10-mavzu. Evropa ittifoqi doirasida standartlashtirish


M ustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi sertifikatlashtirish faoliyati


Download 47.95 Kb.
bet3/3
Sana16.03.2023
Hajmi47.95 Kb.
#1272914
1   2   3
Bog'liq
10-mavzu. Evropa ittifoqi doirasida standartlashtirish

M ustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi sertifikatlashtirish faoliyati.
MDH da sertifikatlashtirish faoliyati MDH davlatlarida 1992 yilda imzolangan standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish sohasidagi siyosiy kelishuvni yuritish to‘g‘risidagi Kelishuvga asosan sertifkatlashtirish bo‘yicha faoliyat olib boriladi.
Davlatlar Kelishuvi nizom asosida hamkorlik – Kelshuv qatnashchilari milliy sertifikatlashtirish tizimini ISO/IES qo‘llanmalari asosida shakllantiradi va Ushbu sohadagi usullar bilan boyitib borishadi.

Rossiya Federatsiyasi va Qozog‘iston Respublikalarida texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risidagi yangi qonunning qabul qilinishi Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish uchun xalqaro tajribalarga uyg‘unlashtirilgan me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqishga sabab bo‘ldi.


Texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risidagi qonuni qabul qilishning asosiy maqsadi Butun jahon savdo tashkiloti (VTO)ning “Savdoda texnik to‘siqlar to‘g‘risida”gi Kelishuv qoidalariga muvofiq bo‘lgan yuqori darajadagi me’yoriy hujjatlar tuzilmasini bosqichma-bosqich yaratish hisoblanadi.
Shunga qaramasdan, Rossiya, Qozog‘iston va AQSh qonunchilik­larida foydalaniladagan atamalar rasman farqlanib, me’yoriy texnikaviy ma’lumotlarni ikki aniq toifaga bo‘lishgan ya’ni birinchisi – texnikaviy reglamentlar, ikkinchisi – standartlardir.
Bu toifalarning printsipial o‘zaro farqlanashi (a) vazifasida ya’ni ushbu toifadagi hujjatlar hal etadi va (b) da bu toifadagilar yuridik maqsadlardagi hujjatlaridan iborat bo‘ladi. Me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish tuzilmasida texnik reglamentlar qonunosti aktlari bo‘lib hisoblanadi. Agar qonunning asosiy vazifasi hayot, insonlar sog‘lig‘i va atrof-muhit uchun mahsulot, xizmatlar va jarayonlar xavfsiligi talabarini yuridik mustahkamlash bo‘lsa, unda texnik reglamentlarning (qonunosti aktlari sifatida) asosiy vazifasi asosiy texnikaviy tamoillarni shakil­lantirish ya’ni qonun bilan talab qiinayotgan xavfsizliklarni ta’minlash ishlarida boshqarishni amalga oshirish bo‘lib hisoblanadi.
Standart, o‘z navbatida, texnik reglamentlarda o‘rnatilgan tamoyil­larni detallashtirish: bu detallashtirishga hayot, insonlar sog‘lig‘i va atrof-muhit uchun xavfsiz jarayonlar yoki ushbu mahsulot, xizmat yoki jarayonlarga rioya etilishi natijasida mahsulot, xizmat va jarayonlarning texnikaviy ko‘rsatkichlar bo‘yicha tavsiflash yo‘li bilan erishish hisoblanadi. Bu o‘z navbatida bozor iqtisodiyoti sharoitida raqobatni rivojlantirishga aloqador va xavfsizlikka erishishning maqbul yo‘llaridan foydalanishga sharoit yaratadi. Bu bilan tovarlarga turli xil standartlar mavjudligini, ya’ni bitta va aynan shu vazifani bajarish uchun turli maqbul texnologiyalar yordamida yondashish mumkinligi bilan tavsiflash mumkin.
Texnik reglamentlar va standartlarning yuridik maqomini ularning vazifalaridan kelib chiqib aniqlash mumkin bo‘lib, bu ikki toifadagi me’yoriy hujjatlar ham mahsulot yoki xizmat turlariga qo‘ilgan talablarni belgilaydi. Demak, texnik reglamentlarda belgilangan talablar mamlakatning barcha hududlarida barcha (davlat, yuridik va jismoniy) shaxslar tomonidan majburiy rioya etilishi zarur bo‘lib hisoblanadi.
Standartlarni texnik reglamentlardan farqi uning ixtiyoriy me’yoriy hujjatligidadir, ulardan birini xavfsizlikka erishining maqbul yo‘li deb qabul qilish mumkin. Rossiya, Belorussiya davlatlarining yangi texnik jihatdan tartibga solish qonunchiligida “Standart” tushunchasi oldingi qonunchilikda qabul qilingan ta’rif bilan sharxlangan. Ammo, aynan, “standart” atamasidan ixtiyoriy ravishdagi tamoyil asosidagi har qanday me’yoriy hujjat ko‘zda tutilishi mumkin. Shunday qilib, hujjatning yorli­g‘idan mustaqil xolda – “qo‘llanma”, “metodika”, “ko‘rsatma”, “me’yor va qoida”, “yo‘riqnoma” va boshqalar barchasi “standart” toifalar­iga mansub bo‘lgan ixtiyoriy holda qo‘llaniladigan me’yoriy hujjatlardir.
O‘zbekiston Respublikasida mahsulotga qo‘yilgan talablar bo‘yicha standartlar ushbu mahsulotga “texnik reglament” ishlab chiqilgandan so‘ng va o‘rnatilgan tartibda tasdiqlanib joriy etilganidan keyingina ixtiyoriy bo‘lishi bilan boshqa davlatlarning texnik jihatdan tartibga solish qonunlaridan farq qiladi.
Download 47.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling