10-ma’ruza: Narx siyosati Ma’ruza rejasi


Download 203.24 Kb.
bet1/3
Sana06.02.2023
Hajmi203.24 Kb.
#1170797
  1   2   3
Bog'liq
10-Maruza


10-ma’ruza: Narx siyosati
Ma’ruza rejasi:
1. Narx tushunchasi va mohiyati
2. Narx va talabning o‘zaro bog‘liqligi
3. Narxlashtirish jarayoni


1. Narx tushunchasi va mohiyati
Marketing kompleksida narx ikkinchi element bo‘lib, daromadni belgilaydigan asosiy ko‘rsatgichdir . Narx deganda mahsulot, xizmatlar uchun va uni sotib olish uchun iste’molchi sarf qiladigan pul miqdorini tushunamiz. Lekin, narx hamma vaqt ham pul shaklida ifodalanmaydi. Masalan, barter natural almashishining qadimiy shakli hisoblanadi.
Makroiqtisodiy nazariya bundan 150 yil ilgari ham, tovarni sotishga faqat narx yordamida ta’sir ko‘rsatishi mumkin deb uqtirib o‘tgan. Bu vaziyatni yuqori baholashnining asosiy sababi shundan iboratki, Adam Smit va David Rikardolar davrida faqat bir xil xom-ashyo va bir xil iste’mol tovarlari ishlab chiqarilib, iste’molchilar diqatini tovarning markasi, o‘rami va reklamasi yordamida jalb qilish imkoniyati deyarlik mavjud bo‘lmagan. Ikkinchidan, mahsulot narxiga asosiy e’tibor qaratilganligi, pulni miqdor jihatidan oson o‘lchash mumkinligi va narxni sifatga nisbatan talab va taklifda oson qo‘llash mumkinligi bilan tushuntiriladi.
Quyidagi 21-chizmada talab va taklifning klassik modeli ko‘rsatilgan.


Narx
Taklif


Nm
Talab



Sotib olingan tovar

Tm


24-chizma. Talab va taklif modeli
Bu yerda: Nm – tovarning muvozanat narxi;
Tm – muvozanat narxga mos keladigan tovar.
Bu 21-chizma ma’lumotidan ko‘rinib turibdiki, talab narxining o‘sishi bilan kamayadi, aksincha taklif ortadi. Ishlab chiqaruvchi narx orqali uning mahsuloti qanchalik darajada kerakligi haqida axborotga ega bo‘ladi.
Erkin raqobat mavjud bo‘lgan bozorning o‘ziga xos-xususiyatlari shundan iboratki, taklif etilgan mahsulotning ma’lum darajasida bozor o‘z-o‘zidan muvozanatga harakat qiladi. Masalan, ishlab chiqaruvchi o‘z tovarini muvozanat narxdan (Nm) baland narxda taklif etdi deyaylik. Unda haridorlar bunday bahoni juda yuqori deb biladi va natijada ma’lum bir miqdordagi tovar haridorini topa olmaydi. Bunday holatda taklif talabdan yuqori bo‘ladi. Natijada, bozor bu tovar bilan to‘yinadi, oqibatda tovar egasi tovar narxini pasaytirishga majbur bo‘ladi. Sotuvchi tovarga yangi narx belgilaganda talab oshadi va bu holda narx talab egri chizig‘i bo‘yicha yuqoriga ko‘tariladi. Bu jarayon to talab va taklif muvozanatigacha davom etadi. Albatta, narx shakllanishining bu modeli sof raqobatga asoslangan bozorlar uchun ishlab chiqilgan bo‘lib, bu modelda ko‘pgina omillar hisobga olinmaydi. Shu sababli ham bu model narx shakllanishida umumiy oriyentir bo‘lib xizmat qiladi.
Narx marketing kompleksining asosiy elementlaridan biri hisoblanib, korxonaning marketing siyosatini ishlab chiqishda keng qo‘llaniladi. Agar bu yerda tovar siyosatini, tovarni sotish va siljitish faoliyatini rejalashtirish, tovar harakati kanallarining yangisini topish uzoq vaqt talab qilsa, narxni esa tashqi va ichki omillarning o‘zgarishi bilanoq tezda o‘zgartirish mumkin bo‘ladi.
Marketingda narxning asosiy rol o‘ynashining sabablaridan yana biri shundan iboratki, u korxonaning iqtisodiy ko‘rsatkichlariga to‘g‘ridan to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatadi.
Masalan, foyda (F) quyidagicha aniqlanadi.
F = (N . V) – S,
Bu yerda N- tovar narxi; V- sotilgan mahsulot hajmi; S- jami harajatlar.
Foydadan tashqari narx tovarning sotilish hajmiga, moliyaviy ko‘rsatkichlariga, bozor ulushiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Ko‘p hollarda, korxona tovarni eng yuqori narxda sotib, darhol foyda olishni ko‘zlamasdan, egiluvchan narx siyosatini yuritishi kerak.
Raqobatchilar o‘z faoliyatlarida ham narxga katta e’tibor beradilar. Tovar bozorda narx asosida va narxsiz ham raqobat qila olishi mumkin.
Narx raqobati deganda tovarning narxini o‘zgartirish yo‘li bilan raqobat kurashiga borish tushuniladi. Bunda, ko‘pchilik hollarda narxni pasaytirishga harakat qilinadi. Albatta, narxni pasaytirayotgan firma yoki korxona raqobatchiga nisbatan kam harajatlarga ega bo‘lishi kerak. Korxona «narx urushi»ni e’lon qilishdan oldin o‘zining va raqobatchining iqtisodiy barqarorligini obdon o‘rganishi talab etiladi. Aks holda «narx urushi»ni e’lon qilib, mag‘lubiyatga ham uchrash mumkin. Agar, raqobatchilar bir xil sharoitda bo‘lsalar, u holda «narx urushi» o‘z ahamiyatini yo‘qotadi.
Narxsiz raqobatda esa narxning roli kamaytirilmaydi, balki birinchi o‘rinda tovarning xususiyati, markasining obro‘-e’tiboriga, servis darajasi va tovar bilan bog‘liq boshqa omillarga e’tibor qaratiladi.
Narxning katta-kichikligiga ichki va tashqi omillar ta’sir ko‘rsatadi.
Ichki omillarga korxonaning maqsadi, marketingi, marketing kompleksining ayrim elementlariga nisbatan qo‘llaniladigan strategiya, harajatlar va boshqalar kiradi.
Korxona asosiy maqsadini o‘zining rivojlanishida deb bilsa bir narx, mavjud faoliyatini uzoq muddat saqlab qolishga qaratsa boshqa narx belgilashi mumkin. Masalan, raqobat kuchaysa, iste’molchilarning ehtiyoji o‘zgarsa, mamlakatdagi iqtisodiy ahvol yomonlashsa korxona ishlab chiqarish quvvatining ma’lum bir qismidangina foydalanishga harakat qiladi. Korxona o‘zining faoliyatining to‘xtab qolmasligi, tovarlariga bo‘lgan talabni oshirish maqsadida ularni past narxlarda ham sotishga majbur bo‘ladi. Aks holda, u o‘z tovarlariga yuqori narx belgilaydi.


Download 203.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling