10-mavzu Mantiq ilmining predmeti, asosiy qonunlari. Tushuncha tafakkur shakli sifatida Reja
Tushunchaning mohiyati va uning ifodalanishi
Download 49.22 Kb.
|
10-mavzu Mantiq ilmining predmeti, asosiy qonunlari. Tushuncha t
Tushunchaning mohiyati va uning ifodalanishi
Buyumlarning umumiy, muhim belgilarini inson ongida aks ettiruvchi tafakur shakliga tushuncha deb ataladi. Tushuncha borliqning odam tafakkurida in’ikos etishining shakllaridan biridir. Uning yordamida hodisalar, jarayonlarning mohiyati bilib olinadi, ularning umumiy va muhim tomonlari, belgilari umumlashtiriladi. Tushuncha tarixan rivojlanuvchi bilim mahsuli, bu bilim quyidan yuqoriga ko‘tarilib borib, amaliyot asosida qo‘lga kiritilgan natijalarni mazmunan chuqurroq tushunchalarda yakunlaydi. Eski tushunchalarni mukammallashtiradi, konkretlashtiradi va yangisini shakllantiradi". Tushunchalar uzul-kesil, absolyut bo‘lmasdan, rivojlanish, o‘zgarish holatida bo‘lib, voqelikni aks ettirib, taraqqiy qilib boradi. Tushunchaning mohiyatini chuqurroq tushunish uchun buyumlarning belgilarini va ularning turlarini bilish zarur. Begilar deb buyumlarning bir-biriga o‘xshashligi yoki bir-biridan farq qiladigan tomonlari va xususiyatlariga aytiladi. Buyumlarning belgilari cheksiz, shu bilan birga turli- tumandir. Ularning ba’zilari faqat bir bo‘lishga. xos bo‘lib, yakkalikni ifodalaydi, boshqalari buyumlarning muayyan guruhiga xos bo‘lib, ularning umumiyligini bildiradi. Masalan, har bir odam ma’lum belgiga, ya’ni yuz tuzilishi, yurishi, gapirishi, qaddi-qomati va hokazo konkret odamga xos bo‘lib boshqa odamlardan farqini ajratib turadi. Boshqa belgisi, kasbi, millati, ijtimoiy ahvoli kabilar umumiy xarakterga ega bo‘lib, ko‘pchilikka xos belgilardir. shuningdek, buyumlarning muhim va muhim bo‘lmagan belgilarini aniqlash ham zarurdir. Buyumlarning ma’lum nisbatdagi tub xususiyatlarini, ichki tabiatini, mohiyatini ifodalovchi belgi muhim belgi deb ataladi. Buyumning tub mohiyatini, xususiyatini ichki tabiatini ifodalamaydigan belgilari muhim bo‘lmagan belgilar deb ataladi. Logika fani narsalarning tushunchalarda aks etgan muhim belgilarini o‘rganadi. Muhim belgilar tushunchalar shakllanishida hal qiluvchi rolni o‘ynaydi. Tushunchalar buyumlarning belgilarini aks ettirib, bunga umumiy, muhim belgilar kiradi. Masalan, insonning mehnat qurollarini yaratish kabi umumiy belgisi muhim, belgisidir. Tushuncha narsalarning muhim belgilarini aks ettirib, hissiy bilish shakllaridan farq qiladi. Shunday qilib, logika. buyumlarning tushunchalarda aks etgan muhim belgilarini o‘rganadi. Muhim belgilarning asosiy xislati uning ob’ektivligidadir. Demak, muhim va nomuhim belgilar o‘rtasidagi tafovut ham ob’ektivdir. Buyumlardagi qator belgilarni ajratib yaxlit ifodolovchi tushuncha buyumlar mohiyati haqidagi tushuncha bo‘ladi. Tushuncha fikr shakli, u moddiy borliq in’ikosidir. Tushuncha voqelikni ilmiy bilishning asosiy shakllaridan biridir. Tafakkur til bilan qanday bog‘langan bo‘lsa, tushuncha ham, so‘z bilan shunday bog‘langan. Tushunchaning moddiy asosi so‘zdir, so‘zdan ajralgan hech qanday tushuncha yo‘qdir. So‘zsiz tushuncha paydo bo‘lmaydi. Har bir tushuncha so‘z orqali ifodalanadi. So‘z tushunchaning moddiy qobig‘idir. Tushunchaning tabiatini bilish so‘zlar orqali amalga oshiriladi. Demak, tushuncha so‘z bilan uzviy bog‘liq, shu bilan birga, so‘z o‘z xususiyatlari bilan tushunchadan farq qiladi. Binobarin, tushuncha buyumning muhim belgilarini in’ikos ettirsa, so‘z buyum nomini ifodalaydi. In’ikos va nom bir hil ma’noni bildirmaydi. Tushunchani vujudga keltirish uchun narsalarning muhim belgilarini ajratib olish zarur. Narsalarning muhim belgilari bevosita namoyon bo‘lishi ham bo‘lmasligi ham mumkin. Uning mohiyatini ochish muayyan mantiqiy usullar yordamida o‘zida ifoda etaolmaydi. Shu bois tushunchada eng asosiy belgilargina jamlanadi. Tushunchani vujudga keltirishda inson muayyan mantiqiy amallardan foydalanadi. Ba’zi hollarda esa masalan, fan sohasida mazkur jarayon insonning ihtiyorida ham bo‘lishi, ya’ni inson erkin tarzda ba’zi tushunchalarni shakllantirishi mumkin. Insonning faol amaliyotida ana shu jihat ko‘proq zarurdir. Bu o‘rinda u turli mantiqiy amallardan foydalanadi. Bunday mantiqiy amallarga qiyoslantirish, tahlil qilish, sintez (jamlashtirish), mavhumlashtirish va umumlashtirish kiradi. Masalan, «Ona» tushunchasining kishi ongida qay yo‘sinda paydo bo‘lishini olib ko‘raylik. Inson tug‘ilganda unda olam buyumlari to‘g‘risida bilim bo‘lmaydi. U hali o‘zligini anglamagan holda yashaydi. Yosh go‘dak barcha ayollardagi mehribonlikni, muruvvatni kuzatib, o‘z onasiga nisbatan yaqinlik sezadi. Mazkur xususiyatlar unga haqiqiy «ona» tushunchasini shakllantirishga yordam beradi. Mazkur jarayon mantiqiy qiyoslash deb ataladi. Ikkinchi mantiqiy amal-tahlil qilishdir. Mazkur amal onalar vazifasini kuzatishga, ya’ni qay «ona» suti bilan mehribonlik ko‘rsatish, qay biri esa, sutsiz (opa, xola, ammalar) ekanligini ilg‘ab olishga qaratilgandir. Uchinchi mantiqiy amal sintezdir. Sintezda go‘dak o‘z onasiga xos bo‘lgan fazilatlarni mo‘shtarak shaklga keltiradi. Bu o‘rinda ham onaga xos xususiyat sut berib boqish, mehribonlik kabilar bir butun holda gavdalanadi. To‘rtinchi mantiqiy amal - mavhumlashtirishdir. Mazkur amalda go‘dak o‘z onasi va barcha onalardan uzoqlashadi. Shu tarzda o‘z onasining mohiyatli belgilariga nisbatan e’tibor paydo bo‘la boshlaydi. Nihoyat, beshinchi mantiqiy amal- umumlashtirish bo‘lib, bunda mavhumlash natijasida paydo bo‘lgan barcha muhim jihatlar sut- bilan boqish, mehribonlik va boshqalar umumlashtirilib, go‘dakda ilk marta «ona» tushunchasi, «ona» so‘zi bab baravar paydo bo‘ladi. Mazkur tushuncha go‘dakning balog‘ati davomida yangi- yangi mazmunlar bilan boyitib boriladi. Download 49.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling