БрО4Ц4С17 va boshqa markali bronzalardan tayyorlangan ichquymalar ishlatiladi.
Alyuminiy
(БрА9ЖЗЛ), qo‘rg‘oshin
(БрС30) qotishmalaridan
tayyorlangan
ichquymalar, sapfasi toblangan vallarda ishlatiladi. Sekin harakatlanadigan
mexanizmlarda antifriksion xususiyatlarga ega bo‘lgan
АЧС-1 markali cho‘yan
materiallar ishlatiladi.
Metallokeramikadan tayyorlangan ichquymalar
mis yoki metall kukunlariga
grafit, qalay va qo‘rg‘oshin qo‘shib presslash vordamida hosil qilinadi. Bu
ichquymalar g’ovakli bo’lganligi uchun moy bilan singdiriladi,
natijada ishlash
jarayonida moylanmaydi. Bunday ichquymalar sekin harakatlanuvchi mexanizmlarda,
moylash qiyin bolgan uzellarda ishlatiladi. Metallmas ichquymalarda antifriksion
xususiyatlarga ega bo‘lgan ASP markali plastmassalardan
yoki rezina va shunga
o‘xshash materiallardan tayyorlanadi. Bu ichquymalar suv yordamida yog‘langanda
ham yaxshi ishlaydi.
Ichquymalar o’q bo’yicha siljimasligi uchun chiqiqli qilib tayyorlanadi.
Devorning qalinligi δ sapfaning diametri d va val materialiga bog’liq bo’lib, cho’yan
va bronzadan tayyorlangan ichquyma devorlarining qalinligi δ=0.03d+1…4.
Chiqiqning o’lchami b=1.2 δ, h=0.6 δ
Katta seriya bilan tayyorlanadigan ichquymalarda ishqalanish yuzasiga lenta
qoplanadi. Bunda lentaning qalinligi 1.5-2.5 mm gacha bo’lib,
qoplash uchun
ishlatiladigan antifriksion materiallarning qalinligi 0.2-0.3 mm gacha bo’lishi mumkin.
Podshipniklarni ishlash sifatiga podshipnik uzunligini diametriga nisbati, ya’ni l/d
nisbat katta ta’sir ko’rsatadi. Bu qiymat kichik bo’lsa, uzeldan moy oqib ketish xavfi
tug’iladi, bu qiymat katta bo’lganda, ishqalanish yuzasida bosim notekis taqsimlanadi.
Natijada, bosim katta bo’lgan joylarda yeyilish tezlashadi. Shuning uchun bu qiymatni
ishlash jarayoniga qarab tanlash tavsiya etiladi. Masalan, avtomobil dvigatellarida 0.5-
0.6; dizel podshipniklarida 0.5-0.9; prokat stanoklarida 0.6-0.9; umumiy
mashinasozlikda esa 1.5 gacha qabul qilish mumkin.
Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar
1. Podshipniklarning vazifasi haqida ayting
2. Podshipniklarning qanday turlari bor?
3. Qanday turdagi sapfalar mavjud?
4. Sirpanish podshipniklarining tuzilishini tushuntiring.
5. Sirpanish podshipnigining afzallik va kamchiliklari haqida aytib bering.
6. Sirpanish podshipnigining yemirilish turlarini tushuntiring.
7. Sirpanish podshipnigi qanday materiallardan tayyorlanadi?