10-Mavzu: O’zbyekistonning ryespublika, mintaqa va mahalliy oshqaruv organlari o’rtasidagi vakolatlarni taqsimlash mexanizmi Reja


Respublika, mintaqaviy va mahalliy boshqaruv organlari o’rtasidagi o’zaro hamkorlik va aloqalarning samaradorligini oshirish yo’llari


Download 21.01 Kb.
bet3/4
Sana15.06.2023
Hajmi21.01 Kb.
#1486616
1   2   3   4
Bog'liq
10-mavzu (1)

3. Respublika, mintaqaviy va mahalliy boshqaruv organlari o’rtasidagi o’zaro hamkorlik va aloqalarning samaradorligini oshirish yo’llari
Davlatning vakolatlarni taqsimlash muammolarini hal qilish borasidagi faoliyati mahalliy boshqaruvni yanada rivojlantirish, iqtisodiy va ijtimoiy rivojlangan kuchli demokratik davlat qurishning zarur sharti sifatida mahalliy boshqaruvning samaradorligi, roli va maqomini oshirishga yo’naltirilgan davlat boshqaruvi sohasidagi yagona davlat siyosati doirasida amalga oshirilishi lozim.
Hozirgi vaqtda 64 ta litsenziya turi mavjud bo’lsa, shundan 21 tasi Vazirlar Mahkamasi va 40 tasi markaziy idoralar tomonidan beriladi. Bu litsenziyalarning uchtasi viloyat hokimliklari va faqatgina bittasi tuman hokimliklari vakolatiga tegishlidir. Xususan, ruxsat berishga oid 220 ta hujjatdan faqatgina 11 tasini tuman yoki shaharlarda olish mumkin. Qolgan 209 tasi uchun respublika va viloyat organlariga murojaat qilishga to’g’ri keladi. Masalan, Shovot tumanida xususiy bog’cha ochishga litsenziya olish uchun tadbirkor ming kilometr masofani bosib, Toshkentga kelib-ketishga, 3-4 oylab kutishga majbur bo’lmoqda1. Shuningdek, qurilish sohasida ruxsat berishga oid 17 ta tartib mavjud bo’lib, ularni olish uchun o’rtacha 246 kun sarflanadi, ushbu tartiblarni belgilash yuqori tashkilotlar tomonidan amalga oshirilib, mahalliy hokimliklar vakolatini chegaralab qo’ymoqda2. Bu esa o’z navbatida, respublika, mintaqaviy va mahalliy hokimiyat organlari o’rtasida vakolatlarni taqsimlash sohasidagi siyosatni qayta ko’rib chiqish zaruriyatini keltirib chiqaradi.
Boshqaruv aloqalarining asosiy turlari jumlasiga quyidagilar kiradi:

  • vakolatlarni taqsimlash;

  • vakolatlarni o’zaro o’tkazish (berish);

  • mahalliy hokimiyat organlariga ko’maklashish (davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash);

  • turli boshqaruv bo’g’inlari o’rtasidagi faoliyatni muvofiqlashtirish;

  • turli hokimiyat organlarining faoliyati ustidan davlat nazoratini o’rnatish.

O’zbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida belgilangan respublika, mintaqaviy va mahalliy organlarning o’zaro munosabatlari tamoyillarini umumlashtirib, mintaqaviy boshqaruv organlari yuqorida zikr etilgan maqsadlarga erishish tegishli imkoniyat berish zarur. Buning uchun, respublikamiz prezidenti ta’kidlaganidek, “mahalliy hokimiyat organlarining vakolat va mas’uliyatini qayta ko’rib chiqishimiz, ularning mustaqilligini yanada oshirishimiz lozim.
Hududlarni rivojlantirishga oid masalalarni hal etishda aksariyat hokimlarda mas’uliyatni o’z zimmasiga olib, mustaqil qaror qabul qilish va tashabbuskorlik yetishmayapti. Ma’lumki, 2018 yilda Toshkent shahrida ekspriment tariqasida davlat boshqaruvining yangi tartibi joriy etilib, shahar hokimi va tuman hokimlariga moliya, iqtisodiyot, investitsiya, qurilish, uy-joy va kommunal xizmat sohalari rahbarlarini tayinlash vakolati berildi. Natijada 30 dan ortiq komissiya va kengashlar tugatilib, ularning vakolatlari tegishli hududiy organlarga berildi.
Samarasiz ishlayotgan 12 ta davlat unitar korxonasi tugatildi. Davlat byudjetiga tushadigan mablag’larning bir qismini mahalliy byudjetlar ixtiyorida qoldirish tartibi o’rnatilgani tufayli Toshkentda soliq tushumi prognozga nisbatan 2 trillion so’mga ko’paydi. Davlat boshqaruvi sohasida ijobiy natija berayotgan ana shu eksprimentni endi boshqa hududlarda ham joriy etishimiz zarur”3.

Download 21.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling