10-mavzu. O‘zbekiston Respublikasida ta’lim sohasida amalga oshirilgan o`zgarishlar Maqsad


IV. Seminar mavzusi ustida ishlash


Download 240.45 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/2
Sana15.11.2023
Hajmi240.45 Kb.
#1777252
1   2
Bog'liq
10-seminar mashg\'ulot. (1)

IV. Seminar mavzusi ustida ishlash: Bu vazifa talabalarning matn ustida ishlash orqali 
bajariladi.
V. Guruhlarda ishlash.
Talabalar uch guruhga bo‘linadi. Ularni qo‘llanma, adabiyotlar, matn bo‘yicha ishlari 
quyidagicha topshiriqlarni bajarish bilan mustahkamlanadi. 
1 – guruhga topshiriq: 
O‘zbekistonda kadrlar tayyorlash sohasidagi o‘zgarishlarni nimalarda ko‘rasiz? 
2 – guruhga topshiriq: 
Oliy ta’lim sohasidagi o‘zgarishlarni gapirib bering? 
3 – guruhga topshiriq: 
Ta’lim sohasida xalqaro hamkorlikning yo‘lga qo‘yilishi: yutuqlar va kamchiliklar haqida 
fikrlaringizni bildiring. 
Mavzu yuzasidan savollar: 
1. 1992 yil 2 iyulda...? 
2. 1997 yil 29 avgustda...? 
3. O‘zbekistondagi 8 ta pedagogika institutlari qachondan universitetlarga aylantirilgan? 
4. O‘zbekistonda qachondan boshlab magistrlar tayyorlana boshladi? 
5. O‘zbekistonda maktabgacha ta’lim vazirligi qachon tashkil etildi? 
6. 2017 yil fevralda Prezidentimizning ilmiy kadrlarni tayyorlashning ikki bosqichli tizimiga 
o‘tish to‘g‘risidagi Farmoni qabul qilindi va unga ko‘ra.....? Mamlakatimizda qaysi chet el 
universitetlarining filiallari ochilgan? 
7. 2020 yil 23 sentabr kuni.....? 
8. Yangi tahrirda qabul qilingan “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunga binoan bakalavriat yo‘nalishida 
ta’lim olish davomiyligi kamida necha yil hamda magistraturada esa kamida necha yil etib belgilandi? 
VI. Qo‘llaniladigan ta’lim texnologiyasi: 
“So‘zli tasavvurlar” texnologiyasi. Yangi mavzuni mustahkamlash maqsadida o‘tkaziladi.
O‘rganilayotgan mavzu bilan bog‘liq bo‘lgan eng asosiy so‘z yoki jumlani oling. 
Ishtirokchilardan ular bu so‘zni eshitganlarida hayollariga keladigan boshqa tushunchalarni
ma’lumotlarni tez olishi va aytib berishi kerak. 
Masalan, 


1. Maktab (Maktab – o‘qish joyi degan ma’noni anglatadi. O‘zbekistonda bolalar 7 yoshga 
to‘ladigan yilda maktabga borishadi, umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘qish muddati 11 yilni tashkil 
etadi......) 
2. 9 yillik ta’lim
3. Maktabgacha ta’lim
4. Bakalavriat
5. Magistratura 
6. Falsafa doktori (PhD) 
7. Fan doktori (DsC)
VI. Mashg‘ulotni yakunlash: 
O‘qituvchi seminar mashg‘ulotini yakunlaydi, mavzu bo‘yicha xulosalar chiqaradi, munozara 
ishtirokchilarini va darsda faol ishtirok etgan talabalar baholanadi.
VII. Kelgusi mashg‘ulot mavzusiga tayyorlanish: 
Kelgusi mashg‘ulot mavzu mazmuni bilan tanishib kelish vazifasi beriladi va adabiyotlar ro‘yxati 
aytib o‘tiladi. 

Download 240.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling