Sovuqqa chidamlilik. Sovuqqa chidamligiga ko‘ra keramik buyumlar 15, 25, 35, 50, 75, 100 markalarga bo‘linadi va bu xossa buyumning tuzilishiga bog‘liq. Agar keramik buyumning tuzilishi mayda yopiq g‘ovakdan iborat bo‘lsa, u sovuqqa chidamli bo‘ladi, chunki bular “xavfli” g‘ovaklarda to‘planadigan suvning muzlashi natijasida hosil bo‘ladigan kuchlanishlarni “o‘ziga” yutadi.
Bug‘ o‘tkazuvchanlik - devorbop keramik buyumlar binoda havo almashinuvi imkonini beradi. Bug‘ o‘tkazuvchanligi past bo‘lgan devor yuzalari terlaydi. Bug‘ o‘tkazuvchanlik buyumlarning g‘ovakligiga bog‘liq: ashyoning g‘ovakligi oshgan sari bug‘ o‘tkazuvchanligi ham oshadi. Agar tashqi devor bir necha qavatdan iborat bo‘lib, materiallarning bug‘ o‘tkazuvchanligi har xil bo‘lsa, ularning orasida namlik to‘planishi mumkin. Masalan, bino fasadlarini sirlangan pardozbop taxtachalar bilan qoplanganda qoplama bilan devor bir biriga tegib turadigan qavatda namlik to‘planishi va keyinchalik suv muzlab taxtachalar ko‘chib tushishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |