10-mavzu. O’SMİRLİk davrida psiXİk rivojlanish xususiyatlari reja


Download 64.59 Kb.
bet1/6
Sana25.01.2023
Hajmi64.59 Kb.
#1121573
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
10-ma\'ruza.Ilk o\'spirinlik davrida psixologiyasi.


10-mavzu.
O’SMİRLİK DAVRİDA PSİXİK RİVOJLANİSH XUSUSİYATLARİ
REJA:
1.O’smirlik davrdagi psixik rivojlanishning umumiy tavsifi.
2.O’smirlik davri inqirozi va uning psixologik, psixofiziologik sabablari
3.o’smirlik davrida intellektual va emocional xususiyatlari.
4.O’smirlik davrida o’z-o’ziga baho berish tizimining rivojlanish xususiyatlari.
5. O’smirlik davrida xarakter aksentuaciyasi muammosi.


1. O’smirlik insonni balog’atga etish davri bo’lib, o’ziga xos xususiyati bilan kamolotning boshqa pog’onalaridan keskin farq qiladi. O’smirda ro’y beradigan biologik o’zgarishlar natijasida uning psixik dunyosida tub burilish nuqtasi vujudga keladi. Balog’at davriga 11-15 yoshli qizlar va o’g’il bolalar kiradilar. Kamolotning mazkur pallasida jismoniy o’sish va jinsiy etilish amalga oshadi.
O’smirlik yoshida qizlar va o’g’il bolalarning jismoniy qiyofasida muxim o’zgarishlar ro’y beradi. Bu davrning boshlanishida qizlar o’g’il bolalarga nisbatan tezroq o’sib ulg’ayadilar. Bu narsa qiz bolalarnig ertaroq jinsiy balog’atga etishiga bog’liqdir. O’smirlik davrida o’g’il blolalarning bo’yi 25-30sm, qiz bolalrning bo’yi 18-20 sm o’sadi. Bu davrda tananing intensiv o’sishi yuzaga keladi. Malumki, bo’yiga o’sish, naysimon suyaklar va umurtqa pog’onasining uzayishi xisobiga ro’y beradi. Bu davrda naysimon suyaklarning oxirgi tayanch qismlari xayoli etarli darajada suyaklashmagan, yumshoq bo’ladi. Bu xususiyatlarni nazarda tutish, o’smirning sportning murakkab og’ir turlari bilan shug’ullanishiga yo’l qo’ymaslik kerak. Aks xolda bolaning umurtqa pog’onasi qiyshayib, bo’yi o’smay qolishi mumkin. O’smirlik yoshining ikkinchi davrida yuz suyaklari, ayniqsa uning umurtqa qismi (burun, yuqori jag’, yonoq) juda tez shakllana boshlaydi. Yuz keyinchalik qariyib o’zgarmaydigan muayyan shaklga kiradi. Og’iz bo’shlig’i va xalqum o’zgaradi, bo’g’izda ham o’zgarish ro’y beradi: ovoz paylari uzayadi va kuchayadi. Natijada o’smirlarning, ayniqsa o’g’il bolalarning ovozi yo’g’on va past bo’lib qoladi. «Ovozning buzilishi» yosh bolalarga xos o’tkir, ovozning nisbatan past, kattalarga xos ovoz bilan almashinuvidir.Biroq bu ovozlar orasiga xali bolaning o’tkir ovozi qo’shilib ham turadi. Kattalar xazil bilan o’smirlar ovozini «xo’roz ovozi» deb ataydilar. Ovozning o’zgarishi o’smirning o’zini taajubga soladi. qizlarning ovozi keskin o’zgarmaydi. Shunday bo’lsa-da qizlarga xos o’tkir, jaranglagan ovoz asta-sekin qizlarning mayin, tekis va nozik, salgina pasaygan ovoziga o’z o’rnini beradi.
O’smirlik yoshida muskul sistemasining o’sishi ham o’ziga xos xususiyatlarga ega. Muskullar tez o’sib, mustaxkamlanib boradi. Oyoq va qo’l suyaklarining o’sishidan orqada qoladi. O’smirlarning muskullari xali ingichka, nisbatan kuchsizdir. Natijada o’smir gavdasi nomutanosib, xarakatlari, yurishi notekis, beso’naqay bo’ladi. Oyoq tovonlari tez o’sadi. Oyoqlar uzun, muskullar nozik bo’lganidan o’smir yurishidagi beso’naqay bo’ladi. Oyoq tovonlaori tez o’sadi. Oyoqlari uzun, muskullari nozik bo’lganidan o’smir yurishidagi beso’naqaylik ko’zga tashlanib turadi. O’smirlarda o’z muskullarini o’stirishga zo’r ishtiyoq tug’iladi. Ular og’ir narsalarni ko’taradilar. Muskullarini o’stiradigan mashqlar bilan shug’ullanadilar. O’smirlik davrida nafas olish organlari jadal rivojlanadi. O’pkaning tiriklik sig’imi quyidagicha bo’ladi.
O’g’il bolalarda 11 yoshda 1900-2000 ml; 15 yoshda 2600-2700ml shuning uchun nafas olish xar daqiqada 2 marta kamayadi. O’g’il bolalar qorin bilan, qizlar esa ko’krak bilan nafas ola boshlaydilar.
Kislarodga ochlik o’smirning psixik faoliyatiga tasir etib, miya muskul sistemasidan farqli ravishda kislaroddan bir necha marta ko’p istemol qiladi. Ana shuning uchun xam yaxshilab shamollatilmagan va ko’p o’quvchi o’qiydigan sinflarda o’smirlar tez charchaydilar va ish qobiliyatlar tez susayadi. Natijada bola darsga quloq solib o’tirmasligi, intizomga rioya qilmasligi mumkin.
O’smirlarning yurakning xajmi va tiriklik sig’imi xar yili 25% kattalashib boradi.
Mazkur davrda tananing umumiy xajmidan 7-8%ni qon tashkil qiladi. qon bosimi birmuncha oshadi, simob ustunining 110-115 mm darajasida bo’ladi. Yurak qisqarishining chastotasi bir qadar sekinlashadi. Masalan, 11 yoshda daqiqada 85-90 marta urgan bo’lsa, 14-15 yoshlarda 70 martagacha pasayadi.
2. O’smirlikning jismoniy jixatdan o’sishida jinsiy balog’atga etish katta rol o’ynaydi. Jinsiy etilishning boshlanishi ko’p jixatdan iqlimga va milliy-etnografik omillarga va shu bilan birga individual xayot xususiyatlariga sog’ligiga, boshdan kechirgan kasalliklar, ovqatlanishga, mexnat va dam olish rejimiga, tevarak-atrofdagi sharoitga va boshqalarga) bog’liqdir. Jinsiy etilishning boshlanishi davri o’g’il bolalarda 12-13 yoshga, qiz bolalarda 11-12 yoshga to’g’ri keladi. Ko’pchilik o’g’il bolalar xozirgi vaqtda jinsiy jixatdan 15-16 yoshda, qiz bolalar esa, 13-14 yoshda etilyapdilar. Natijada boshqa jinsga qiziqish ortadi, orzu, xoxish,nozik tuyg’u sog’inish, iztirob kabi kechinmalar paydo bo’ladi.
O’smirlar jinsiy, etilish sirlarining 17%ni ota-onadan, 9%ni o’qituvchilardan, 4%ni maktab vrachidan va qolgan yashirin jixatlari, xolatlari to’g’risidagi malumotlarni ko’cha kuydan, o’rtoqlari va dugonalaridan eshitib bilib oladilar.

Download 64.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling