoti. Loyihalanadigan binoni elektr bilan ta'minlashni rejalashtirishda ulanish va foydalanish shartlarini ko‘rib chiqish jarayonida quyidagilar o'rganiladi.
elektr tarmoqlarining loyihalanadigan binodan uzoqligi;
loyihalanadigan binoning vazifasi;
tarmoqning umumiy quvvati (uskunalarning umumiy quvvat sarfi asosida);
kerakli elektr fazalari soni (220 v yoki 380 v);
elektr ta'minoti manbasi qanday holatda (ularni rekonstruksiya qilish zarurati bor yoki yo‘qligi);
Loyihalanadigan binoning elektr ta'minoti statsionar manbadan yoki vaqtinchalik bo'lishi mumkin. Statsionar manbalarga transformator podstansiyalari, havo uzatish liniyalari va er osti uzatish liniyalari bo‘lishi mumkin, vaqtinchalik esa dizel (benzin) generatorlari bo‘lishi mumkin.
Suv ta’minoti. Loyihalanayotgan binoga suv ta'minoti talab etilsa suv manabaining ulanish joyi va suvni etkazib berishning texnologik sxema loyihasini tuzishni talab qiladi. Bunday loyiha sxemani yaratish uchun binolarni suv bilan ta'minlash uchun o‘ziga xos ma'lumotlarni to'plash kerak bo‘ladi. Suv manbaidan foydalanish uchun quyidagilar o'rganiladi.
suv manbaining ulanish joyining loyihalanadigan binodan uzoqligi;
loyihalanadigan binoda suv sarfining hajmi;
suv manbaining yetkazib berish umumiy quvvati;
Agar loyihalanayotgan bino hududida ulanish uchun suv ta'minoti bo‘lmasa, u holda, avtonom suv olish manbalari ishlatiladi, ya’ni maxsus skvajinalar qaziladi va suv omborini qurish talab etiladi. Bu suv ombori uchun ham sanitar gigiyenik talablaridan kelib chiqib yer maydoni ajratiladi va ko‘zda tutilmagan qo‘shimcha yer maydonini ajratishga to‘g‘ri keladi.
oqova suv (kanalizatsiya). Loyihalanayotgan binodan oqova suvlarni olib chiqish va markaziy kanalizatsiya tarmog‘iga ulash masalalari ham ko‘rib chiqiladi. Kanalizatsiya tarmog‘ini loyihalashda rel’efning qiyaligi muhim ahamiyat kasb etadi. Binoning joylashishiga qarab kanalizatsiya trubalari binoning chiqish joyidan markaziy kanalizatsiya tarmog‘igacha rel’efning qiyaligi yo‘nalishida bo‘lsa qurilish sarf-xarajatlari kam bo‘ladi. Agar rel’efning qiyaligi yo‘nalishiga teskari bo‘lsa loyihalash jarayonida turli qiyinchiliklarga duch kelishi mumkin. Kanalizatsiya tarmog‘ini loyihalashda ham quyidagilar o'rganiladi.
markaziy kanalizatsiya tarmog‘ining loyihalanadigan binodan uzoqligi;
kanalizatsiya tarmog‘ining materiali;
loyihalanayotgan bino hududida rel’efning qiyaligi
oqova suvning hajmi;
loyihalanayotgan bino hududida kuzatish quduqlarining soni, o‘rnatilish imkoniyatlari;
Agar loyihalanayotgan bino hududida kanalizatsiya tarmog‘ini ulash uchun markaziy kanalizatsiya tarmog‘i bo‘lmasa, u holda oqova suvning umumiy hajmidan kelib chiqib oqova suv uchun maxsus usti yopiq hovuz quriladi. Oqova suv uchun maxsus usti yopiq hovuzni shamol yo‘nalishini e’tiborga olgan holda loyihalanayotgan bino hududiga joylashtirilishi rejalashtiriladi.
Gaz ta’minoti. Loyihalanayotgan binoga gaz ta'minoti talab etilsa eng avvalo, gaz taqsimlash tarmog'iga ob'ektni texnologik ulanishi uchun imkon mavjudligini bilishish kerak. Loyihalanayotgan binoni gazlashtirish loyihasi tarmoqni to‘g‘ri rejalashtirish, hisoblash va kerakli uskunalarni tanlash imkonini beruvchi hujjat hisoblanadi. Gaz tarmog‘ini loyihalashda quyidagilar o'rganiladi.
gaz taqsimlash tarmog'ining loyihalanadigan binodan uzoqligi;
gaz taqsimlash tarmog'ining gazni yetkazib berish hajmi va unga ulanish uchun gaz tashkiloti ruxsati;
loyihalanayotgan binoda gazga bo‘lgan ehtiyojning umumiy hajmi;
Agar loyihalanayotgan bino hududida gaz taqsimlash tarmog'iga ulash imkoni bo‘lmasa, u holda isitish qozonlari uchun ko‘mir yonilg‘isi ishlatiladi. Ko‘mir yonilg‘isi uchun maxsus alohida ko‘mir ombori, yonilg‘i chiqindilari uchun maxsus xovuz, ko‘mir yonilg‘isi uchun maxsus isitish qozonlari va ekspluatatsiya uchun transport yo‘llari loyihalash jarayonida e’tiborga olinadi. Bu esa qo‘shimcha yer maydonini ajratishni talab qiladi.

Download 50.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling