Narx
N2
Noelastik talab
N1
Talab
0
T2 T1
a
Narx
N21
Elastik talab
N11
0
Talab
T21 T11
b
25-chizma. Narx qayishqoqligi
Bunda narxning o‘sha darajadagi o‘zgarishi talabning keskin pasayishini keltirib chiqarganligi uchun talab elastik hisoblanadi. Shunday qilib, talabning narx elastikligi narx o‘zgarishiga haridorning sezgirligini tovarlar hajmi nuqtai nazaridan aniqlaydi. Talabning narxga bog‘liq holdagi elastikligi – bu tovarning narxi bir foiz o‘zgarishi natijasida ularning sotish hajmi o‘zgarishining foizlarda ifodalanishidir va u quyidagicha aniqlanadi :
Sotishlar hajmining o‘zgarish foizi
Talab elastikligi =
Narxning o‘zgarish foizi
Agar bozor bir xil ehtiyojlarni qondirish qobiliyatiga ega bo‘lgan ko‘p sonli tovar va xizmatlar bilan to‘yingan bo‘lsa, talabning narx elastikligi birdan katta bo‘ladi. Talab elastikligini aniqlash asosida sotish hajmini oshirish uchun narxlarga qanday yo‘nalishda ta’sir etishni, raqobatchi sotayotgan tovar markalaridan qaysi biri ko‘proq bozor kuchiga ega ekanligini bilib olish mumkin bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |