10-mavzu: mustaqillik yillarida o‘zbekistondagi ma’naviy va madaniy taraqqiyot. Reja


Download 46.13 Kb.
bet2/4
Sana21.04.2023
Hajmi46.13 Kb.
#1368990
1   2   3   4
Bog'liq
10-MAVZU. MUSTAQILLIK YILLARIDA O‘ZBEKISTONDAGI MA’NAVIY VA MADANIY TARAQQIYOT.

Birinchi tashabbus yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san’atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirishga, iste’dodini yuzaga chiqarishga xizmat qiladi.
Ikkinchi tashabbus yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratishga yo‘naltirilgan.
Uchinchi tashabbus aholi va yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etishga qaratilgan.
To‘rtinchi tashabbus yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etishga yo‘naltirilgan.
Beshinchi tashabbus xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash masalalarini nazarda tutadi.
5 ta muhim tashabbus doirasida mamlakatimiz yoshlari o‘rtasida kitobxonlik an’anasini yanada jonlantirish, kitob mutolaasiga keng e’tibor qaratish bo‘yicha amalga oshirilayotgan sa’y-harakatlar diqqatga sazovordir. 2017-yil sentyabr oyida ta’lim muassasalarida “Men sevib o‘qigan kitob”, “Eng yaxshi kitobxon” tanlovlari tashkil etiladi. Buning uchun byudjetdan tashqari mablag‘lar, xayriya mablag‘lari hisobidan 160 mln. so‘m ajratildi. Har bir tuman markazlarida kitob do‘konlari ochildi va yangi asarlar bilan boyitildi.
Davlatimiz rahbari tomonidan 2017-yil 28-iyulda qabul qilingan “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirishning yangi bosqichga ko‘tarish to‘g‘risida”gi Qarori bilan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tashkil etildi. Ushbu markazning faoliyati bilan bog‘liq asosiy vazifalarda, xususan, milliy g‘oyani yurtimizda yashayotgan barcha millat va elatlar, ijtimoiy toifa vakillari orasida keng targ‘ib qilish, bunyodkorlik ruhini yalpi ijtimoiy xarakatga aylantirish, ertangi kunga ishonch tuyg‘ularini kuchaytirish bo‘yicha vazifalar belgilandi.



Download 46.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling