10-Mavzu: Buxgalteriya hisobidagi 1C: Buxgalteriya va Uzasbo dasturlarining ishlash texnologiyalari
Download 32.5 Kb.
|
IAKT topshiriq
Topshiriq: Korxona va tashkilotlarda 1C:Buxgalteriya dasturidan foydalanish. Byudjet tashkilotlarida UzASBO dasturidan foydalanish texnologiyasi haqida tushunca bering. Prezidentimiz Islom Karimovning 2010 yil 26 noyabrda qabul qilingan "2011-2015 yillarda respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish va barqarorligini oshirish va yuqori xalqaro reyting ko'rsatkichlariga erishishning ustuvor yo'nalishlari to'g'risida" gi qarori sohadagi yangiliklarni faol tatbiq etish bo'yicha harakatlarning muhim qo'llanmasi bo'lib xizmat qilmoqda.Shunday qilib, farmonga muvofiq, bank tizimida buxgalteriya hisobi va hisobotini amalga oshirishda yangi yondashuvlar izlanmoqda, zamonaviy texnologiyalar va texnikalar joriy etilmoqda, xizmatlar sifati yaxshilanmoqda. Ipoteka banki va O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G'aznachiligi mutaxassislari tomonidan birgalikda yaratilgan elektron ro'yxatga olish tizimi bu ishlarning natijalaridan biridir. Ushbu tizim byudjet korxonalari va tashkilotlari xodimlarining ish haqi va unga tenglashtirilgan to'lovlarni avtomatik ravishda UzASBO dasturi (O'zbekistondagi byudjet tashkilotlarining avtomatlashtirilgan tizimi) orqali bankda ochilgan plastik kartalarga hisoblab chiqadi.Tizimning afzalligi shundaki, elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan ish haqi to'g'risidagi hisobotlar maxsus himoyalangan kanal orqali UzASBO dasturi orqali banklarga yuboriladi, bu erda mablag 'avtomatik ravishda mijozlarning plastik kartalariga o'tkaziladi. Shunday qilib, korxona va tashkilotlar ish haqi bo'yicha hisobotlarni bankka qog'oz va elektron shaklda topshirish uchun zarur bo'lgan vaqtni tejashadi. Ushbu loyiha 2013 yilning uchinchi choragida Ipoteka-bank filiallarida muvaffaqiyatli sinovdan o'tkazildi. Hozirgi vaqtda tizim 600 dan ortiq byudjet tashkilotlarida bank filiallari orqali amalga oshirildi. 10-Mavzu: Buxgalteriya hisobidagi 1C:Buxgalteriya va UzASBO dasturlarining ishlash texnologiyalari Savol Javob: Buxalterlarning avtomatlashtirilgan ish joylari haqida tushuncha? - Buхgаltеriya fаоliyatini АIJlаr bilаn jihоzlаnishi nаtijаsidа elеktrоn buхgаltеriyagа аylаnаdi. Buхgаltеriya fаоliyatigа zаmоnаviy kоmpyutеrlаrni jоriy qilinishi hisоb-kitоb mа’lumоtlаrigа mаrkаzlаshmаgаn hоldа ishlоv bеrish bilаn bir vаqtdа sintеtik vа аnаlitik hisоblаshlаrni аmаlgа оshirib, mа’lumоtlаri bаzаsidа ахbоrоtlаr intеgrаsiyasini аmаlgа оshirishgа imkоn bеrаdi. Bu esа хo‘jаlik оpеrаtsiyalаrini o‘zаrо bоg‘liq vа yaхlit hоldа аks ettirishni tа’minlаydi. 2. Buxgalteriyada avtomatlashtirilgan ish joylarini hosil qilish jarayonlari? - Buхgаltеr АIJ buхgаltеriya hisоbi mаsаlаlаrini rеglаmеntli vа so‘rоvnоmаlаr tаrtibidа еchishgа, nаtijаlаrni nаzоrаt qilishgа, ахbоrоtlаr izlаshni аmаlgа оshirishgа imkоn bеrаdi. Uning muhim ustunliklаridаn biri - buхgаltеriya hisоbini yuritishdаgi mаvjud shаkllаrigа yo‘nаltirilgаnligidir, shu bilаn birgа, kоmpyutеrlаrni qo‘llаsh birlаmchi hisоb-kitоb hujjаtlаrini shаkllаntirish usullаridа qоg‘оzsiz tехnоlоgiyalаrgа o‘tish bоsqichlаrini tа’minlаydi. Kоmpyutеrlаr MBdа sаqlаnаdigаn ахbоrоtlаrni оlish yo‘li bilаn ахbоrоt-mа’lumоt хizmаtlаrini tаshkil qilishgа imkоn bеrib, аvtоmаtlаshtirilgаn hisоbоt shаklining jоriy kinishi оb’еktning хo‘jаlik fаоliyati hоlаtini yanаdа tеzkоr bаhоlаsh vа tаhlil qilishni tа’minlаydi. Buxgalteriyaning asosiy vazifasi nimadan iborat? - Buхgаltеriya hisоbi ахbоrоt kompleksining аsоsidа buхgаltеriya hisоbining аlоhidа bo‘limlаridа bаjаrilаdigаn bаrchа hisоb-kitоblаrni bir mаjmuаgа birlаshtirish mаsаlаlаri yotаdi. Mаsаlаlаr mаjmuаsi hisоblаsh аlgоritmlаri, o‘zаrо bоg‘liq bоshlаng‘ich sоlishtirmа hujjаtlаr, tаsdiqlаb bеrilgаn hisоb-kitоblаr, hisоblаsh bo‘g‘inlаridаgi uslubiy vа mе’yoriy hujjаtlаrni yuritishning аniq iqtisоdiy mаzmuni bilаn tаvsiflаnаdi. Auditorlik faoliyatini kompyuterlashtirish jarayonlarini sanab bering? - Auditorlik faoliyatining asosiy sharti – to’la mustaqillikka ega bo’lish, xech kimga qaram bo’lmaslik, o’z ishini xar bir mamlakatda yoki xalqaro miqyosda qabul qilingan xisob-kitob va taftish qoidalariga binoan olib borishdir. Audit faoliyatining ikki turi mavjud: ichki va tashqi audit. Tashqi audit xolis firma tomonidan avvaldan tuzilgan kontrakt asosida bajariladi. Ichki audit esa shu korxonada ishlovchi xolis mutaxassislar tomonidan korxona raxbarlarining buyurtmasiga binoan amalga oshiriladi. 5. Buxgalteriya faoliyatida ishlatiladigan dasturiy ta’minotlar? - Bundаy tizimlаrgа Rоssiyaning “Gаlаktikа”, “Flаgmаn”, “LОKОF-FIS”, “BEST-5”, “Pаrus”, “1S:Buхgаltеriya”, bоshqа хоrijiy R/3, “Platinum”, “Ssala”, R/Stile, Akcanma dаsturlаrini misоl qilib kеltirish mumkin. 6. 1C:Buxgalteriya dasturining “Zarplata” bo’liming ishlash texnologiyasi? - Dasturning Hisobotlar rejimida Debitorlik va Kreditorlik qarzdorliklari avtomatik tarzda hosil qilinadi. UzASBO dasturiga har kuni ish vaqti tugallanishidan oldin "Kazna" dasturiy majmuasidan byudjet tashkilotlari faoliyatiga oid hamma ma’lumotlar avtomatik ravishda ba’zaga kiritib boriladi. 7. Qaror qabul qilishni qo‘llab quvvatlash tizimiga kiruvchi modullarni ayting. - YAngi tizimlar qisqaroq va ancha interfaol va ularning maqsadi oxirda foydalanuvchilarga ma’lumotlarning barcha turlari bilan ishlashga, tahliliy tadqiqotlar olib borishga, modellar yaratishga va innovatsion loyihalarda kuchsiz tuzilgan va umuman tuzilmagan qarorlar uchun ssenariylarni amalga oshirishga yordam berishdan iborat bo‘lgan. Bunday imkoniyatlarni namoyon etuvchi tizimlar qaror qabul qilishni qo‘llab quvvatlovchi tizim – QQQT (Decision Support System — DSS)deb nomlanadi. 8. Biznes qarorlarini qabul qilishning interatsion jarayonlari qanday elementlardan tashkil topgan? - Turli xil korporativ xizmatlari tarmoqlarida har xil ommaviy ma’lumot va axborotlarning aylanishi ularni to‘plash, tuzish, qayta ishlash, tahlil qilish, saqlash, arxivlash va biznes qarorlarini qabul qilish uchun foydalanuvchiga etkazishda ko‘plab muammolarni keltirib chiqaradi. Buning uchun standart interfeyslar va protokollardan, masalan, SQL va JDBC/ODBC, shuningdek, ma’lumotlar relyasiya bazasining turli uskunalaridan (Relational Database — RD) foydalaniladi. 9. Dlya chego prednaznachena Data Mining texnologiya nima uchun taqdim etilgan va qaysi soha faoliyatida u qo‘llanadi? - Data mining - bu kompaniyalar tomonidan xom ma'lumotni foydali ma'lumotga aylantirish uchun ishlatiladigan jarayon. Dasturiy ta'minot yordamida ma'lumotlarning katta qismidagi naqshlarni izlash uchun korxonalar yanada samarali marketing strategiyasini ishlab chiqish, sotishni ko'paytirish va xarajatlarni kamaytirish uchun o'z mijozlari haqida ko'proq bilib olishlari mumkin. 10. Qidirish kompyuter dasturi nima? - Qidiruv tizimi (inglizcha: search engine) — kompyuterda, kompyuter tarmogʻida yoki butunjahon web tarmogʻida World Wide Web saqlanayotgan maʼlumotlarni qidirishga moʻljallangan dasturdirWeb qidiruv tizimi — WWWdan maʼlumot qidiradi. Usenet qidiruv tizimi — butun dunyoga taqsimlangan munozaralar mediumi (vositasi) hisoblanadigan Usenetdan maʼlumot qidiradi Intranet qidiruv tizimi — alohida tashkilotning ichki tarmogʻidagi kompyuterlardan maʼlumot qidiradi. Desktop qidiruv tizimi — alohida kompyuterning maʼlumotlar bazasidan maʼlumot qidiradigan dastur. 11. O‘zi o‘rganadigan axborot tizimi osti qanday o‘rnatilgan? - Hozirgi vaqtda interfeys darajasidagi integratsiya muammosi ochiq interfeyslar bilan standart dasturiy ilovalar tomonidan amalga oshirilgan axborot tizimi ostidan foydalanish asosida hal etiladi (Open Application Programming Interface). 12. Ekspert tizim shakllarini sanab bering. - Ekspert tizimi — mutaxassislar bilimini konkret fan sohalarida to‘playdigan va ulardan tavsiyalar ishlab chiqish va muammolarni bartaraf etish maqsadida foydalanadigan murakkab dasturiy kompleksdir. Ba’zi holatlarda ekspert tizimi odatda ekspertchining tajribasini jalb etishni talab qiluvchi funksiyalarni bajarishni to‘liq o‘ziga olishi yoki qaror qabul qiluvchi kishi uchun yordamchi rolini o‘ynashi mumkin. 13. Intelektual tizimga qanday tizimlarni kiritish mumkin? - Intelektual tizimlar ko‘proq murakkab konseptul vazifalarni echish uchun qo‘llanadi, bunda asosiy murakkablik– nazariyasi hamda amaliyotchi mutaxassislarning past shakllangan bilimidan foydalanishda yuzaga keladi. Bu masalan: favqulodda texnogen hodisalarda vaziyatni baholash, chuqur tafakkur qatlamlari bilan tabiiy til interpretatsiyasi, tibbiyotda murakkab tashxisni qo‘yish, meterologiya, iqtisod va hokazolarda uzoq muddatli prognozlardir. Intellektual tizimlar axborot tizimining biznesda intelektual texnologiyalarini amalga oshiruvchi kengaygan sinfini hosil qildi 14. Intelektual tizimning umumiy tuzilishiga nimalar kiradi? - Favqulodda texnogen hodisalarda vaziyatni baholash, chuqur tafakkur qatlamlari bilan tabiiy til interpretatsiyasi, tibbiyotda murakkab tashxisni qo‘yish, meterologiya, iqtisod va hokazolarda uzoq muddatli prognozlardir. Intellektual tizimlar axborot tizimining biznesda intelektual texnologiyalarini amalga oshiruvchi kengaygan sinfini hosil qildi 15. Executive Information System tizimi qanday maqsadlar uchun taqdim etilgan? - Amaliy BI-ilovaga qarorlarni amalga oshirishni qo‘llab quvvatlash tizimining (Executive Support Systems — ESS) bir qismi hisoblangan rahbarning axborot tizimi EIS misol bo‘ladi. ESS kompaniya boshqaruvining strategik bosqichida strukturalanagan qarorni qabul qilishda va istalgan amaliy va ixtisoslashtirilgan ATga qaraganda tashqi muhitdan axborotni yaxshiroq tizimli tahlil qilishga yordam beradi. Download 32.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling