10-mavzu. O‘zbekiston Respublikasida ta’lim sohasida amalga oshirilgan o`zgarishlar Maqsad
Download 240.45 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liq10-seminar mashg\'ulot. (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Material va jihozlar
- II. O‘tilgan mavzuni takrorlash
10-mavzu. O‘zbekiston Respublikasida ta’lim sohasida amalga oshirilgan o`zgarishlar Maqsad: Talabalarda mavzu bo‘yicha teran tushunchalar hosil qilish. Kutilayotgan natija: Talabalar o‘tilayotgan mashg‘ulot mavzusini chuqur bilib olishlari, mavzu doirasida mustaqil fikr-mulohazalarini bayon eta olishlariga erishish. Material va jihozlar: Topshiriqli kartochkalar, “So‘zli tasavvurlar” texnologiyasi asosidagi kartochkalar, mavzuga oid manba va adabiyotlar ko‘rgazmasi, rasmlar, doska, bo‘r. I. Tashkiliy qism: Salomlashish. Auditoriya tozaligiga e’tibor berish. Talabalarni mashg‘ulotga jalb qilish. “Jahon hafta ichida” yoki “O‘zbekiston hafta ichida” ruknida xalqaro ahvol haqida qisqa axborot berish. Talabalarning yurtimizda ro‘y berayotgan voqea-o‘zgarishlar haqida axborotlarini tinglash. II. O‘tilgan mavzuni takrorlash: O‘tilgan mavzuni qisqa takrorlash, mavzu bo‘yicha savol va topshiriqlar orqali talabalarning og‘zaki javoblarini tinglash shaklida o‘tkaziladi. III. Yangi mavzu rejasi: 1. Mustaqillik yillarida ilm-fanning rivojlanishi. Yangi jamiyat qurishda ta’lim va tarbiyaning o‘rni va roli. “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun va “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”ning qabul qilinishi. Ta’limning milliy modelini shakllanishi, rivojlanishi va sohadagi muammolar. 2. O‘zbekistonda kadrlar tayyorlash sohasidagi o‘zgarishlar. O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi yangi tahrirdagi qonuni. 3. Ta’lim sohasida xalqaro hamkorlikning yo‘lga qo‘yilishi: yutuqlar va kamchiliklar. Tayanch iboralar: Mustaqillik, rivojlanish, qonun, “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun, “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”, xalqaro hamkorlik. 1. O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, Sobiq Ittifoq davridan qolgan o‘qitish va ta’lim berish uslubini o‘zgartirishga katta e’tibor berildi. Vatanimiz kelajagini yaratuvchi, uning gullab-yashnashiga hissa qo‘shadigan kadrlarga ehtiyoj sezildi. Avvalo, nutqda ta’lim mazmuni, «eski sho‘rolar zamonidan qolgan ta’lim-tarbiya tizimiga xos mafkuraviy qarashlardan va sarqitlardan butunlay xalos bo‘lmagan»ligi, ayniqsa, ijtimoiy gumanitar yo‘nalishdagi fanlar, estetik yo‘nalish predmetlarini o‘qitish, tarbiyaviy-mafkuraviy faoliyat mazmuni va uning dolzarb muammo ekanligi ta’kidlandi. 1992 yilgi «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonun o‘z vaqtida muhim bo‘lgan bo‘lsada, omma ta’lim tizimini isloh qilishning amaliy chora-tadbirlarini, ta’lim-tarbiya va o‘quv jarayonlarining tarkibini, bosqichlarini, bir-biri bilan uzviy bog‘lash, ya’ni uzluksizlikni ta’minlash muammolarini yecha olmadi. O‘quv rejalarida yoshlar ahloq va odob, ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy bilimlar asoslarini o‘rgatadigan fanlarga, xorijiy tillarni o‘rganishga yetarli o‘rin berilmadi. Bu boradagi kamchiliklarni to‘ldirib, to‘g‘rilash maqsadida ta’lim tizimida o‘zgarishlar kiritish kun tartibiga qo‘yildi va bunga harakat boshlandi. qolaversa, unda 1997 yil O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi IX sessiyasida qabul qilingan «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ning ilk chizmalarini ko‘rish mumkin edi. Ta’lim tizimida Oliy ta’limda fanlar asosida o‘qishga qabul qilish ham adolatli tartibda kechishini ta’minlash uchun test tizimiga o‘tildi. 1993 yilda Oliy ta’lim tizimidagi islohotlarga keng e’tibor berildi. Bu masala O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida alohida yig‘inda taxlil etildi. Oliy o‘quv yurtlarining ahvoli va ularni ishlab chiqarish korxonalari bilan munosabatlari takomillashtirish maqsadida test tizimiga o‘tish zarurligi kun tartibiga qo‘yildi. 1997 yil 29 avgustda respublika Oliy Majlisining IX sessiyasida I.A. Karimovning «Barkamol avlod - O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori» ma’ruzasi asosida yangi tahrirda «Ta’lim to‘g‘risida» qonun va «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» qabul qilindi. Bu hujjatlar asosida O‘zbekistonda 9 yillik umum ta’limdan so‘ng, 3 yillik akademik litsey yoki kasb-xunar kollejlarida ixtiyoriy-majburiy ta’lim joriy etildi. Ta’lim islohotlari bosqichma-bosqich amalga oshirildi: 1 bosqich - 1997-2000 yillarni ichiga olib, unda ta’limning huquqiy-me’yoriy, ilmiy-metodik, moddiy shart-sharoitlari yaratilmoqda. Hozirgi kunga kelib o‘zluksiz ta’limning tamomila yangi huquqiy-me’yoriy negizi yaratildi, islohotlarning samaradorligini aniqlash maqsadida monitoring tizimi joriy qilindi, davlat ta’lim standartlari ishlab chiqildi, dastur va darsliklarning yangi avlodi ishlab chiqilmoqda, pedagogik kadrlarni, ta’lim muassasalarni atstatsiya va akkreditatsiyadan o‘tkazish asoslari ishlab chiqildi va h.k . 2 bosqichda - 2001-2005 yillarda milliy dasturni to‘liq amalga oshirish ko‘zda tutilmoqda. 3 bosqichda - 2005 yilda undan keyingi yillarda to‘plangan tajribalar asosida ta’lim tizimini yanada takomillashtirish va rivojlantirish ko‘zda tutilgan edi. Yosh avlodni tarbiyalash masalasi ustivor yo‘nalish sifatida davlat siyosati darajasiga ko‘tarilib, davlatimiz ichki iqtisodiy imkoniyatlardan kelib chiqqan holda uni dastavval moddiy jihatdan qo‘llab quvvatlash maqsadida tadbirlar ishlab chiqildi. Keyingi yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining yetmishga yaqin farmon, qaror va farmoyishi qabul qilindi. Bu tom ma’noda ta’lim tizimidagi o‘zgarish va yangilanishlar jarayonini boshlab berdi. Umumta’lim maktablariga 2017 yilda 10-sinfga o‘quvchilar qabul qilish qayta yo‘lga qo‘yildi. Bu akademik litsey va kasb-hunar kollejlariga qabul jarayoni bilan barobar olib borildi. Bunda ota- onalar va o‘quvchilarning xohish-istaklari inobatga olindi. 2. 2020 yil 23 sentabr kuni “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun yangi tahrirda qabul qilindi. Qonundagi eng muhim o‘zgarishlar quyidagilardir: - Qonunga ta’lim va tarbiyaga milliy hamda umuminsoniy qadriyatlarning singdirilganligi prinsipi kiritildi. - 11 yillik ta’limning hamda 6 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarni bir yil davomida umumiy o‘rta ta’limga tayyorlashning majburiyligi o‘rnatildi; - Nodavlat ta’lim tashkilotlari tomonidan umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’limning amalga oshirilishi mumkinligi mustahkamlandi; Ta’lim olishning quyidagi shakllari belgilandi: - ishlab chiqarishdan ajralgan holda ta’lim olish (kunduzgi); - ishlab chiqarishdan ajralmagan holda ta’lim olish (sirtqi, kechki, masofaviy, dual); - oilada ta’lim olish va mustaqil ta’lim olish; - katta yoshdagilarni o‘qitish va ularga ta’lim berish; - mudofaa, xavfsizlik va huquqni muhofaza qilish faoliyati sohasida kadrlar tayyorlash; Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim tashkilotlarining sinflarida ta’lim oluvchilar soni 35 nafardan oshmasligi belgilandi; Bakalavriat yo‘nalishida ta’lim olish davomiyligi kamida 3 yil, magistraturada esa kamida 1 yil etib belgilandi; Oilada ta’lim olgan va mustaqil ta’lim olgan shaxslarga davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi ta’lim to‘g‘risidagi hujjat berilishi mumkinligi belgilandi; Mahalliy davlat hokimiyati organlarining ta’lim sifati va darajasiga, shuningdek, pedagog xodimlarning kasb faoliyatiga bo‘lgan davlat talablariga rioya etilishiga doir vakolatlari bekor qilindi; Ta’lim tashkilotlarida siyosiy partiyalarning tashkiliy tuzilmalarini tashkil etish taqiqlandi; Chet davlatlari va O‘zbekiston oliy ta’lim tashkilotlari o‘rtasida tuzilgan shartnoma asosida ularning bitiruvchilariga ikki tomonlama diplom (Double Diploma) berilishi mumkinligi belgilandi. 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasida ko‘zda tutilgan zamonaviy talablar va ilg‘or xorijiy tajribalarni tatbiq qilish asosida yuqori malakali mutaxassislar, pedagog va ilmiy kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirishga yo‘naltirilgan vazifalar ijrosiga alohida e’tibor qaratildi. Yurtimizda oliy ta’lim sohasida kechayotgan tub o‘zgarishlar jarayoni ota-onalar, o‘qishga ishtiyoqi baland bo‘lgan yoshlar, keng ma’rifiy jamoatchilikning fikri, taklif va mulohazalari asosida amalga oshirilayotgani e’tiborga molikdir. Jumladan, kunduzgi ta’lim bilan birgalikda kechki, sirtqi o‘qitish shakllarining qaytadan joriy etilgani, yangi-yangi oliy o‘quv dargohlarining tashkil etilayotgani, oliy ta’limda yoshlar qamrovining tobora kengayib borayotgani bu yo‘nalishdagi ezgu tashabbuslarning hayotiy ifodasidir. Hozirgi kunda yurtimizda oliy ta’lim muassasalari va ularning filiallari jami 126 taga, xorijiy oliy ta’lim muassasalarining filiallari 24 taga yetdi. Bu ko‘rsatkich 2016/2017 o‘quv yilida 77 tani, 2017/2018 o‘quv yilida esa 86 tani tashkil etgan. Yurtimiz iqtisodiyoti tarmoqlari va sohalarining ehtiyojlaridan kelib chiqib, yangi ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklar bo‘yicha oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlashga jiddiy e’tibor qaratilmoqda. 2019 yil holatida yurtimizda tahsil olayotgan talabalar soni 344790 nafarni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich 2016/2017 o‘quv yilida 264095 nafarni, 2017/2018 o‘quv yilida esa 279674 nafar edi. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017-yil 30-sentabrda «Maktabgacha ta’lim tizimini boshqarishni takomillashtirish to‘g‘risida»gi farmonni imzoladi. Unga ko‘ra, Maktabgacha ta’lim vazirligi tashkil etildi. Yangi vazirlik tizimiga Qoraqalpog‘iston maktabgacha ta’lim vazirligi, Toshkent shahri maktabgacha ta’lim bosh boshqarmasi, viloyatlarning maktabgacha ta’lim boshqarmalari va ularning shahar va tumanlardagi bo‘limlari kiradi. 2018 yil davomida maktabgacha ta’lim muassasalarini oliy ma’lumotli kadrlar bilan ta’minlash maqsadida 14 tayanch oliy ta’lim muassasasida kasbiy qayta tayyorlash kurslari faoliyati tashkil etilib, bugungi kunga qadar 15110 nafar tinglovchi bu kurslarni muvaffaqiyatli yakunladi va maktabgacha ta’lim muassasalariga ishga yuborildi. Ayniqsa “Defektolog (logoped)”, “Amaliy psixolog”, “Maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyachisi” kabi ixtisosliklar bo‘yicha tahsil olgan yoshlar joylarda muvaffaqiyatli ishga joylashdi. Bularning barchasi mamlakatimizda oliy ta’limni davr talabi, ijtimoiy-iqtisodiy soha talabidan kelib chiqqan holda isloh etish, yoshlarning oliy ta’limga bo‘lgan ehtiyojini qondirish, yurtimizni jadal ravnaq toptirish yuzasidan amalga oshirilayotgan ezgu ishlarning yorqin ifodasidir. 2018/2019 o‘quv yilidan boshlab 11 oliy ta’lim muassasasida xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda qo‘shma ta’lim dasturi asosida kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yildi. Hozirgi kunda qo‘shma ta’lim dasturi asosida jami 1130 nafar talaba tahsil olmoqda. 2017 yil fevralda Prezidentimizning ilmiy kadrlarni tayyorlashning ikki bosqichli tizimiga o‘tish to‘g‘risidagi Farmoni qabul qilindi va unga ko‘ra birinchi bosqich falsafa doktori (PhD), ikkinchi bosqich fan doktori (DsC) xalqaro talablarga muvofiq tayyorlana boshladi. Doktoranturaga qabul kvotasi ikki barobar oshdi. Dissertatsiyani ko‘rib chiqish tartibi soddalashtirildi. Ilmiy ishlar himoyasi 2017 yilda 2016 yil bilan solishtirganda 2 martaga va 2018 yilning yarim yil natijalari bo‘yicha 2,5 marta ko‘paydi. Oliy ta’lim muassasalarining ilmiy salohiyati o‘tgan yillarga nisbatan sezilarli darajada ortdi. Shu bilan birga tizimdagi rahbar va pedagog kadrlarning malakasini oshirishga jiddiy e’tibor qaratilmoqda. Mustaqillik yillarida oliy ta’lim tizimida olib borilgan izchil islohotlar natijasida mamlakatimizda bir qator chet el universitetlarining filiallari ochildi. Jumladan, Buyuk Britaniyaning Xalqaro Vestminster universiteti, Toshkent shahrida M.V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti, I.M. Gubkin nomidagi Rossiya neft va gaz davlat universiteti, Singapur menejmentni rivojlantirish instituti, Italiyaning Turin politexnika universiteti filiallari ish boshladi. Shuningdek, Toshkentda G.V. Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot akademiyasi va Janubiy Koreyaning Inha universitetifiliallari ham o‘zbek yoshlariga o‘z ta’lim sirlarini o‘rgatmoqdalar. Xulosa shuki, mustaqillik yillarida O‘zbekistonda ilm-fanni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi. “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun va “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” qabul qilindi. Sohada o‘zgarishlar yuz berdi. 2020 yil 23 sentabrda O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi yangi tahrirdagi qonunning qabul qilinishi tizim faoliyatini yangi bosqichga olib chiqdi. O‘zbekistonda ta’lim sohasida xalqaro hamkorlikning yo‘lga qo‘yilishi natijasida dunyoning nufuzli universitetlarining filiallari ochildi va iqtidorli talabalarning o‘qish imkoniyatlari kengaydi. Download 240.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling