10-laboratoriya topshirigʻi


Download 0.51 Mb.
Sana24.12.2022
Hajmi0.51 Mb.
#1061892
Bog'liq
10-laboratoriya ishi





10-laboratoriya topshirigʻi


Maktab darsliklaridagi dramatik asarlarni tahlil qilish metodikasi
Dramatik asarlarni tahlil qilishda quyidagi yoʻnalishlarga amal qilish kerak:

  1. Adabiyot darslarda dramatik asarlarning asosiy belgilari.

  2. Adabiyot darslarda dramatik asarlar teatr va adabiyotga xos xususiyatlarning uyg’unlashuvini hisobga olish zaruriyati.

  3. Adabiyot darslarda dramatik asarlarni tahlillashda so’zning alohida o’rnini ko’zda tutish.

  4. Adabiyot darslarda drama asarlari tahlilida saxnaviylikni hisobga olish.

Aslida dramatik asarlar tahlili ham xuddi epik va lirik turdagi asarlarni tahlil qilishga juda ham oʻxshab asarlari tahlilida asosiy e'tiborni qahramonning sa'jiyasini ochishga qaratish lozim. Negaki, har bir dramatik qahramon tabiati yuzasidan ularning o’z so’zlari, xatti-harakatlari orqaligina fikr yuritish mumkin, bu ishda boshqa adabiy turlardagi singari muallif yordam berolmaydi. Dramatik asarlarni toʻlaqonli tahlil etish uchun teatr san'ati qoidalaridan ham xabardor bo’lish zarur.ketadi.Ammo dramatik turdagi asarlar faqat o`kish uchun emas, balki asosan ko`rsatish, namoyish etish uchun ham yozilganligi sabab teatrga xos xususiyatlar hisobga olinishi, ya'ni yaratilayotgan vaqtidayoq asarning spektaklga aylanishi ko’zda tutilishi joiz. Dramatik asarlar tahlili o’zgacha sinchkovlikni talab etadi.


Dramatik asarning yana bir o’ziga xos jihati shundaki, drama badiiy hodisa hayot hodisasiga aylangan, kishining sezgi a'zolariga bevosita ta'sir etish qudratiga ega bo’lgan yagona adabiy turdir. Dramada qahramonlar harakteri voqelik tarzida, tomoshachining ko’z oldida namoyon bo’ladi va kuchli ta'sir oʻtkazadi. Shuning uchun ham drama asarlarini tahlil qilish anchagina murakkab yumushdir. Kuchli insoniy harakterlar, to’qnashuvlaridan oʻt chaknaydigan hayotiy ziddiyatlarning asosini topish, pyesa qahramonlari ruhiy toʻlgʻoqlari bilan tanishtirish orqali kishida insoniy pozitsiya va ma'naviy qadriyatlar tizimi shakllantiriladi.Masalan: "Shox Edip" tragediyasi voqealar tragediyasi emas, insoniy harakterlar fojeasidir. Muallif asarda nima bo’ladi degandan ko’ra, qanday bo’ladi degan savolga javob berishga ko’proq e'tibor bergan. Tragediya boshdan-oyoq qismatning qudratini, taqdirning inson ustidan cheksiz hukmronligini namoyish etuvchi voqealar asosiga qurilgan bo’lsa-da, Sofoklning bemisl mahorati tufayli asarda qatnashgan har bir qahramon pesa davomida o’zining chinakam qiyofasini to’liq koʻrsata oladi. Jahon adabiyotida Edip singari iztiroblar kiynogʻini tortgan, o’ziga bog’liq bo’lmagan holda gunohlar botqogʻiga botgan va shu bois kechirgan azoblarining darajasi yanada baland bo’lgan boshqa qahramonni uchratish qiyin.





Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling