Ma’lum ijtimoiy guruh doirasidagina ishlatiladigan so‘zlarga sotsial chegaralangan so‘zlar deyiladi. Masalan, «otarchi»lar doirasida qo‘llaniladigan so‘zlar: yakan «pul», danap «qiz bola»; temiryo‘l kuzatuvchilari doirasida qo‘llaniladigan so‘zlar: qaychi «taftishchi», kolxoz «chiрtasiz yo‘lovchi».
Bunday so‘zlar argolar deb yuritiladi.
Ayrim argolar umumtil leksikasidan olinadi. Bunday vaqtda bu so‘zlar umumtildagiga nisbatan boshqa ma’noda qo‘llaniladi. Masalan, kolxoz umumtil leksikasida eskirgan bo‘lib, jamoa xo‘jaligini ifodalagan bo‘lsa, temiryo‘l kuzatuvchilari tilida boshqa ma’noni ifodalaydi.
Shuningdek, ayrim tabaqa vakillari tilida faol ishlatiladigan leksemalar ham uchrab turadi, so`zni buzib ishlatishga odatlangan holda yuzaga keladi va bular jargonlar deyiladi. Masalan, olampanoh, volidayi muhtarama, padari buzrukvor, manzirat qilmoq, uxlatdim, mixladim, krutoy, sessiyani yopdim va hokazo.
VARVARIZM – nutqda boshqa til unsurlaridan foydalanish: okey, karochche, davno, gde…
VULGARIZM – nutqda haqoratli so`zlarni ishlatish: oqpadar, padarla’nat, haromi…
ESLATMA. Shevaga oid so`zlar rasmiy va publitsistik uslubda qo`llanmaydi.
Badiiy uslubda:
Qahramonning muayyan hududga mansubligini ta’kidlash;
Mahalliy koloritni yaratish;
Hayotning realistik tasvirini chizishga yordam beradi.
BERILGAN GAPLARDA SHEVAGA XOS SO`ZLARNING QO`LLANISHIGA E’TIBOR BERING:
1. Shashma-shashma, qo‘rquvdirgan jeri jo‘q, qani, munday uzat-chi... (Murod Mansur) 2. Ur-re, chopdik, opoqbuvimlarga. Ayamam keluttilar! – dedi Yodgor. (Murod Mansur) 3. Keyin kulib hamda g‘ijinib davom etdi: – Shundoq ketivossam, ro‘paramdan ikkita davangi
Do'stlaringiz bilan baham: |