№10 Laboratoriya mashg’uloti Mavzu: Matematikani o’qitishda ko’rsatmalilik. Maqsad


Download 292.21 Kb.
Pdf ko'rish
Sana25.10.2023
Hajmi292.21 Kb.
#1721512
Bog'liq
10 Laboratoriya mashg



№10 Laboratoriya mashg’uloti 
Mavzu:Matematikani o’qitishda ko’rsatmalilik.
 
Maqsad: Ko’rsatmalilik prinsopi haqida ma’lumotlar berish, ko’rsatmalilik 
prinsopi vazifalarini belgilash. Ko’rsatmalilik turlari bilan 
tanishtirish. 
Jixozlar: 
1. Turli turdagi ko’rgazmali qurollar. 
2. Slaydlardan namunalar. 
3. Tarqatma materiyallar. 
Reja: 
1. Ko’rsatmalilik prinsopini o’rganib chiqish. 
2. Ko’pincha qo’llaniladigan ko’rgazmali qurollar bilan tanishtirish. 
3. Ko’rsatmalilik prinsopini amalga oshirishning yangi texnologiyalari. 
4. Ko’rsatmalilik prinsopini amalga oshirilishini namoyish qilish. (Mustaqil 
ish) 
5. Xulosa. 
Asosiy mazmuni 
 
Ko’rsatmalilik funksiyalari. 
Didaktikaning asosiy talablaridan biri ko’rsatmalilik prinsopidir. 
Bilishni uch bosqichi mavjuddir: anglash, tasavvur qilish va abstrakt 
tafakkur. Xissiy bilish va mantiqiy bilishni farqlash mumkin. Bilishni birinchi 
bosqichida ko’rsatmalilik roli nixoyatda muximdir. Chunki bilishning bu 
bosqichida matematik ob’ektlarning tashqi xossalari, ular orasidagi munosabatlar, 
ularning farqlari va umumiy tomonlari o’rgatiladi. 
Bilishning uchinchi bosqichida ko’rsatmalilik matematik ob’ektlar xossalari 
orasidagi bog’lanishni ko’rsatib, to’g’ri tasavvur xosil qilishga imkon beradi. 
O’qitish jarayonida ko’rsatmali vositalar turli funksiyalarni bajaradilar. 
Shuning uchun o’qituvchi ko’rgazmali qurollarni tanlaganda, o’quv masalalarini 
bajarishda unga qaysi vazifa yuklatilganligiga qarab tanlash kerak. 
Ko’rsatmalilik turlari: 
- natural ko’rsatmalilik; 
- tasviriy ko’rsatmalilik; 
- simvolik ko’rsatmalilik; 
I. Ko’rsatmalik vositalari: Jadvallar, plakatlar, tasviriy ko’rsatmalilik (rasm, 
surat va b.) boshqalari simvolik ko’rsatmalilik (grafiklar, chizmalar, sxemalar
diagrammalar va boshqalar). 
Plakatlarning turlariga “ishchi plakatlar” xam kiradi. Unda, funksiya 
xossalarini o’rganishda kerak bo’ladigan grafiklarni turli joylashuvchi bo’ladi. 
Plakatlarning jadval turi, ya’ni natural sonlarni kvadrati, kubi ko’rsatuvchi 
jadvallar. 


1-laborotoriya topshirig’i: Kvadratik funksiya 
c
bx
ax
y



2
ni, a, b va c 
larni qiymatlariga bog’liq xolda egallashi kerak bo’lgan barcha xolatlarini 
ko’rsatuvchi plakatlarni yarating. 
II. Kinofragmentlar va kinofilmlar matematikani ba’zi masalalarini 
o’rganishda juda samarali foydalanilishi mumkin. Masalan, funksiya tushunchasini 
kiritishda, xosila va integralni o’rganishda, trigonometrik funksiyalar grafiklarini 
o’qitishda, fazoviy figuralarni chizishda. 
III. Magnit doska. Magnit doska bu doskaning bir qismi temir tunika bilan 
qoplanib, turli magnitli figuralar yordamida o’qitishni o’ziga xos didaktik 
imkoniyatlarini ochib beradi. 
2-laborotoriya topshirig’i: “Koordinata tekisligi” mavzusini o’tishda magnit 
doskadan foydalanib mavzuni o’qitish senariysini yozing. 
IV. Geometrik figuralarning modellari. 
Steoremetriyani o’qitishda modellashtirishdan foydalanish, o’quvchilar 
fazoviy tasavvurini to’g’ri shakllantirishda katta axamiyatga ega. Geometrik 
figuralar modellarida kartondan, yog’ochdan, simdan, oyna bo’laklaridan 
foydalanish mumkin. 
3-laborotoriya topshirig’i: Har bir talaba 6 tadan geometrik figura modelini 
tayyorlab keling. (Kub, piramida, prizma, parallelepiped, shar. konus, silindr va 
xokazolar bo’lishi mumkin.) 
V. 
Kompyuter 
vositalari. 
Kompyuter 
imkoniyatlari 
matematikani 
ko’rsatmali o’qitishda aloxida o’rin tutadi. Kompyuterda o’qitishda elektron 
qo’llanmalardan foydalanish keng imkoniyatlar yaratadi. Uning uchun 
o’qitilayotgan mavzu bo’yicha dars ishlanmalarini tayyorlab, kompyuter bilan 
jixozlangan kabinetda darsni o’tish mumkin. Uning uchun slaydlar yaratishni bilish 
kerak. Kompyuter yana vosita sifatida o’rganilayotgan mavzu bo’yicha qilingan 
boshqa ishlanmalarni ham ko’rib, taqqoslab xulosa chiqarishga katta imkon 
yaratadi. 
4-laborotoriya topshirig’i: Quyidagi mavzular bo’yicha elektron dars 
ishlanmalarini yarating: 
1. Tenglama. 
2. Uchburchaklarning tenglik alomatlari. 
3. To’rtburchakning yuzi. 
4. Uchburchakning yuzi. 
5. Trapetsiya yuzi. 
6. Paralelogramm. 
7. Romb. 
8. Kvadrat. 
9. Fales teoremasi. 
10. Simmetriya. 
11. Vektorlar va ular ustida amallar. 
12. Parallel ko’chirish. 
13. Silindr. 
14. Shar. 
15. Piramida. 


16. Konus. 
17. Egri chiziqli trapetsiya yuzini xisoblash formulasi. 
18. Kesiq konus. 
19. Parallelepiped. 
20. Prizma. 

Download 292.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling