10-Ma’ruza Tok va kuchlanish induksion relelari


Download 98.98 Kb.
bet2/2
Sana03.11.2023
Hajmi98.98 Kb.
#1741660
1   2
Bog'liq
10-Ma’ruza Tok va kuchlanish induksion relelari

v) Inersion aylanish
Yig‘ilib qolgan kinetik energiya hisobiga induksion relening aylanuvchi diski elektromagnit kuchning ta’siri tugagandan keyin ham aylanaveradi. Diskning inersion aylanishi relening kontaktlarini tarmoqning qisqa tutashuvi o‘chirilgandan keyin ham qo‘shib yuborishi mumkin. Diskning inersion aylanishini kamaytirish uchun doimiy magnit ishlatiladi. SHuning uchun bu turdagi relelar ishlatilgan himoyalarning yolg‘on ishlashlarini oldini olish uchun sabr vaqtni o‘rnatayotganda inersion xatolik hisobga olinadi.
Induksion rele
Ushbu rele turiga, induksion prinsipda o‘lchovchi, tok va quvvat yo‘nalishini hisobga oluvchilar kiradi. Bundan tashqari ishlab chiqarishdan olib tashlangan qarshilik relesi va chastota relesini ham misol qilish mumkin. Induksion releni ish prinsipi o‘zgaruvchan magnit maydonlari quzg‘almas chulg‘amlarini quzg‘aluvchi elementlari bilan ta’siriga asoslangan. Qo‘yidagi 10.3–rasmda RT – 80 va RT – 90 induksion tok relesini ko‘rib chiqamiz.

10.3- rasm. Induksion tok relesi RT – 80 va uning xarakteristikasi.
Bu rele ikki elementdan iborat: cheklangan vaqtli diskali induksion va elektrmagnitli kesim (vaqtsiz ishlaydigan). Induksion relening elementlari elektr magnit 1, kiska tutash uram 2, chulg‘am 3, shtepsel ko‘prik 4, vint 5, alyuminiyli disk 16, qo‘zg‘aluvchi ramka 13, aylanish o‘qi 14, qaytaruvchi prujina 18, chervyak 11, segment 12, rostlovchi vint 8 , surgich 19, koromo‘slo 10 dan iborat.
Diskni ishlatish toki Ir (0,1– 0,2)Isr chervyakni sigment bilan bog‘lanishidan kontaktlar qo‘yilishigacha bo‘lgan vaqt releni ishlash vaqti deyiladi. Induksion relelarda asosan tokni karraligi 7 dan oshganda vaqtga bog‘liq bo‘lmaydi. RT–81 relening vaqti 1–4s RT-82 induksion tok relesi vaqti tsr = 4 – 16 s bo‘ladi.
Elektr magnit elementi sifatida elektr magnit 1(10.3-a.rasm) xarakatlanuvchi qismi yakor 6 va koromo‘slo 10 hisoblanadi. Elektr magnit elementni ishlatish toki vint 7 bilan o‘zgartiriladi. Bunga yakor va elektr magnit orasidagi zazorni (bo‘shliqni) o‘zgartirish bilan erishiladi. Vint boshidagi 2–8 raqamlar tok karraligini bildiradi. Bu relelar o‘zgaruvchan va o‘zgarmas operativ tok zanjirlarida releli himoya va avtomatikada tokli himoyalar elementlari sifatida qo‘llaniladi.
Quvvat relesi ham induksion prinsipida ishlaydi. Unda kuchlanish va tok chulg‘amlari bo‘lib kuchlanish chulg‘ami o‘lchash transformatorining ikkilamchi chulg‘ami 100V qo‘llanish zanjiriga, tok chulg‘ami esa tok transformatorining ikkilamchi himoya zanjiriga ulanadi. Bu rele qisqa tutashish quvvatini yo‘nalishidan ishlaydigan rele bo‘lib maksimal tokli yo‘naltirilgan himoyalarda qullaniladi.
NAZORAT SAVOLLARI
1. Relening ishlash prinsipini tushuntiring.
2. Elektromagnit kuch va uning momenti nimaga teng?
3. Oqimlar vektor diagrammasini chizing.
4. Induksion relelarning sabr vaqti nima bog‘liq?
5. Inersion aylanish nima?
Download 98.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling