10-mavzu. Korxonalarda ishlab chiqarishni rejalashtirish va prognozlash


Ishlab chiqarish dasturi, uning tarkibi va ishlab chiqish tartibi


Download 58.85 Kb.
bet10/10
Sana30.10.2021
Hajmi58.85 Kb.
#169503
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
10-mavzu

Ishlab chiqarish dasturi, uning tarkibi va ishlab chiqish tartibi

Mahsulotni ishlab chiqarish rejasi biznes-rejaning muhim bo’limi bo’lib, odatda ishlab chiqarish faoliyati bilan shug’ullanuvchi korxona tomonidan ishlab chiqiladi. Ushbu bo’limda korxonaning ishlab chiqarish strategiyasi aks ettirilib, ishlab chiqarish jarayoni texnologik va tashkiliy nuqtai nazardan batafsil bayon qilinadi. Ishlab chiqarish rejasining asosiy vazifasi korxonaning belgilangan muddatda kerakli mahsulotni kerakli miqdorda ishlab chiqarish imkoniyatlarini asoslab berishdan iborat.

Ishlab chiqarish rejasi bo’limi quyidagi tuzilmaga ega bo’lishi mumkin:



  • ishlab chiqarish texnologiyasi;

  • ishlab chiqarish kooperatsiyasi;

  • ishlab chiqarish jarayoni nazorati;

  • atrof muhit muhofazasi tizimi;

  • ishlab chiqarish dasturi;

  • ishlab chiqarish rejasining ishlab chiqarish quvvatlari bilan asoslanishi;

  • ishlab chiqarish rejasining resurslar bilan ta’minlanganligi. 

  • xarajatlar bashorati

Noishlab chiqarish firmalari uchun uzoq muddatli aktivlar va aylanma mablag’larga bo’lgan talab va harajatlar bashorati «Moliyaviy reja» bo’limida aniqlanadi.

Ishlab chiqarish dasturi bozorni o’rganish, korxona quvvatlarini baholash va sotuv hajmini bashorat qilishdan so’ng ishlab chiqiladi. Gap shundaki, loyihalarning aksari qismi uchun korxona ish boshlagan dastlabki yildayoq muvaffaqiyatga erishishi real vazifa emas. Ishlab chiqarish faoliyati boshlangan zahoti belgilangan quvvat bilan mahsulot ishlab chiqarish imkoniyatiga bo’lgan engil va oziq-ovqat sanoati uchun ham birinchi yilda ishlab chiqarish hajmi korxona quvvatlari yo’l qo’yishi mumkin bo’lgandan kamroq miqdorda rejalashtiriladi. Biroq bu doimiy qoidaga aylanib qolmasligi kerak.



Biznes-rejada har bir turdagi mahsulotning natural birliklaridagi ishlab chiqarish hajmi va uning oxirgi uch yildagi o’zgarishlari to’g’risidagi hamda bu ko’rsatkichlarning kelgusi 3-5 yildagi qiymatlari keltiriladi. Ishlab chiqarish dasturining asosiy ko’rsatkichlari yalpi mahsulot, tayyor (tovar) mahsulot va tugallanmagan ishlab chiqarish (ishlov berish tugallanmagan mahsulot) hisoblanadi. Tayyor (tovar) mahsulot hajmi ishlab chiqarish dasturiga muvofiq, har bir mahsulot turi uchun belgilangan narxlar bo’yicha quyidagicha aniqlanadi:


,

bu yerda:

Qtm - tayyor mahsulot hajmi, qiymati, so’m; 
a, , ... n — mahsulot (ish, xizmat) nomenklaturasi; 
Qa, Qb,… Qn – mos keluvchi mahsulot turlari bo’yicha ishlab chiqarishning yillik hajmi, o’lchov birliklarida;
BBa, BBb, ... BBn — mos keluvchi mahsulot birligining bozor bahosi (narxi), so’m/birl.

Sanoat mahsulotini natural ko`rinishida ishlab chiqarish rejalari aholining va korxonalarning ishlab chiqarish vositalariga va iste`mol predmetlariga bo`lgan ehtiyojini qondirish, texnik-iqtisodiy ko`rsatkichlari bo`yicha mamlakatimiz va chet el texnikasi erishgan yutuqlar darajasidagi va korxona profiliga mos keluvchi yangi mahsulot ulushining o`sishini ta`minlashi shart. Rejalar tarkibiy-miqdoriy va sifat ko`rsatkichlaridan iborat bo`ladi.

Mahsulot tarkibi (nomenklaturasi) deganda korxonada chiqariladigan mahsulotlarning xilma-xilligi tushiniladi. Mahsulot nomenklaturasi bilan uning assortimenti o`zviy bog’liq. Assortiment bir mahsulotning texnik-iqtisodiy tavsifnomasiga ko`ra turlicha ko`rinishidir. ulchamlari, unumdorligi, kuvvati, sifati va boshkalar.

Rejaning mahsulot ishlab chiqarish hajmi bo`yicha ham, nomenklatura va assortiment bo`yicha ham bajarilishi majburiydir, Bundan ko`zlangan maqsad rejaga kritilgan barcha mahsulotlar bo`yicha iste`molchilar ehtiyojini kondirishdir.

Mahsulot ishlab chiqarish va sotish rejasi ham natural ham qiymat ko`rinmshida tuziladi. Natural o`lchov birligini tanlash mahsulot xarakteridan va uni ishlab chiqarish hajmidan bog’liq. (tonna, metr, kvadrat, qilovatt-soat, dona va hokazo). Masalan: quymalar, payvandlangan konstruktsiyalar tonnada, avtomatik chiziqlar esa komplektda o`lchanadi. Chiqariladigan buyumlarning salmog`iga ko`ra mahsulot chiqarish bir vaqtda ikkita o`lchov birligida rejalashtiriladi. Masalan: turbinalar, generatorlar va dizellar — donalab va kilovatt bilan baholanadi.

Mahsulotning natural o`lchamlari uning turli shakllarining hajmni baholash imkonini bermaydi, shuning uchun ham ular asosan bir xil mahsulot chiqaradigan tarmoqlarda qo`llaniladi. Turli xil mahsulot chiqaradigan korxonalarda shartli-natural o`lchamlar qo`llaniladi. (Masalan: temir yo`l vagonlari ikki ukli, traktorlar ot kuchida bo`ladi).

Natural va shartli natural o`lchamlar yuqori sifatli mahsulot chiqarilishini, uskunalardan samarali foydalanishini, material sig`imini kamaytirishini ragbatlantiradi. Ishlab chiqarish rejasining qiymat ko`rinishi sexlar, korxonalar va butun sanoat tarmog`ining rivojlanishi va mutanosibligini baholash uchun zarur. Shu asosda ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirish va ulardan foydalanish, moddiy-texnika ta`minoti, mehnat unumdorligi, tannarx va korxona daromadlari bo`yicha topshiriq tayyorlanadi.

Yillik reja - mahsulot tayyorlash va chiqarish, assortiment va sifat bo`yicha ishlab chiqarish xizmati ko`rsatish, asosiy vositalardan samarali foydalanish, davlat buyurtmalari va shartnomalarini bajarish bo`yicha nomenklatura - miqdor topshirigi mavjud bo`ladi. Korxonada mahsulot ishlab chiqarish hajmi tovar va sotilgan mahsulot, oliy (sifat) toifali mahsulot ulushi, eksort hajmi va chet el korxonalarining hamkorlik ko`lami bilan xarakterlanadi.

Korxonaning tovar mahsuloti - iste’molchilarga jo`natish uchun tayyorlangan mahsulot hajmi. U korxonaning asosiy va yordamchi sexlarida tayyorlangan buyumlar va yarimfabrikatlar, tashqaridan yoki korxonaning nosanoat xo`jaliklaridan bo`ladigan buyurtmalar asosida bajariladigan sanoat xarakteridagi ishlar qiymati, uskunalarning transport vositalarining kapital o`rta remonti va modernizatsiya qiymatidan iborat. Bundan tashkari tovar mahsulot tarkibiga korxonaning o`zida bajarilgan kapital ko`rilish qiymati ham kiradi.

Tayyorlangan, lekin texnik-iqtisodiy talablarga javob bermaydigan mahsulotlar va barcha noishlab chiqarish xizmatlari qiymati tovar mahsulotga qo`shilmaydi.

Tovar mahsulot hajmi harakatdagi baholarda aniqlanadi. Bu esa ishlab chiqarish rejasini ishlab chiqarish xarajatlari hajmi bilan, moliyaviy va boshqa ko`rsatkichlar bilan bog`lash imkonini beradi.

Bir matralik buyurtma bo`yicha ishlab chiqarilgan tovar mahsulot qiymati kelishilgan baholarda aniqlanadi. Tovar mahsulot asosiy sexlarga pul qiymati bo`yicha yoki boshqa o`lchov birliklarida (masalan, mehnat sarfi) rejalashtiriladi. Mahsulotni chiqarish to`la tayyorlaydigan sexlarda harakatdagi baholarni qo`llash maqsadga bo`ladi. Yarimfabrikatlarni tayyorlovchi sexlarda esa kelishilgan baholar samarali bo`ladi.

Sotilgan mahsudot hajmi - buyurtmachilarga etkazib berrladigan, joriy davrda tulangan tayer buyumlar va o`zida ishlab chiqarilgan yarimfabrikatlar, shu jumdadan yangidan o`zlashtiriladigan mahsulot, shuningdek sanoat harakteridagi ishlar, korxona balansida bo`lgan nosanoat xo`jaliklar va kapital ko`rilishga sotilgan mahsulot qiymatidan iborat bo`ladi. Tayrrlovchi korxona -tulaydigan buyurtmachi xom ashyosi evaziga ishlab chiqarilgan mahsulot ham, xom ashyo qiymati chegirilmasdan tula qiymati bo`yicha sotilgan mahsulot qiymatiga kushiladi.

Agar tayyor buyumlar standartlarga, texnik shartlarga javob bersa, komplekt bo`lsa, korxonaning texnik nazorat bo`limi tomonidan yoki buyurtmachining vaqili tomonidan qabul qilingan va sifatini tasdiqlovchi hujjatlar bilan ta`minlangan, tayyor mahsulot omboriga topshirilgan bo`lsa, bunday buyumlar tovar mahsulot hajmiga kiriiradi.



Korxonaniig bankdagi hisob-kitob raqamiga yoki maxsus suda rakamiga xaridorlardan pul tushgan kundan boshlab mahsulot sotilgan hisoblanadi. Korxonaning kapital ko`rilishiga berilgan mahsulotlar bank tomonidan karital mablag’ bilan moliyalashtirilgan, sanoat xarakteridagi ishlar qiymati esa realizatsiya (sotish) raqamida aks etgach mahsulot sotilgan hisoblanadi.
Download 58.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling