10-Laboratoriya ishi Neftning molekulyar massasini aniqlash 1-usul: Ebulioskopik usulda neft mahsulotlarinig molekulyar massani aniqlash


Download 115.04 Kb.
bet11/13
Sana21.06.2023
Hajmi115.04 Kb.
#1644946
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
7 ta mavzu o\'quv qo\'llanma

Nazorat savollari:
1.Neftni fraksiyalash qanday qurilmalarda olib boriladi?
2.Fraksiyalangan neft mahsulotlar qayta ishlash jarayonlari?
3.Kreking jarayoni?
4.Katalitik reforming jarayoni?
14-Laboratoriya ishi
Benzindagi tetraetilqo‘rg‘oshinni aniqlash
Benzin — turlicha tuzilgan uglevodorodlar aralashmasi, 30—205° oraligida qaynaydigan rangsiz suyuklik. Muzlash temperaturasi — 60°, alangalanish temperaturasi 0° dan past, zichligi 680–780 kg/m3. Havoda benzin konsentratsiyasi 0,074—0,123 kg/m3 ga yetganda portlaydigan aralashmalar hosil boʻladi. Benzin asosan, neftni haydash va katalitik qayta ishlash yoʻli bilan; ozroq toshkoʻmir va yonuvchi slaneslarni qayta ishlash yoʻli bilan (qarang Gidrogenlash), shuningdek tabiiy va yoʻldosh gazlardan olinadi. Benzin asosan ichki yonuv dvigatellari uchun yonilgʻi sifatida ishlatiladi. Benzin erituvchi, yuvadigan suyuklik sifatida va boshqa maqsadlar uchun qoʻllaniladi. Yonilgʻi sifatida ishlatiladigan benzin avtomobil va aviatsiya benzinlariga boʻlinadi. Benzinning eng muhim ekspluatatsion xossasi — detonatsion turgʻunligi, yaʼni dvigatelda benzin qisilgan vaqtda oʻz-o’zidan alangalanib ketishiga qarshilik qila olishidir. Benzinning antidetonatsion xossalari oktan soni bilan, aviatsiya benzinning shunday xossalari yana benzinga boy aralashmasining navliligi bilan baholanadi. Benzinning oktan soni yoki navliligi qancha yuqori boʻlsa, antidetonatsion xossalari oʻsh ancha yaxshi boʻladi. Benzin ana shu xossalarga asosan rusumlarga boʻlingan (aviatsiya benzinning turgʻunligini oshirish uchun unga tetraetilqoʻrgʻoshin qoʻshiladi). Bunday (etillangan) benzin zaharli, shuning uchun u bilan ishlaganda ehtiyoj boʻlish zarur. Etillangan benzinni etillanmagan benzindan ajratish uchun unga rang qoʻshib qoʻyiladi. Oʻzbekistonda 3 ta neftni qayta ishlash korxonasi (Fargʻona, Oltiariq va Buxoro) mavjud. Bu korxonalarda etillanmagan va etillangan A72 va A76, etillangan A92 va etillanmagan Ai93 hamda Ai95 rusumidagi avtobenzinlar, shuningdek B92 rusumli aviatsiya benzini ishlab chiqariladi. Benzin inson organizmiga asosan oʻpka orqali kirib, salbiy taʼsir etadi.


  1. Download 115.04 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling