Fаnning prеdmеti - ommaviy axborot vositalari orqali uzatiladigan barcha axborotga tanqidiy qarash, ularga xolis yondoshish va har bir uzatilayotgan axborotni saralashda ongli ravishda yondashishni o’rgatishdan iborat.
Fаnning mаqsаdi vа vаzifаlаri. maqsadi vаzifаsi - har bir medianing ustuvorliklari va kamchiliklarini tushungan holda ular tomonidan tarqatilayotgan axborotni saralay bilish va zarurini qabul qilish ko‘nikmalarini shakllantirish bo‘lsa
- insonlar tomonidan iste’mol qilinadigan har qanday axborotning manipulyativ kuchini anglagan holda undan chegaralanishdir.
Axborot va manipulyatsiya - OAV orqali tarqatilayotgan axborotning manipulyativ ta’siri kuchliligini bugun hech kim inkor etmaydi. Tarixga nazar tashlaydigan bo‘lsak, OAV orqali tarqatilayotgan xabarning haqqoniyligiga ishonish ilk gazetalar paydo bo‘lishi bilan yuzaga kelganligini ko‘rish mumkin. 1874 yilning 9 noyabr kuni New York Herald gazetasida reportyor T.B.Konneri tomonidan Sentral Park hayvonot bog‘ida yirtqichlar chiqib ketib, “ikki yuzga yaqin odam jarohatlangan, toptalgan bo‘lib, oltmish nafari og‘ir ahvolda. Ulardan uchtasi ertalabgacha yetib bormasligi mumkin. O‘n ikkita yirtqich hayvon hamon erkinlikda. Ular qaerga yaqinlashganligi hozircha noma’lum” deya yolg‘on xabar bosib chiqarilib, uning oxirida gazeta mushtariylari xavotirga tushmasliklari, bularning barchasi uydirma ekanligi yozilgan edi. Ammo ko‘pchilik xabarning aynan shu joyigacha yetib kelmay, yashirinishga, ba’zilar esa qo‘lga qurol olib yirtqichlarni o‘ldirish uchun hattoki ko‘chaga chiqishgan.
Ахbоrоt оlish vа fоydаlаnish mеtоdlаri - Мутахассислар маълумотига кўра, интернет орқали тарқатиладиган ахборотнинг 49 фоизи сезиларли даражада зўравонлик ва ёвузликнинг, 57 фоизи ахлоқсизликнинг бевосита ва билвосита тарғиботига хизмат қилади. 25 фоиз ахборот эса ёлғон, тўқима, 31 фоиз маълумот ҳақиқатга тўла мос эмас. Бу ҳолат ёшлар онгу шуурига кучли таъсир этувчи ёт, бузғунчи ғоялар, миллий менталитетимизга зид, зарарли одат ва кўникмалар, текширилмаган ахборотга ҳам бирдек тааллуқлидир.
- ахборот хавфсизлигига нисбатан таҳдидларнинг асосий таъсир воситалари сифатида қўлланаётган турли ташвиқот акциялари, мафкуравий тазйиқлар, маданий экспансиялар, дискредитация, дезинформация, туҳмат, эътиборни асосий масалалардан чалғитиш, фактларни манфаат учун бузиб талқин қилиш каби руҳий-информацион таъсирларни ҳам эътибордан четда қолдирмаслик зарур
Хоrijiy mаmlаkаtlаrda
mеdiа ta’lim
1970 yilda Finlyandiyaning boshlang'ich o'quv dasturiga,
1977 yilda esa o'rta maktablarga kiritildi.
Media ta'limi majburiy fan sifatida Shvetsiya
1980 yildan beri Daniya 1970 yildan beri o’qitilib kelinadi.
1990-yillarda Rossiyada mediata’lim bo‘yicha tadqiqot ishlari
olib borilgan. 2002-yilda pedagogika oliy ta’lim muassasalari
uchun mediata’lim ixtisosligi bo‘yicha yo‘nalish ochildi.
Bugungi kunda mediasavodxonlik Buyuk Britaniya va Avstraliyada
gumanitar fanlar majmuasida alohida fan sifatida o‘tilsa.
YUNESKO tashkilotining 1982-yil Germaniyaning
Gryunvald shahrida, 1997-yil Parijda, 2002-yil Ispaniyaning
Sevilya shahrida o‘tkazilgan konferensiyalari rezolyutsiya
va tavsiyalarida mediata’lim masalalariga alohida to‘xtalib o‘tilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |