10-ma’ruza mavzu: O‘qitishning rivojlantiruvchi texnologiyalari Reja
Download 238.07 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liq10-ma\'ruza
10-MA’RUZA MAVZU: O‘qitishning rivojlantiruvchi texnologiyalari Reja: 1. Rivojlantiruvchi texnologiyalar tushunchasi 2. O‘qitishning rivojlantiruvchi nazariyasining tarixi Rivojlantiruvchi ta’lim texnologiyalari (talaba shaxsining ijobiy sifatlarini, ayrim sohalardagi bilimlarini, o’quv motivatsiyasini, bilish ehtiyojlarini va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish texnologiyalari). Zamonaviy ta’lim texnologiyalarining didaktik tizimi shundan kelib chiqadiki, ikki tomon – o’qitishva o’qish – ta’lim jarayonida yaxlitlikni tashkil qiladi va didaktikaning predmeti bo’lib xizmat qiladi. Zamonaviy ta’lim texnologiyalarini dasturlashtirilgan, muammoli, rivojlantiruvchi o’qitish (P.Galperin, L.Zankov, V.Davidov), gumanistik (insonparvarlik) psixologiya (k.Rodjers), kognitiv psixologiya (J. Bruner), Rossiyada 80-yillar o’qituvchi- novatorlarning pedagogik texnologiyasi, hamkorlik pedagogikasi, masofaviy ta’lim, modulli ta’lim singari yo’nalishlar tashkil qiladi. Rivojlantiruvchi ta’lim texnologiyalariga ta’lim oluvchi shaxsining qiziqish va ehtiyojlarini, individual sifatlarini, ayrim sohalarda kuchli namoyon bo’ladigan bilimlarini, ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish texnologiyalari kiradi. Bunda har bir ta’lim oluvchining imkoniyatlarini hisobga olgan holda o’qitish jarayoni, o’zgacha yondoshuvli ta’lim orqali bir sifat bosqichidan ikkinchisiga o’tishini ta’minlovchi jarayon tushuniladi. Ushbu zamonaviy yondashuvlarda o’qitish maqsadi nafaqat bilimlarni shakllantirishdan iborat, balki ta’lim oluvchilarni umumiy rivojlantirish, ularning intellektual, mehnat, badiiy malakalarini rivojlantirish, bilish va ma’naviy ehtiyojlarini qondirishdan iboratdir. O’qituvchi ta’lim oluvchilarning o’quv-bilish faoliyatini boshqarar ekan, bir vaqtning o’zida ularning mustaqil ishi, faolligi va ijodiy izlanishini ham rag’batlantiradi. Pedagogik hamkorlik – bu o’qituvchiva ta’lim oluvchining o’zaro tushunishi, bir-birining ma’naviy dunyosiga kirishi, bu faoliyatning kechishi va natijalarini jamoaviy tahlil qilishi asosida o’qituvchiva ta’lim oluvchining birgalikdagi rivojlantiruvchi faoliyatini tashkil qilish g’oyasidir. Hamkorlik darslari – bu ta’lim oluvchilar tafakkurini “eshitish – eslab qolish – aytib berish” sxemasidan “bilish (o’qituvchiva guruhdoshlari bilan birgalikda izlanish orqali) –tushunish – aytib berish – eslab qolish” sxemasigacha uzoq davom etadigan qayta qurish jarayonidir. XX asrda turli xil mamlakat olimlari yaxlit zamonaviy didaktik tizimni yaratishga harakat qildilar. Fanda hozirgi kunga qadar yagona didaktik tizim yo’q, faqat ayrim umumiylikka ega bo’lgan bir qator nazariya va texnologiyalar mavjud. Rivojlantiruvchi ta’lim texnologiyalari. Bularga o’quvchi shaxsining sifatlarini, ayrim sohalardagi bilimlarini, ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish texnologiyalari kiradi. Bulardan tashqari xususiy (o’quv fanlari) pedagogik texnologiyalari, alьternativ hamda mualliflik pedagogik texnologiyalari ham mavjud. Bulardan tashqari hozirda pedagogik texnologiyalarning turli yo’nalishlari bor bo’lib, ulardan asosiylari empirik, kognitiv, evristik, kreativ, integrativ, ataptiv pedagogik texnologiyalardan iborat. Empirik-sezgi a’zolari orqali bilim olish. Bu texnologiyada asosiy e’tibor sezgi a’zolarining tabiiy rivojlanganlik imkoniyatlariga tayangan holda bilim berish va ularni yanada takomillashtirib borishga qaratiladi. Download 238.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling