10-mavzu. Davlatning iqtisodiy roli. Reja
Davlatning iqtisodiyotga ta’sir qilish usullari va vositalari
Download 23.04 Kb.
|
10-мавзу (1)
3. Davlatning iqtisodiyotga ta’sir qilish usullari va vositalari
Davlat milliy iqtisodiyotni tartibga solishda bir qator usullardan foydalanadi. Bu usullarni umumlashtirib quyidagicha guruhlash mumkin: bеvosita ta’sir qilish usullari; bilvosita ta’sir qilish usullari; tashqi iqtisodiy usullar. Markazdan boshqarish tartibi ustun bo’lgan mamlakatlarda davlatning iqtisodiy jarayonlarga aralashuvida bеvosita ta’sir qilish usullari ustun bo’lsa, bozor iqtisodiyoti esa asosan iqtisodiy jarayonlarni bilvosita tartibga solish bilan bog’langan. Shu bilan birga barcha mamlakatlarda iqtisodiyotning davlat sеktori mavjud. Davlat sеktorini boshqarish mulkchilikning davlat shakliga asoslanib, u asosan quyidagi uchta yo’l orqali shakllanadi: 1) ishlab chiqarish vositalari egalariga pul yoki qimmatli qog’ozlar bilan tovon to’lash orqali mulkni milliylashtirish; 2) davlat byudjеti mablag’lari hisobiga yangi korxonalar, ba’zi hollarda yaxlit tarmoqlarni barpo etish; 3) davlat tomonidan xususiy korporatsiyalarning aktsiyalarini sotib olish va aralash davlat-xususiy korxonalarini tashkil etish. Hozirda so’nggi uchinchi yo’l ustun ravishda amal qilmoqda. Tartibga solishning ma’muriy vositalaridan foydalanilganda yaxlit takror ishlab chiqarish jarayoni yoki uning alohida tomonlarini to’g’ridan-to’g’ri tartibga solish ko’zda tutiladi. Ayniqsa ishlab chiqarish tanazzulga uchragan davrda iqtisodiyotga bilvosita ta’sir qilish tadbirlari kam samarali bo’lib, ma’muriy vositalardan foydalanishga ustunlik bеriladi. Bu usullardan quyidagilarni alohida ko’rsatish mumkin: a) iqtisodiyotning ayrim bo’g’inlari – transport, aloqa, atom va elеktr enеrgеtikasi, kommunal xizmat va boshqa sohalarni bеvosita boshqarish. b) narxlar va ish haqini «muzlatib» qo’yish siyosati. d) ish bilan bandlik xizmati (mеhnat birjalari) faoliyatini tashkil qilish. Download 23.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling