10-maruza. Nazorat savollari
Download 27.5 Kb.
|
Biznes rejalashtirish maʼruza 10-topshiriq
10-MARUZA. NAZORAT SAVOLLARI: 1. Tadbirkorlik muhitiga qanday omillar ta’sir etadi? 2. Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishning maqsad va vazifalari nimalardan iborat? 3. Mulkchilik shakllariga ko'ra korxonalaming necha turi mavjud? 4. O'zbekistonda tadbirkorlik faoliyatini qo'llab-quvvatlash va rivojlantirish yo'nalishlarini ko'rsatib bering. 5. Davlatning kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish borasida qanday siyosati amalga oshiriladi? Javoblar: 1. Tadbirkorlik muxitiga taʼsir etuvchi omillarni quyidagi guruxlarga boʻlish mumkin: - aniq bir mahsulotga isteʼmolchilarning toʻlov qobiliyati. Bunda bozordagi mavjud haqiqiy talab bilan kutilayotgan talab farqlanadi. Agar, maxsulot (tovar) xususiyatlari bilan avvalgilaridan ajralib tursa, unga talab marketing usullari bilan aniqlanadi: - tavakkalchilik va bozordagi xatarlarni oʻz zimmasiga olib, mulk javobgarligi asosida ish yurita oladigan tadbirkorlar. Ular oʻz mulki, bilim va sarmoyasidan samarali foydalana oluvchi yuqori malakali va maʼlum bozor vaziyatlariga moslasha olish qobiliyatiga ega boʻlishlari kerak; - sarmoyaga ega investorlar. Bunga jismoniy shaxslar yoki erkin sarmoyaga ega korxonalar, tashkilotlar xamda tadbirkorlar xam kiradi. Ular bir qancha toifani tashkil etadi: banklar, jamgʼarmalar, sugʻurta kompaniyalari, davlat tashkilotlari, xorijiy investorlar va boshqalar; - tadbirkorlik faoliyatini bir meʼyorda olib borish imkonini beruvchi infratuzilmalar. Ular qatoriga moliya-kredit, audit, marketing, konsalting, axborot, sugʻurta va shu kabi xizmatlar koʻrsatuvchi tashkilotlar kiradi; - qaror kabul qilish tizimi. Bu tizim tarkibiga, avvalo, biznesning ishonchliligi va samarali boʻlishini baxolash imkonini beruvchi mezonlar, usullar toʻplami kiradi. Tadbirkor bu tizim orqali oʻz ishi natijasini tekshirish imkoniga ega boʻlishi kerak. Shu omillarning tizimli va oʻzaro xarakat qonuniyatlari tadbirkorlikni faollashtiradi va u xoʻjalik mexanizmi orqali amalga oshiriladi. Natijada, ayrim xudud va tarmoqlarda yangi korxonalar, ishlab chiqarish, xizmat koʻrsatish va boshqa tadbirkorlik obyektlari vujudga keladi. Bunday faoliyatlar tadbirkorning bilimi, sarmoyalar, bozor talabi, davlat va boshqa tashkilotlarning oʻzaro manfaatli xarakati tufayli faollashadi va bozorga moslashadi. 2. Bozor islohotlarining xozirgi bosqichidagi gʻoyat muhim vazifa, avvalo, ishlab chiqarish sohasidagi davlat korxonalarini xususiylashtirish va ular negizida vujudga kelayotgan tadbirkorlik tuzilmalarini aniq maqsad bilan qoʻllab-quvvatlash orqali mulkdorlar sinfnni shakllantirishdan iboratdir. Jamiyatimiz uchun yangi boʻlgan mana shu ijtimoiy tur uning faoliyat sohalari shakllarini oʻganishni nazariya ehtiyojlarigina emas, balki amaliy zarurat ham shart qilib qoʻymoqda. Ko'pgina xorijiy mamlakatlarda kichik biznesning vujudga kelishi va muvaffaqiyatli faoliyat yuritishi davlat yordami vositasida ta’minlanadi. Ularda bu ishda juda katta ijobiy tajriba to'plangan bo'lib, undan bizning sharoitlarimiz va xususiyatlarimizni hisobga olgan holda foydalanish mumkin. Ko'pgina mamlakatlarda kichik korxonalar faoliyatini tartibga solishga umumiy yondashishlar va asosiy yo'nalishlar xosdir. Ularga quyidagilar kiradi: - kichik biznesni qo'llab-quwatlashga yo'naltirilgan maxsus qonunlarni qabul qilish; - korxonalar faoliyatining umumiy va xususiy tomonlarini (masalan, kichik firmalarda boshqaruv usullarini) takomillash-tirishni, biznes bilan shug'ul[Ianishni istayottanlarga moliyaviy yordam ko'rsatishni, kichik biznesni rivojlantirishni ko'zda tutuvchi ma’lum maqsadga qaratilgan davlat rejalarini ishlab chiqish; - kichik biznesni qo'llab-quvvatlashning tarkibiy-tashkiliy xizmatlarini tashkil qilish; - kichik bizneslarga davlatning moliyaviy yordam ko'rsatishi (Italiyada kichik firmalar ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruk-torlik ishlarini moliyalashtirishga katta mablag'lar ajratiladi); - kichik biznesni kafolatlash va imtiyozli kreditlashtirish firmalarini tashkil qilish (Angliyada kichik korxonalarni moliyalashtirishni ta’minlovchi maxsus firmalar bor, buning ustiga davlat qarzlarining 70% ni kafolatlaydi); - kichik korxonalar faoliyatini imtiyozli soliqqa tortishni keng tarqatish (masalan, Fransiyada har yili 10000 ga yaqin korxonalar to'liq yoki qisman soliq to'lashdan ozod qilinadilar). 3. Mulkchilik shakllariga ko‘ra kichik korxonalarning quyidagi turlarini ajratib ko'rsatish mumkin: 1. Davlat mulkiga asoslangan kichik korxonalar. 2. Jamoa mulkiga asoslangan kichik korxonalar. 3. Fuqarolaming mulkiga asoslangan yakka tartibda ishlaydigan kichik korxonalar. 4. Ijara korxonalari. 5. Kichik qo‘shma korxonalar. 4. Oʻzbekistonda ijtimoiy yo'naltirilgan bozor iqtisodiyotini barpo etishning asosiy maqsadlaridan biri m amlakatda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik shakllarini ustuvor rivojlantirishdan iborat. Bu maqsadni amalga oshirish uchun iqtisodiy islohotlar oʻtkazilmoqda, uning rolini oshirish uchun yirik institusional asoslar yaratilm oqda. Tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish va uni kafolatlovchi huquqiy-m e’yoriy hujjatlar, tadbirkorlarga ko‘maklashuvchi nodavlat tashkilotlar, korxonalar shular jumlasiga kiradi. Oʻbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik korxonalari majmuini tashkil etish muvaffaqiyatli bormoqda. Kichik biznes faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxonalar davlatga bog‘liq boʼlmagan holda, ya’ni katta kapital mablag‘larsiz o‘zlari ish joylarini jo riy etishlari, hozirgi davrda bizda vaqtinchalik mavjud tovarlar tanqisligini kam aytirishlari va hattoki, bu tanqislikni butunlay yo‘qotishlari mumkin. Kichik korxonalar texnologiya yangiliklarini joriy etishda ham g‘oyat katta ahamiyatga ega. Respublikamizda kichik korxonalar soni va ular ishlab chiqargan mahsulotlar hajmi yildan-yilga oshib bormoqda. Kichik korxonalar O‘zbekiston Respublikasining «Korxonalar to ‘g‘risida», «Mulk toʼgʼrisida», «Erkin tadbirkorlik faoliyati kafolatlari to‘g‘risida»gi kabi qonunlari, Prezident farmonlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va boshqa m e’yoriy hujjatlar asosida tashkil etilmoqda. Kichik korxonalar fan-texnika taraqqiyoti sharoitida sanoatning yetakchi sohalarini yangi texnologiyalarga o‘tishda tobora o‘z o‘rnini topib bormoqda. Ular yangi fikrlar va ishilab chiqarishni takomillashtirish, yangi axborot texnologiyalarini joriy etish bilan ish jarayonini ta’minlovchi tizimning asosiy bog‘lovchilik sifatini namoyon etmoqda. 5. Tadbirkorlik faoliyati rivojlanishida soliq va savdo sohalaridagi davlat siyosati muhim rol o ‘ynaydi. Tadqiqotlarning ko'rsatishicha shu sohadagi cheklovlar kichik biznes rivojidagi ko‘pgina muammolarning yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi. So'rov oʼtkazilgan tadbirkorlarning 75 foizi moliya-kredit tizimini takomillashtirish, 52,5 foiz soliq va 69 foizi moddiy-texnika resurslari bilan savdo qilishni yaxshilash lozimligi to ‘g‘risida fikr bildirganlar. Shuning uchun islohotlaming hozirgi bosqichida bu sohalarda tadbirkorlikka to‘siq boʻlayotgan omillarni tahlil qilish va ularni bozor talablari doirasida baholash muhim ahamiyatga ega. Download 27.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling