10-ma’ruza. LabView dasturlash muhitida avtomatlashtirish asoslari
Download 0.8 Mb.
|
Mavzu №10
- Bu sahifa navigatsiya:
- Icon Editor
Ikonkani tahrirlash (Edit Icon)
Ikonkani tahrirlash (Edit Icon) oynasining markazida joylashgan sohada, tahrirlash sohasidan chap tomonda joylashgan instrumentlar yordamida ikonkani tahrirlash amalga oshiriladi(1-rasm). Ochiq ikonkaning blok diagrammada va ikkala panelning o‘ng yuqorigi burchagida ko‘rinishi tahrirlash sohasidan o‘ngda mos maydonda joylashgan. 1-rasm Ikonka oq-qora, 16 rangli yoki 256 rangli rejimda yaratilishi mumkin. Chop qilish uchun rangli printer bo‘lmagan holatda, LabVIEW oq-qora ikonkadan foydalanadi. Yashirincha 256 rangli rejim o‘rnatilgan. Edit (tahrirlash) menyusi ikonkadan yoki unga qirqib olish, nusxalash va suratlarni qo‘yish uchun xizmat qiladi. Suratni qo‘yish uchun ikonkaning fragmenti tanlanganda, tanlangan soha o‘lchamiga mos tarzda suratning o‘lchami ham o‘zgaradi. Rang ikonkani oq-qoraga(yoki aksincha) nusxalash uchun Icon Editor muloqat oynasining o‘ng qismida joylashgan Copy from opsiyasini tanlash yetarlidir. Almashishni yakunlash uchun OK tugmasi bosiladi. Ikonka atrofida uzluksiz chegara chizilmagan holda, ikonkaning foni shaffof bo‘ladi. Blok diagrammada ikonka tanlanganda, tanlash markerlari ikonkaning har bir grafikli elementi atrofida paydo bo‘ladi. Ikonkani tahrirlash uchun mo‘ljallangan instrumentlar to‘plami Icon Editor oynasining chap qismida joylashgan va quyidagi funksiyalarni bajaradi: Qalam instrumenti chizishga imkon beradi; Chiziq instrumenti to‘g‘ri chiziqlarni chizishga imkon beradi. Vertikal, gorizontal va diagonal chiziqlarni chizish uchun Shift klavishasiga bosish va tutib turish kerak; Rangdan nusxa olish instrumenti ikonkani tahrirlash maydonida belgining rangidan nusxa olish uchun mo‘ljallangan; Rang bilan to‘ldirish instrumenti old plandagi cheklangan sohani berilgan rang bilan to‘ldirish uchun mo‘ljallangan; To‘g‘ri burchak instrumenti tahrirlash sohasiga old planning berilgan rangi bilan to‘g‘ri burchakli chegarani chiqaradi; To‘g‘ri burchakga sichqonchaning chap tugmasi bilan ikki marta chertish ikonkani old panelda berilgan rang bilan aylantirib chiqadi; To‘g‘ri burchak foni rang bilan to‘ldirilgan instrument, tahrirlash sohasiga old panelga berilgan rang bilan to‘g‘ri burchakli chegarani chiqaradi. Foni rang bilan to‘ldirilgan to‘g‘ri burchakga sichqonchaning chap tugmasi bilan chertish ikonkani belgi rangida ramka bilan aylantirib chiqadi va fonni rang bilan to‘ldiradi; Tanlash instrumenti ikonkaning fragmentini ajratish uchun mo‘ljallangan, u qirqib olish, nusxa olish, siljitish va ajratilgan fragmentga boshqa o‘zgarishlar kiritish uchun mo‘ljallangan. Ikonkani tahrirlash sohasini tozalash uchun tanlash instrumentiga sichqonchaning chap tugmasi bilan ikki marta chertish va Delete tugmasini bosish yetarlidir; Matn kiritish instumenti ikonkani tahrirlash sohasiga matn kiritishga imkon beradi. Shriftni tanlash matn kiritish instrumentiga sichqonchaning chap tugmasi bilan ikki marta chertish orqali amalga oshiriladi. Old plan instrumenti, fon ikkita to‘g‘ri burchakli fon va old plan rangi ko‘rinishida tasvirlangan. Har bir to‘g‘ri burchakga bosilganda, rang tanlash palitrasi paydo bo‘ladi. Download 0.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling