10-mavzu: Ilmiy uslub. Sohaviy terminlarning yasalishi. Reja
Download 287.5 Kb. Pdf ko'rish
|
10-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ot+fe’l
Sifat+ot modelida yasalgan qo„shma terminlar qo„proq tabiiy fanlar
terminotizimida uchraydi: to‘g‘ri burchak, qo‘shbog‘, issiqbardoshlik, sovuqbardoshlik (fizika-matem.); huquqiy norma, yuridik konsultatnt (yuridik) kabi. Son+ot modelida yasalgan qo„shma terminlar matematika fanida ko„proq qo„llaniladi: uchhad, birhad, o‘nyoq, beshyoq, yarim doira, yarimyig‘indi, yarimfazo, yarimo‘tkazgich (fizika-matem.) kabilar. Ot+fe’l modelida yasalgan qo„shma terminlar. Bunda ikkinchi komponentga – ar sifatdosh ko„rsatkichi qo„shiladi. Masalan: o‘g‘itsepar, markaztopar, go‘ngsochar (botanika), xususiy ajrim, adolatli sudlov (yuridik) kabi. Keyingi vaqtlarda ikkinchi komponentga –gich (-kich, - qich, -g„ich) affiksi bilan ham ko„plab yasalmoqda: havo qizdirgich, havo haydagich, go‘ng sepkich, urug‘ o‘tkazgich, oqim keskich, ko‘chan tutqich, xamirkeskich, go‘shtqiymalagich, yashinqaytargich kabi. Ravish+ ot yoki harakat nomi modelida yasalgan qo„shma terminlar: o‘ta tuyinish (xim.), o‘takuchlanish, o‘taqizitish, o‘tauyg‘onish (fiz.), o‘ta struktura, chala o‘tkazgich, qisqa tutashuv kabi. b) komponentlari ruscha-baynalmilal termin yoki termin-elementlardan iborat, rus tilidan tayyor holda o„zlashtirilgan qo„shma terminlar. Bunday terminlar uchta holatda yuzaga keladi: - agar ruscha-baynalmilal qo„shma terminning har ikkala komponenti o„zbek tilida mustaqil termin yoki terminelement sifatida qo„llansa, bunday terminlar o„zbek tilida ham qo„shma sanaladi. Masalan: karbonvodorod, elektrstansiya, radiostansiya, radiolampa, kinokomediya, kvarsgenerator, kristallgidrat kabi. - birinchi komponenti muntazam takrorlanuvchi (anti-, avto-) elementdan tashkil topgan qo„shma terminlar. Masalan: antikosinus, antiparallel, antisimmertiya, avtokataliz, avtokran, avtorentgen, avtobenzin kabi. -boshqa holatlarda esa, ya‟ni qismlarga ajraluvchi ruscha terminlarning muayyan qismi mustaqil termindan va de-, per-, re-, so-, sub- kabi prefikslardan iborat bo„lganda yoki ikkinchi komponenti mustaqil qo„llanmaydigan suffiksoid orqali ifodalanadi: depolyarizator, peroksid, reekstraksiya, rekristallizasiya, sopolimer, suboksid kabi. 2. Turli tillarga mansub so„z birliklardan hosil bo„lgan (gibrid) qo„shma terminlar. Bunday terminlar ikkita boshqa-boshqa qatlamlarga oid so„zlarning o„zaro birikuvidan hosil bo„ladi. Adabiyotlarda bunday terminlarni “duragay qo„shma so„zlar” yoki gibrid terminlar deb yuritmoqdalar. Bunday terminlar ikki xil bo„ladi: a) gibridlarning har ikkalasi ham ruscha-baynalmilal, ham o„zbekcha komponenti mustaqil ma‟no va qo„llanishga ega bo„lgan so„z-terminlardan iborat bo„ladi: karbonsuvlar, elektrarra, xlorsirka, limitko‘rsatkich, elektrasbob, yodmoy va boshqalar. b) baynalmilal komponenti Download 287.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling