10-mavzu. Mifik ot obrazining dostonlardagi badiiy talqini


Download 20.11 Kb.
Sana28.01.2023
Hajmi20.11 Kb.
#1135059
Bog'liq
10-mavzu. Mifik ot obrazining dostonlardagi badiiy talqini


10-mavzu.
Mifik ot obrazining dostonlardagi badiiy talqini.
Turkiy xalqlar og‘zaki ijodida ot totemiga ham alohida ahamiyat berilgan. Arxeologik qazishmalar davrida yarmi ot va yarmi odam shaklidagi tasviriy asarlarning topilishi ham otga e’tiqodning qadimiy ramzidir. «Go‘ro‘g‘li» turkumidagi dostonlarda G‘irot, «Alpomish»da Boychibor, qirg‘iz eposi «Manas»da Oqula, oltoy turkiylarining eposi «Maaday Qora»da Karish Quloq kabi otlar obraziga katta e’tibor berilishi totemistik qarashlar natijasidir.
Masalan, «Manas»da ot tasviriga («Manasning bug‘doy berib Oqulani olgani») maxsus fasl bag‘ishlanadi. No‘yg‘ut xoni Qaracha Manasga otini sotar ekan, uning fazilatini shunday ulug‘laydi: Qula tegsa qo‘lingga, Xayoling o‘sar, quyular. Badbaxtlik bari yo‘yilar, Baxt to‘shalar yo‘lingga. Otda inson boshiga tushadigan baxtsizlikning yo‘qolishi hamda baxtning kelishiga ishonish totemistik tushunchalardir. Quyidagi tasvirlarda esa otning qudrati jangda insonga uning o‘zidan ham ko‘proq matonat va jasorat ko‘rsatishi ulug‘lanadi. Dostonda Oqulaning tug‘ilishi ham ilohiylikka bog‘lanadi.
Tortiq tulpor, zap tulpor,
Quyrug‘i soz, yoli soz,
O‘zi gijing, bo‘yni g‘oz,
Shundog‘am suluv jonivor…
Nayza ushlab, to‘p buzib,
Duv-duvga minar ot –shu ot.
Yov kelsa suron turg‘izib,
Shov-shuvga minar ot – shu ot.
Askar olib sakson lak,
Dovga minar ot – shu ot.
Lashkar olib to‘qson lak,
Yovga minar ot – shu ot.
Popukli nayza sanchgani,
Yakkama-yakka yanchgani,
Maydonga minar ot – shu ot.
Qo‘ltiqda qo‘shqanot bor,
G‘oyib tuqqan zot tulpor,
Qironga minar ot – shu ot!
Ot totemi oltoy eposlarida ham mavjud. «Ay kuchin» afsonasida saman ot va qulunning dafn etilishi shunday xususiyatga ega. Totemistik tushunchalar ifodalangan afsonalarni qozoq xalq og‘zaki ijodida ham ko‘plab uchratamiz.
Download 20.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling