10-ma’ruza: Narx siyosati Ma’ruza rejasi
Narx va talabning o‘zaro bog‘liqligi
Download 203.24 Kb.
|
10-Maruza
2. Narx va talabning o‘zaro bog‘liqligi.
Korxonada narxning shakllanish jarayonini tashkil etish narxni belgilovchi shaxslarni va korxona ichidagi bo‘linmalarni aniqlashni o‘z ichiga oladi. Tabiiyki, har xil shaxslar narxni belgilashga turlicha yondashadilar. Masalan, korxonaning iqtisod xizmati xodimlari yuqori narx belgilashga moyillik bildirsalar, marketing xizmati xodimlari narx belgilashda esa ko‘proq bozor konyunkturasiga va iste’molchilarning fikr-mulohazalariga amal qilishni maqsadga muvofiq hisoblaydilar. Narxga ta’sir ko‘rsatuvchi tashqi omillarga esa bozorning turi, tovarning narxi va qiymatining nisbatini iste’molchilar tomonidan baholash, iqtisodiy muhit, davlat boshqaruvi va boshqalar kiradi. Shuni ham qayd etish lozimki, har qanday holatda ham narxning to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ekanligini haridor hal qiladi. Narxning talabga bog‘liqligi narx qayishqoqligi egri chizig‘i bilan tushuntiriladi. Narx qayishqoqligi ma’lum bir bozorda belgilangan vaqt davomida narxning har xil darajasida qancha mahsulot sotilishini ko‘rsatadi. Ko‘pchilik hollarda narx ortishi bilan talab pasayadi. Narx va uning o‘zgarishi natijasida vujudga kelgan talab darajasi o‘rtasidagi bog‘liq talab egri chizig‘i bilan tavsiflanadi. Quyidagi 22-chizmada ikkita talab egri chiziqlari keltirildi. Bu keltirilgan 22a, 22b chizmalar ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, talab va narx o‘rtasida teskari proporsional bog‘liqlik mavjud, ya’ni narx qancha yuqori bo‘lsa, talab shuncha past bo‘ladi va aksincha narx qanchalik past bo‘lsa, talab shuncha yuqori bo‘ladi. Keltirilgan 22a-chizmada ko‘rsatilganidek, narxni N1 dan N2 ga ko‘tarsak, u holda talab T1 dan T2 ga o‘zgaradi. Bunda narxning o‘zgarishi talabning ko‘p darajada pasayishini vujudga keltirmaydi. Shu sababli bunday talabni noelastik talab deb yuritiladi. Aksincha, 22b-chizma ma’lumotlarida ko‘rsatilganidek narxning N11 dan N21 ga ko‘tarilishi, talabning T11 dan T21 ga pasayishini keltirib chiqaradi. Download 203.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling