10 ichida raqamlash metodikasi 100 ichida raqamlash metodikasi
Download 69 Kb.
|
10,100,1000 va kõp xonali sonlar ustida nomalum butun sonlarni nomerlashga õrgatish metodikasi
Konsentrlar 10,100,1000 va kõp xonali sonlar bo’yicha masalalar yechish ustida ishlash Reja:
10 ichida raqamlash metodikasi 100 ichida raqamlash metodikasi 1000 ichida raqamlash metodikasi Тalabalarda ushbu mavzu bo‘yicha bilim ko‘nikmalariga qo‘yiladigan talablar: I.Har bir talaba: 1) konsentirlar bo‘yicha «raqamlash» mavzusini mazmuni va vazifalarini bilishi; 2) o‘quvchilarni o‘zlashtirishni takomillashtiradigan аmashqlar tizimini ishlash jarayonini bilishi: a) fanlararo aloqadorlik va sonlarni xonalar bo‘yicha o‘zaro uzviyligiga bog‘liq metodlar: b) natural sonlar qatorining hosil qilish tamoyillari: d) Sonning o‘nli tarkibi to‘g‘risida: e) konsetrlar bo‘yicha sonlarning o‘qilishi va joylashuvi: f) yangi sanoq birligining hosil qilinishi: g) konsentrlar bo‘yicha sonlarning joylashuv tarkibi: h) xona birliklari bo‘yicha munosabat: i) sonlar tarkibining o‘qilishi va yozilishini bilishi kerak. Mavzuni o‘rganish jarayonida ko‘rgazmalilikdan foydalanish. II. Bilish kerak: – mavzu bo‘yicha dastur talablari asosida sonlarni xona qo‘shiluvchilari yig‘indisi shaklida tasvirlash; – darslik bo‘yicha ko‘rgazmalar asoisda suhbatlar olib borish: – o‘quv materialini o‘zlashtirishini mustahkamlashga va kuchaytirishga oid didaktik o‘yinlar tanlash: – bilim, malaka va ko‘nikmalarni hosil bo‘lishi bo‘yicha turli metodlar va mashqlar, mustaqil ishlar tuza olish: – turli xil ko‘rinishdagi ko‘rgazmali vositalar asosida yangi materialni va o‘tilgan materiallarni mustahkamlash va bayon qila olish. Raqamlash metodikasi bosqichda o‘qituvchining vazifasi bolalarda sanash malakalarini shakllantirish va 1-10, 100 ichida, 1000 ichida va ko‘p xonali sonlarni sanay olishini, didaktik tamoyillar asosida natural qatorning tuzilishini ochib berish va bu asosda sonni natural ketma-ketlikning hadi sifatida ta’riflashdan iborat. Buning uchun o‘quvchilarning quyidagilarga erishishlarini ta’minlash zarur: 1) O‘quvchilarning miqdor va raqamlar tartibi haqidagi tushunchalari aniqlashadi: 2) Predmetlarni sanashni shakllantirish: 3) 1 dan 10 gacha sonlar ketma-ketligini yaxshi o‘zlashtirib olishlari kerak; 4) Narsalarni sanashni va sanash tartibi ko‘rsatilganda har bir narsaning berilgan guruhdagi tartib raqamini aytib bera olishlari kerak; 5) Sonlarning 1 dan 10 gacha qatoridagi har bir son qanday hosil bo‘lishini ongli ravishda o‘zlashtirishlari kerak; 6) Raqamlarni o‘qib olishlari va har bir raqamni narsalarning mos soni bilan mos qo‘ya olishlari kerak; 7) Sonlarni taqqoslashni bilishlari kerak; 8) 2,3,4,5 sonlarning ikkita qo‘shiluvchilardan iborat sonlar tarkibini barcha hollarini mustahkamlab, o‘zlashtirib olishlari kerak; 9) 2+1, 4-1, 1+3, va hokazo ko‘rinishdagi matematik yozuvlarni o‘qiy olishlari va bunday yozuvlarni aniq rasmlar bilan mos qo‘yishlarini bilishlari kerak. 10) Miqdorlar yordamida predmetlarni o‘zaro taqqoslash, «ko‘p», «kam», «ortiq», «baland», «past» kabi tushunchalarni taqqoslay olishi; Doira, kvadrat, uchburchakni bir-biridan farq qila bilishlari va nomini ayta olishlari kerak. Raqamlash metodikasi natural sonlar va nol haqidagi ma’lumotlarni o‘nlik, yuzlik, minglik, ko‘p xonali sonlar konsentrlari bo‘yicha kiritishni nazarda tutadi. Matematika dasturi o‘z ichiga avvalo natural sonlar bilan to‘rt arifmetik amal bajarishni oladi. Bu matematikaning yadrosini tashkil qiladi. Shu bilan birga algebra va geometriyaning asosiy tushunchalari, asosiy miqdorlar kiritilgan, ular arifmetik amallar bilan zaruriy o‘rinda qo‘shib o‘qitiladi. N0 ni nemerlash va ular ustida arifmetik amallar bajarish boshlang‘ich matematika kursini asosini tashkil qiladi. Unga qo‘shib algebra va geometriya elementlari o‘qitiladi. Dasturda natural sonlar va nol haqidagi ma’lumotlarni asta-sekin o‘nlik, yuzlik, minglik va ko‘p xonali sonlar konsentrlari (takroriy) kiritish nazarda tutiladi. Bu o‘nlik sanoq tizimining xususiyalari bilan, og‘zaki va yozma raqamlashni takror-takror qo‘llash orqali beriladi. 1-o‘nlikni raqamlashda 1-10 sonlarini sanash, raqamlarni aytish, ketma-ketligini, katta-kichikligini o‘zlashtirish nazarda tutiladi. 1-o‘nlik bilan nol soni ham birga o‘rgatiladi. Uni bo‘sh to‘plamning xarkteristikasi sifatida berilgan. Raqamlash davomida 11-20, keyin 21-100 ichida sonlarni raqamlash qaraladi. 1-,2-, ....o‘nliklarni hosil qilish, birgalikda o‘nliklarni, ya’ni o‘nli sanoq tizimining mohiyati tushuntiriladi. Keyingi sinflarda 100 ichida, 1000 ichida va ko‘p xonali sonlar og‘zaki va yozma raqamlash, arifmetik amallar bajarish, komponentlarning nomlarini o‘rgatishlar amalga oshiriladi. Download 69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling