3. Sirpanish podshipniklarining ishlash sharoiti va yemirilishi
Val aylana boshlanishi bilan uning sirti podshipnikdagi ichquyma ustida sirpanib
ishqalana boshlaydi. Ichquyma sirtining yeyilishi ma'lum chegaradan ortib ketsa,
mexanizmning ishlashi yomonlashadi.
Sapfaning podshipnikda aylanishiga ishqalanish kuchi qarshilik ko’rsatadi.
Bunday ishqalanish podshipnik va sapfani qizdiradi. Bu issiqlik podshipnik korpusi,
val hamda moy vositasida tashqariga olib ketiladi. Podshipniklarning normal ishlashi
uchun, hosil bo’layotgan issiqlik miqdori mavjud imkoniyatlar vositasida olib
ketilayotgan issiqlik miqdoridan ortiq bo’lmasligi kerak. Aks holda, podshipnikning
qizishi ruxsat etilgan darajadan ortib, moyning qovushqoqligi kamayib suyuqlanib
ketadi. Natijada, sapfa sirtlarining podshipnikda ishlashi yomonlashib, g’ajish jarayoni
hosil bo’lishi mumkin. Bunday hollar yeyilishni oshiradi, podshipnikning ishlash
qobiliyatini yo’qotadi. Shuning uchun, bunday podshipniklar yashirilgan deb topiladi.
Podshipnikning chidamliligi, asosan, yeyilish darajasi bilan belgilanadi. Yeyilish
miqdori oshib ketsa, podshipnik va sapfa orasida bo’shliq paydo bo’ladi,
podshipnikning ishlashi yomonlashadi, tebranish hosil bo’ladi, tovush chiqa boshlaydi.
Podshipnik ishga yaroqsiz bo’lib qoladi. Yeyilishning jadallashish darajasi
podshipniklarning ishlash muddatini belgilab beradi.
Yeyilishning jadallashuvi ko'p jihatdan ishqalanish jarayoni sodir bo'layotgan
sirtlar orasidagi muhitga bog’liq. Ana shu muhitga qarab, ishqalanish uch turga
bo’linadi:
1.
Quruq
ishqalanish.
Moylanmagan
sirtlar
orasidagi
ishqalanish.
2.
Suyuqlikdagi ishqalanish. Bunda ishqalanayotgan sirtlar o‘zaro
qovushqoq moy qatlami bilan butunlay ajralgan holda bo’ladi. Moy qatlamining
qalinligi sapfa hamda ichquyma sirtlarida ishlov berishda hosil bo‘lgan notekisliklar
yig'indisidan
albatta katta bo‘lishi, ya'ni
Do'stlaringiz bilan baham: |