10-ma’ruza. O‘zbekiston va jahon hamjamiyati. (2 Soat) reja
O‘zbekistonning Yevropa Ittifoqi mamlakatlari bilan istiqbolli hamkorligi
Download 46.87 Kb.
|
10-ma’ruza. O‘zbekiston va jahon hamjamiyati. (2 Soat) reja-fayllar.org
3. O‘zbekistonning Yevropa Ittifoqi mamlakatlari bilan istiqbolli hamkorligi.
O‘zbekiston mustaqillikning ilk yillaridanoq jahonning yana bir yirik tashkiloti Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti bilan aloqalar o‘rnatishga intildi. 1992-yil 26-fevralga kelib O‘zbekiston ham bu tashkilot kengashining yakunlovchi hujjatiga imzo chekdi. Mazkur hujjat imzolangan vaqtdan beri O‘zbekistonning Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti bo‘linmalaridagi ishtiroki tobora kengayib bormoqda. 1999-yil 18-19-noyabr kunlari 54 mamlakat rahbarlarining Turkiyaning Istambul shahrida Oliy darajadagi uchrashuvi bo‘lib, mazkur anjumanda ancha dolzarb muammolar, jumladan, Yevropada xavfsizlik va hamkorlikni mustahkamlashning asosiy tamoyillari ishlab chiqilgan edi. Yig‘ilishda O‘zbekiston rahbarining maʼruzasi dunyo mamlakatlari iqtisodiy taraqqiyotini, fuqarolarning ijtimoiy turmush tarzini faqatgina xavfsizlikni taʼminlagandagina amalga oshirish mumkinligiga qaratildi. O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti yig‘ilishda global ahamiyatga ega bo‘lgan terorrizmga qarshi markaz tuzish haqidagi taklifini kiritdi va turli qabih niyatdagilarga yordam berayotgan tashkilotlarni ildizi bilan yo‘qotish orqaligina mamlakatlar xavfsizligini taʼminlash mumkinligini alohida taʼkidladi. O‘zbekiston bilan Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi bitim 1996-yil 21-22-iyun kunlari Italiyaning Florensiya shahrida Yevropa Ittifoqi davlatlari rahbarlarining yig‘ilishida imzolandi. O‘zbekiston Respublikasi va Yevropa Ittifoqi o‘rtasida imzolangan “Sheriklik va hamkorlik” to‘g‘risidagi bitim 1999-yildan kuchga kirgan bo‘lib, bitimning maqsadi quyidagilarga qaratilgan: • O‘zbekiston mustaqilligi va suverenitetini qo‘llab-quvvatlash; • Siyosiy aloqalarni rivojlantirishga, tomonlar bilan siyosiy muloqot olib borishga sharoit yaratish; • O‘zbekistonda demokratik islohotlarni amalga oshirish va ularni mustahkamlash, bozor munosabatlariga o‘tish jarayoniga ko‘maklashish va yakunlash; • savdoni rivojlantirishda investitsion sheriklar o‘rtasida iqtisodiy hamkorlikni uyg‘unlashtirish va shu orqali barqaror iqtisodiy rivojlanishni taʼminlash; • huquqiy, iqtisodiy, ijtimoiy, moliya, fuqarolik, ilmiy va madaniy sohalarda hamkorlikning huquqiy asosini yaratish. Shunday qilib, “Sheriklik va hamkorlik” bitimining kuchga kirishi hamda amaldagi faoliyati, Yevropa Ittifoqi va O‘zbekiston uchun muhim ahamiyat kasb etib, hamkorlikning yangi qirralarining ochilishiga keng imkoniyatlar yaratdi. Shu o‘rinda taʼkidlash joizki, Yevropa Ittifoqi bilan sheriklik va hamkorlik jarayonini amalga oshirish O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, xalqaro hamjamiyat va jahon xo‘jaligi bilan integratsiyalashuvida muhim o‘rin tutadi. Xorijiy davlatlar va moliya institutlari bilan savdo iqtisodiy, investitsiyaviy texnologik va boshqa sohalardagi aloqalarni kengaytirishda salmoqli natijalarga erishildi. Jumladan, xorijiy hamkorlar bilan 340 dan ortiq kelishuvlar tuzilib, 43 millard dollardan ziyod bitimlar imzolandi. BMT Bosh Аssambleyasi sessiyasi, ShHT, IHT, MDH sammitlari, Yevropa Ittifoqi va 21 ta xorijiy davlatlar bilan muzokaralar hamda Xitoyda bo‘lib o‘tgan “Bir makon, bir yo‘l” forumida O‘zbekistonning xalqaro xavfsizlik va mintaqaviy rivojlanishning dolzarb muammolarini hal etish yuzasidan ilgari surgan yangicha yondashuv hamda tashabbuslari xalqaro miqyosda keng qo‘llab-quvvatlandi. Download 46.87 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling