10 ichida raqamlash meтodikasi 100 ichida raqamlash meтodikasi


Download 65.5 Kb.
bet5/5
Sana08.05.2023
Hajmi65.5 Kb.
#1442557
1   2   3   4   5
Bog'liq
1452435827 63394

KO‘P XONALI SONLARNI Raqamlash MEТODIKASI
Bu mavzuda o‘qituvchining vazifasi quyidagilardan iborat.
a) predmetlarni bittalab, o‘ntalab, yuztalab, guruhlarga birlashtirib sanash;.
b) 1000 ichida sonlarni o‘qish va yozish hamda ularni natural qatorda kelish tartibini bilish;
v) Sonlarni yuzlik, o‘nlik va birliklardan hosil qilish.
g) O‘ngdan chapga hisoblaganda, birliklar, o‘nliklar, yuzliklar qaysi o‘rinda turishini bilish;
d) Sonni xona qo‘shiluvchilari yig‘indisi ko‘rinishida yoza olish va xona birliklarini bilish.
1000 ichida sonlarni raqamlashni o‘rganish natijasida o‘quvchilar quyidagi bilimlar, malakalar va ko‘nikmalarni egallab olishlari kerak.
1. 1000 ichida sonlarni raqamlashni, sonning hosil bo‘lishini, o‘zidan oldingi va keyingi sonlar bilan aloqadorligini bilish.
2. Har bir sonni sonlar qatoridagi o‘rnini bilish.
3. Sonlarning o‘rni qiymatlarini bilgan holda o‘qish va yoza olish.
4. Тaqqoslash.
5. Sonni xona yig‘inidisi ko‘rinishida yoza olish.
6. Sonlarning natural ketma-ketligini bilgan holda qo‘shish va ayirishni bajarish.
7. Uch xonali son va uchinchi xona birliklari tushunchasini bilish.
Ko‘p xonali sonlarni raqamlashni o‘rganish natijasida o‘quvchilar:
1. Milionlar sinfi ichida natural qator sonlarining nomlarini o‘zlashtirib olishlari, ularning qanday hosil bo‘lishini tushunishlari, ularning o‘nli tarkiblarini bilib olishlari kerak.
2.Sinflarning nomlarini va har bir sinf ichida xonalarni bilishlari kerak.
3.Milionlar sinfi ichida har qanday sonni o‘qiy olishlari va yoza olishlari kerak.
4. Sonlarni taqqoslay olishlari kerak.
5.Har qanday sonni xona qo‘shiluvchilarining yig‘indisi shaklida tasvirlay olishlari (berilgan sondagi birliklarning, o‘nliklarning va h.k.);
6.Umumiy sonni topa olishlari, mayda birliklarni yirik birliklar bilan va aksincha, yirik birliklarni mayda birliklar bilan almashtira olish.
7. Sonlarni 10, 100, 1000 marta kattalashtira oldigan va nollar bilan tugaydigan sonlarni 10, 100, 1000 marta kamaytira oladigan bo‘lishlari kerak.
1-topshiriq. Raqamlash metodikasini o‘zlashtirish jarayonida quyidagi ko‘p xonali sonlarni hosil qilinishida 999, 9999, 99 999, ………, .. dan foydalanib ko‘p xonali sonlarni hosil qilish metodini tahlil eting.
Bu yerda xonalar birligi bo‘yicha yangi sanoq birligi hosil bo‘lishida, masalan, 9 + 1, hosil bo‘ladi 10, bu yangi sanoq birligining hosil bo‘lishidir.
Asosan o‘quvchilarga qiyinchilik 10 000 - 1, 100 000 - 1 va h.k.
Buning uchun quyidagi qonuniyadan foydalanamiz:
9 + 1 = 10 10 – 1 = 9
99 + 1 = 100 100 – 1 = 99
999 + 1 = 1000 1000 – 1 = 999
9999 + 1 = 10 000 10 000 – 1 = 9999
Buni quyidagicha davom ettirish mumkin:
9999 + 1 = ( 9900 + 99 ) + 1 = ( 99 + 1 ) + 9900 =
= 100 + 9900 = 10 000.

10 000 - 1 = ( 9990 + 10 ) - 1 = 9990 + ( 10 -1 ) =


= 9990 + 9 = 9999.
2-topshiriq. O‘quvchilarga «Raqamlash»ni shakllantirish bo‘yicha topshiriq, va mashqlarni o‘rganishni konsentrlari bo‘yicha analogiyadan foydalanib tahlil eting.
3-topshiriq. Maktab darsligidan foydalanib quyidagilarni mustahkamlaydigan mashqlar tuzing.
a) ko‘p xonali sonlar ketma-ketligini saqlaydigan natural qatorni aniqlang.
b) sonlar tarkibi va sinflar tarkibini aniqlang.
d) o‘nlik, yuzlik, minglik va ko‘p xonali sonlarning o‘nli tarkibini tahlil etishga oid mashqlarni ajrating.
e)raqamlar joylashishi bo‘yicha fikr yuriting.
Download 65.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling