10-Ma'ruza Moliyaviy xavfsizlik


Download 110 Kb.
bet4/12
Sana10.11.2021
Hajmi110 Kb.
#172927
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
10-Maruza Moliyaviy xavfsizlik

6. Bank sektori tashqi qarzini uning jami aktivlari summasiga nisbati 30 foizdan oshmasligi lozim. Ushbu indikator mazmunan 4-chi indikatorga o’hshash, kapitalning etarliligini (12 foizdan kam bo’lmagan miqdorda) ifodalovchi 20-chi indikator hamda N11.1 normativ (me’yor) bilan bog’liq (bu normativ xususiy kapital bo’yicha (400 foizdan ko’p bo’lmagan darajada)horijiy banklar va moliyaviy tashkilotlar oldidagi majburiyat-larning maksimal miqdorini chegaralaydi). Ushbu indikatorning kritik qiymati bank sektori riski miqdorini hisobga olgan holda ikkalako’rsatkichni sintez qilish asosida shakllanadi. 7. Banklarningqisqa va uzoq muddatli qarzlari nisbatitahminan 70:30 bo’lishi kerak.Ushbuindikator 5-chi indikatorga o’hshash. S. Oltin-valyuta zahiralarining etarliligi darajasi. 8. Pul bazasini oltin-valyuta zahira bilan ta’minlanganliligi darajasi pul bazasining (tor ma’noda belgilanishida) 70 foizidan kam bo’lmasligi lozim.Amaliyot shuni ko’rsatadiki, sterilizatsiya siyosati metod-lari emission moliyalashtirishning inflyatsion effektini neytrallash-tirish imkonini (20-30 foizdan kam bo’lmagan darajada) beradi. 9. Oltin-valyuta zahiralarining etarliligini ko’rsatuvchi indikator. Oltin-valyuta zahiralarining absolyut o’sishi pul bazasini o’sishidan katta bo’lishi kerak, aks holda inflyatsion jarayonlarning jadallashuvi vujudga keladi (mamlakat byudjeti va iqtisodiyotini qo’shimcha pul emissiyasi evaziga moliyalashtirish hisobiga). 


Download 110 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling