Bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiyot tarmoqlarida rentabellikning quyidagi turlari aniqlanadi:
1. Ishlab chiqarish xarajtalariga nisbatan rentabellik;
sof foyda
R=------------------------------------------- x100%
Ishlab chiqarish xarajatlari
Ushbu ko’rsatkich bir so’mlik ishlab chiqarish xarajati hisobiga olingan foyda summasini xarakterlaydi.
Asosiy vositalar rentabelligi.Asosiy vositalar rentabelligi har bir so’mlik yoki ming so’mlik asosiy vosita hisobiga to’g’ri keladigan foyda summasini xarakterlaydi. Ushbu ko’rsatkich sof foyda summasini asosiy vositalarning o’rtacha yillik qiymatiga bo’lish asosida aniqlanadi.
Sof foyda
R=----------------------------------------------------------- x 100 %
Asosiy vositalarning o’rtacha yillik qiymati
Sotish bo’yicha rentabellik. Sotish bo’yicha rentabellik sotilgan mahsulotlarning foydalik darajasini xarakterlaydi. Ushbu ko’rsatkich sotishdan olingan yal’i foyda summasini mahsulotlarni sotishdan olingan tushumga bo’lish asosida aniqlanadi. Ya`ni
Sotishdan olingan foyda
R=---------------------------------------------------------------x100%
Sotishdan olingan tushum summasi
Oborot aktivlar rentabelligi. Ushbu ko’rsatkich oborot aktivlarning har bir sumiga to’g’ri keladigan foyda, sof foyda summasini xarakterlaydi. Oborot aktivlar rentabelligi olingan sof foyda summasini oborot aktivlarning o’rtacha yillik qiymatiga bo’lish asosida aniqlanadi.
Sof foyda
R=-------------------------------------------------------------x100%
Oborot aktivlar o’rtacha yillik qiymati
Jami mulk rentabelligi. Ushbu ko’rsatkich korxona mulkining foydalilik darajasini xarakterlovchi asosiy ko’rsatkich hisoblanadi. Bu ko’rsatkich har bir so’mlik mulkka to’g’ri keladigan sof foyda summasini ifodalaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |