Rootkit viruslari. (Rootkit viruses) – Rootkitʻlar viruslar orasida oʻzlarining eng xavfliligi va yashirinishga ustaligi bilan alohida ajralib turadi. Rootkitʻlar kompyuteringizni yovuz hakerlar tomonidan qoʻlga olinishi uchun foydalaniladi. Baʻzi Rootkitʻlarni antivirus programmalari ham aniqlay olmaydi, chunki ular oʻzlarini operativ tizim fayllari sifatida koʻrsatishadi. Rootkitʻlar odatda troyanlar tomonidan kompyuteringizga oʻrnatiladi.
Oʻzgaruvchan viruslar. (Polymorphic viruses) – Bu viruslar nafaqat oʻz-oʻzidan koʻpayadi, balki koʻpaygan paytda oʻzlarining kodlarini ham oʻzgartirib turishadi. Oʻzgaruvchan viruslarni aniqlash ham baʻzi antiviruslar uchun qiyin kechishi mumkin.
Vaqt bombasi viruslari. (Time or Logic Bombs) – Bu viruslar muayyan sana yohud payt kelganida yoki foydalanuvchi tomonidan muayyan harakat amalga oshirilganida ishga tushadigan viruslardir. Misol uchun Kulgi kunida (1 aprel) yoki Yangi yilda kompyuteringizdagi maʻlumotlarni oʻchirib tashlab sizga “sovgʻa” taqdim etishi mumkin.
Topshiriqlar:
1. Virus deganda nimani tushunasiz?
2. Kompyuter virusi nima va uning salbiy oqibatlarini keltiring.
3. Kompyuter viruslarining nechta tasnifi mavjud?
4. Bajariladigan fayllar deganda nimani tushunasiz?
5. Operatsion tizim yuklagichi va qattiq diskning asosiy yuklash yozuvi nimani anglatadi?
6. Hujjat fayllari deganda nimani tushunasiz?.
7. Maʻlumotlar bazasi maʻlumotlari fayllari, elektron jadval jadvallari deganda nimani tushunasiz?
Do'stlaringiz bilan baham: |