10-mavzu: Ilmiy uslub. Sohaviy terminlarning yasalishi. Reja


Download 287.5 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana12.02.2023
Hajmi287.5 Kb.
#1191061
1   2   3   4   5
Bog'liq
10-mavzu

Sifat+ot modelida yasalgan qo„shma terminlar qo„proq tabiiy fanlar 
terminotizimida uchraydi: to‘g‘ri burchak, qo‘shbog‘, issiqbardoshlik, 
sovuqbardoshlik (fizika-matem.); huquqiy norma, yuridik konsultatnt (yuridik) 
kabi. 
Son+ot modelida yasalgan qo„shma terminlar matematika fanida ko„proq 
qo„llaniladi: uchhad, birhad, o‘nyoq, beshyoq, yarim doira, yarimyig‘indi, 
yarimfazo, yarimo‘tkazgich (fizika-matem.) kabilar. 
Ot+fe’l modelida yasalgan qo„shma terminlar. Bunda ikkinchi komponentga 
ar sifatdosh ko„rsatkichi qo„shiladi. Masalan: o‘g‘itsepar, markaztopar, 
go‘ngsochar (botanika), xususiy ajrim, adolatli sudlov (yuridik) kabi. 
Keyingi vaqtlarda ikkinchi komponentga gich (-kich, - qich, -g„ich) affiksi bilan 
ham ko„plab yasalmoqda: havo qizdirgich, havo haydagich, go‘ng sepkich, urug‘ 
o‘tkazgich, oqim keskich, ko‘chan tutqich, xamirkeskich, go‘shtqiymalagich, 
yashinqaytargich kabi. 


Ravish+ ot yoki harakat nomi modelida yasalgan qo„shma terminlar: o‘ta tuyinish 
(xim.), o‘takuchlanish, o‘taqizitish, o‘tauyg‘onish (fiz.), o‘ta struktura, chala 
o‘tkazgich, qisqa tutashuv kabi. 
b) komponentlari ruscha-baynalmilal termin yoki termin-elementlardan iborat, rus 
tilidan tayyor holda o„zlashtirilgan qo„shma terminlarBunday terminlar uchta 
holatda yuzaga keladi: 
- agar ruscha-baynalmilal qo„shma terminning har ikkala komponenti o„zbek tilida 
mustaqil termin yoki terminelement sifatida qo„llansa, bunday terminlar o„zbek 
tilida ham qo„shma sanaladi. Masalan: karbonvodorod, elektrstansiya, 
radiostansiya, radiolampa, kinokomediya, kvarsgenerator, kristallgidrat kabi. 
- birinchi komponenti muntazam takrorlanuvchi (anti-, avto-) elementdan tashkil 
topgan qo„shma terminlar. Masalan: antikosinus, antiparallel, antisimmertiya, 
avtokataliz, avtokran, avtorentgen, avtobenzin kabi. 
-boshqa holatlarda esa, ya‟ni qismlarga ajraluvchi ruscha terminlarning 
muayyan qismi mustaqil termindan va
 
de-, per-, re-, so-, sub- kabi prefikslardan 
iborat bo„lganda yoki ikkinchi komponenti mustaqil qo„llanmaydigan suffiksoid 
orqali ifodalanadi: depolyarizator, peroksid, reekstraksiya, rekristallizasiya, 
sopolimer, suboksid kabi. 
2. Turli tillarga mansub so„z birliklardan hosil bo„lgan (gibrid) qo„shma terminlar. 
Bunday terminlar ikkita boshqa-boshqa qatlamlarga oid so„zlarning o„zaro 
birikuvidan hosil bo„ladi. Adabiyotlarda bunday terminlarni “duragay qo„shma 
so„zlar” yoki gibrid terminlar deb yuritmoqdalar. Bunday terminlar ikki xil bo„ladi: 
a) gibridlarning har ikkalasi ham ruscha-baynalmilal, ham o„zbekcha komponenti 
mustaqil ma‟no va qo„llanishga ega bo„lgan so„z-terminlardan iborat 
bo„ladi: karbonsuvlar, elektrarra, xlorsirka, limitko‘rsatkich, elektrasbob, 
yodmoy va boshqalar. 
b) 
baynalmilal komponenti 

Download 287.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling