10-mavzu. Gilam va savat to‘qish san’ati Reja
Download 1.68 Mb.
|
10-mavzu. Gilamchilik va savatchilik
10.10-rasm. Savat namunalari.
Savat to‘qishda ishlatiladigan hom-ashyolar. Savat toʻqishda xom ashyo sifatida tut, terak, tol, turang‘il, yulgʻun novdalari, bug‘doypoya, qamish va boshqa materiallarni ishlatib kelganlar. Ayniqsa, qoratolning novdasidan to‘qilgan savatlar juda chidamli hisoblangan. Savatlar terak, majnuntol, turong‘il, ligustrum va tolning bir yoshli tekis novdalaridan to‘qilgan. Novdalarni maʼlum vaqt (sentabr-okttabr)da yigʻib olinadi, bir necha kun salqin joyda saqlanadi, mustahkamligini oshirish uchun vaqt-vaqti bilan suv sepib turiladi, shunda ular yaxshi bukilib, sinmaydigan boʻladi. Ayniqsa, qora tol novdasidan toʻqilgan savatlar qadrlangan. Baʼzan novdalarning po`sti tozalanib ham savat toʻqiladi. Savat Oʻzbekistonning barcha viloyatlari (jumladan, Fargʻona, Toshkent va boshqalar)da tarqalgan. Savatchilik boʻyicha mutaxassislar ustoz-shogird usulida, hozirgi kunda turli badiiy bilim yurti, toʻgaraklarda ham tayyorlanadi. Agar xomashyosi tayyor bo‘lsa, bir kishi kuniga o‘ntagacha savat to‘qishi mumkin. Yetarlicha daraxt parvarishlasa, xom-ashyo o‘zidan chiqsa, savat to‘qish qiyin emas. Har kuzda tol novdalarini kesish, bu jarayon o‘ziga xos aniqlikni talab etadi. Negaki, kesilgan novdalarning aylanasi bir metr bo‘lishi kerak. Bunday aniqlik to‘qish jarayonida mehnatni yengillatib, ish unumini oshiradi. Istalgan shaklga keltirish uchun novdalar katta qozonlarda uch-to‘rt soat qaynatiladi. Po‘stlog‘i shilinib, kerakli novdalar bo‘yaladi. Keyin quritiladi. «Amerikanka» daraxti novdalaridan to‘qilgan savatlar tabiiy chiroyli ko‘ringani uchun ular bo‘yalmaydi. Shuning uchun ham ko‘pchilik ularni «mebelniy» deydi. Bu daraxt asosan sovg‘a-salom uchun u-bu narsa yasashga mo‘ljallanadi. Devorgul novdalaridan yasalgan savatlar ancha pishiq, chidamli chiqadi. Lekin novdaning taxir ta’mi mahsulotlarga o‘tishi mumkin. Odatda, bozorlarimizdagi odamni o‘ziga jalb qilib qo‘yadigan savatlar devorgul novdalaridan to‘qilgan bo‘ladi. Tol novdalaridan bo‘lgan savatlar ro‘zg‘orda foydalanishga juda qulay. Bo‘yalganida rangni yaxshi oladi. Lekin tez sinuvchan bo‘ladi. Ba’zida savatlarga ehtiyoj ortib ketadi. Xomashyo topolmay qolasiz. Ayrim vaqtlarda esa teskarisi: taklif ortib, talab kamayib qoladi. To‘y mavsumlarida savatning bozori chaqqonlashadi. Ayniqsa, patir, mevalar, har xil sovg‘alar solish uchun mo‘ljallangan savatlar xaridorgir. Download 1.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling