10-dars. Pythonda foydalanuvchi grafik interfeysi bilan ishlash darsni olib borish texnologiyasi darsning texnologik xaritasi


Download 176.9 Kb.
Sana28.02.2023
Hajmi176.9 Kb.
#1235739
Bog'liq
9-PYTHONDA FOYDALANUVCHI GRAFIK INTERFEYSI


Sana
10.05.2022
Sinf
9


10-DARS. PYTHONDA FOYDALANUVCHI GRAFIK INTERFEYSI
BILAN ISHLASH
DARSNI OLIB BORISH TEXNOLOGIYASI


DARSNING TEXNOLOGIK XARITASI
I. Tashkiliy qism
Salomlashish, davomatni aniqlash.
II. Qiziqtirish (motivatsiya)
O‘quvchilarni dars mavzusi bilan qiziqtirish. Sinf doskasida sana, mavzu va qiziqtirish uchun savollar
yoziladi. O‘quvchilarga savol tashlanadi va “Aqliy hujum” metodi yordamida javoblar tahlil qilinadi.
Grafik interfeysli ilovalar qanday yaratiladi?
Yangi mavzudan oldin o‘quvchilarning shu mavzuga oid bilimlari aniqlab olinadi.
III. Mavzuni tushuntirish
Mavzu yuzasidan asosiy ma’lumotlar beriladi. Yangi mavzu www://dr.rtm.uz sayti yoki QR-kod orqali
yuklab olingan taqdimot va videolar yordamida taqdim etiladi. O‘qituvchi o‘quvchilarga vijetning turlari
haqida gapirib beradi. Taqdimot yordamida darslikning 105–106-betlaridagi ma’lumotlar tushuntirib
beriladi.
O‘quvchilar, o‘z navbatida, diqqat bilan eshitib, mavzu haqida yangi bilimlarga ega bo‘ladi. Shuningdek,
vijet turlarini daftarlariga yozib oladi.
IV. MAVZUNI MUSTAHKAMLASH
O‘quvchilar 3 ta kichik guruhga bo‘linadi. Har bir guruhga quyidagi loyiha topshiriqlari beriladi.

O‘quvchilar kichik guruhlarda loyiha ishini bajaradi. Amalga oshirgan ishlari bo‘yicha har bir guruh o‘z
taqdimotini tayyorlaydi. Guruh taqdimoti muhokama qilinadi.
V. Baholash
O‘quvchilarning kichik guruhlarda bajargan taqdimotlari baholanadi. O‘qituvchi darsdagi faolligi
hamda savol-javoblardagi ishtirokiga qarab o‘quvchilarni baholaydi.
VI. Mavzuni xulosalash
Mavzu bo‘yicha yakunlovchi xulosalar qilinadi. O‘quvchilar tinglab, o‘z fikrlarini aytadi.
VII. Uy vazifasini berish
Uy vazifasi — 106-betidagi uy vazifasida berilgan mashqlarni bajarish.
VIII. Refleksiya
Refleksiya kartochkalari yordamida darsning borishi, o‘quvchi tomonidan tushunishi va ular qiziqishi
aniqlanadi. O‘quvchilar dars haqidagi fikrlarini beradi va o‘z faoliyatlarini baholaydi.

O’qituvchi:_________O.Turayev O’.I.B.D,O’:__________Yo.Saidmurova
Download 176.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling