10-ma’ruza: podshipniklar tasnifi. Sirpanish podshipniklari. Turlari. ISHQALANISH Turlari. Qo’llaniladigan materiallar. Reja


БрО4Ц4С17 va boshqa markali bronzalardan tayyorlangan ichquymalar ishlatiladi.  Alyuminiy (БрА9ЖЗЛ)


Download 465.73 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/7
Sana18.06.2023
Hajmi465.73 Kb.
#1594348
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
10-ma\'ruza

БрО4Ц4С17 va boshqa markali bronzalardan tayyorlangan ichquymalar ishlatiladi. 
Alyuminiy (БрА9ЖЗЛ), qo‘rg‘oshin (БрС30) qotishmalaridan tayyorlangan 
ichquymalar, sapfasi toblangan vallarda ishlatiladi. Sekin harakatlanadigan 
mexanizmlarda antifriksion xususiyatlarga ega bo‘lgan АЧС-1 markali cho‘yan 
materiallar ishlatiladi.
Metallokeramikadan tayyorlangan ichquymalar mis yoki metall kukunlariga 
grafit, qalay va qo‘rg‘oshin qo‘shib presslash vordamida hosil qilinadi. Bu 
ichquymalar g’ovakli bo’lganligi uchun moy bilan singdiriladi, natijada ishlash 
jarayonida moylanmaydi. Bunday ichquymalar sekin harakatlanuvchi mexanizmlarda, 
moylash qiyin bolgan uzellarda ishlatiladi. Metallmas ichquymalarda antifriksion 
xususiyatlarga ega bo‘lgan ASP markali plastmassalardan yoki rezina va shunga 
o‘xshash materiallardan tayyorlanadi. Bu ichquymalar suv yordamida yog‘langanda 
ham yaxshi ishlaydi.
Ichquymalar o’q bo’yicha siljimasligi uchun chiqiqli qilib tayyorlanadi. 
Devorning qalinligi δ sapfaning diametri d va val materialiga bog’liq bo’lib, cho’yan 
va bronzadan tayyorlangan ichquyma devorlarining qalinligi δ=0.03d+1…4. 
Chiqiqning o’lchami b=1.2 δ, h=0.6 δ 
Katta seriya bilan tayyorlanadigan ichquymalarda ishqalanish yuzasiga lenta 
qoplanadi. Bunda lentaning qalinligi 1.5-2.5 mm gacha bo’lib, qoplash uchun 
ishlatiladigan antifriksion materiallarning qalinligi 0.2-0.3 mm gacha bo’lishi mumkin. 
Podshipniklarni ishlash sifatiga podshipnik uzunligini diametriga nisbati, ya’ni l/d 
nisbat katta ta’sir ko’rsatadi. Bu qiymat kichik bo’lsa, uzeldan moy oqib ketish xavfi 
tug’iladi, bu qiymat katta bo’lganda, ishqalanish yuzasida bosim notekis taqsimlanadi. 
Natijada, bosim katta bo’lgan joylarda yeyilish tezlashadi. Shuning uchun bu qiymatni 
ishlash jarayoniga qarab tanlash tavsiya etiladi. Masalan, avtomobil dvigatellarida 0.5-
0.6; dizel podshipniklarida 0.5-0.9; prokat stanoklarida 0.6-0.9; umumiy 
mashinasozlikda esa 1.5 gacha qabul qilish mumkin. 
Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar 
1. Podshipniklarning vazifasi haqida ayting
2. Podshipniklarning qanday turlari bor?
3. Qanday turdagi sapfalar mavjud?
4. Sirpanish podshipniklarining tuzilishini tushuntiring.
5. Sirpanish podshipnigining afzallik va kamchiliklari haqida aytib bering.
6. Sirpanish podshipnigining yemirilish turlarini tushuntiring.
7. Sirpanish podshipnigi qanday materiallardan tayyorlanadi?

Download 465.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling