«Tavakalchilik va sug`urtalashni baholash» bo`limi ikki qismga bo`linadi. Birinchi qismda tavakkalchilikning barcha turlari (yong`in, zilzila, soliqni boshqarishdagi o`zgarishlar va valyuta kursining tebranishi) oldindan hisoblab chiqiladi. Ikkinchi qismda esa tavakkalchilik xavfining oldini olish, ya`ni tavakkalchilik va zararlarni qisqartirish chora-tadbirlari ko`rsatiladi, shuningdek, tavakkalchilik xavfidan sug`urtalash dasturi amalga oshiriladi.
Moliyaviy reja biznes-rejaning yakunlovchi bo`limi bo`lib, korxona faoliyatining natijalarini tavsiflaydi. U quyidagi bo`limlarni o`z ichiga oladi:
Shuningdek, mazkur bo`limda ishlab chiqarishni tashkil qilish yoki kegaytirish uchun mablag` jalb qilish rejalari ham ifodalanadi. Bo`limda korxonaning moliviy barqarorligi yoki nochorligini aniqlash imkonini beruvchi maxsus ko`rsatkichlar hisob-kitobi ham keltiriladi.
Biznes - rejaning tahliliy qismi uning eng ijodiy bo`limlaridan biridir. Korxona bir necha yildan beri ishlab kelayotgan bo`lsa, tahlilda sotilgan mahsulot hajmi va foyda miqdori so`ngi moliya yillari davomida qay tariqa o`zgarayotganini ko`rsatish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |