10-Mavzu: O’zbyekistonning ryespublika, mintaqa va mahalliy oshqaruv organlari o’rtasidagi vakolatlarni taqsimlash mexanizmi Reja
Boshqaruv organlari o’rtasida vakolatlarni taqsimlash zaruriyati
Download 21.01 Kb.
|
10-mavzu (1)
2. Boshqaruv organlari o’rtasida vakolatlarni taqsimlash zaruriyati
Mahalliy boshqaruv organlariga davlat tomonidan kafolatlar berish hamda davlat hokimiyati va mintaqa boshqaruv organlari tomonidan mahalliy hokimiyat organlariga oid qonun hujjatlariga rioya qilinishi va mahalliy boshqaruv sohasida amalda bo’lgan me’yoriy-huquqiy hujjatlarning ijro etilishini ta’minlash respublika, mintaqa va mahalliy hokimiyat organlari o’rtasida vakolatlarni samarali taqsimlashning muhim shartidir. O’zbekistonda respublika mintaqaviy va mahalliy hokimiyat organlari o’rtasida vakolatlarni taqsimlashning quyidagi asosiy tamoyillariga asoslanadi: davlat, mintaqaviy va mahalliy siyosat maqsadlari, yo’nalishlari, vazifalari hamda vakolatlarini taqsimlash mexanizmlarining yagonaligi prinsipi; Respublika, mintaqa va mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda mahalliy boshqaruv organlari o’rtasida o’zaro hamkorlik va aloqa o’rnatish prinsipi; mahalliy boshqaruv organlarining vakolatlariga davlat hokimiyati yuqori organlarining aralashmasligi prinsipi va h.k. Respublika, mintaqaviy va mahalliy hokimiyat organlari o’rtasida vakolatlarni yanada aniq taqsimlash davlat hokimiyatining mazkur bo’g’inlarini boshqarish mexanizmining samaradorligini oshirish, har birining mustaqilligini kengaytirish imkonini beradi. O’zbekistonda respublika mahalliy xo’jalik amaliyoti jahon tajribasidan kelib chiqib, mahalliy hokimiyat organlari tomonidan konstitutsiyaviy vakolatlarni amalga oshirishning quyidagi samarali shakllarini qo’llashni nazarda tutadi: 1) mahalliy boshqaruv organlariga mahalliy ahamiyatga molik quyidagi masalalarni mustaqil hal qilishi uchun shart-sharoitlar yaratish: a) mahalliy mulkka, shu jumladan yerga egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish; b) mahalliy byudjetlarni shakllantirish, tasdiqlash va ijro etish, mahalliy soliqlar va yig’imlarni belgilash; v) jamoat tartibini saqlash bilan boqliq chora-tadbirlar majmuini amalga oshirish; fuqarolarning: turar joyga ega bo’lish; sog’lig’ini saqlash; tibbiy yordam olish; bilim olish huquqlarini ta’minlash uchun sharoitlar yaratish; soliq va byudjet islohotlari doirasida mahalliy o’zini-o’zi boshqarishning moliyaviy-iqtisodiy negizini shakllantirishni nihoyasiga yetkazish, avvalambor, quyidagilar hisobiga byudjet va soliqlarni tartibga solish tizimini takomillashtirish: a) davlat hokimiyati organlari va mahalliy o’zini-o’zi boshqarish organlarining o’zaro hamkorligi, shu jumladan mahalliy o’zini-o’zi boshqarish organlariga beriladigan alohida davlat vakolatlarining amalga oshirilishi va davlatning minimal ijtimoiy standartlarini belgilash prinsiplarini ishlab chiqish; b) mahalliy o’zini-o’zi boshqarish moliyaviy-iqtisodiy negizining muhim tarkibiy qismi – mahalliy mulkni faol shakllantirish; g) ko’chmas mulk bozorini rivojlantirish va aholi daromadlarini jalb etish hamda kichik va o’rta biznes vakillarining ishtirokini ta’minlaydigan investitsiya siyosatini amalga oshirish; respublika, mintaqaviy, mahalliy davlat hokimiyat organlari va mahalliy o’zini-o’zi boshqarish organlari o’rtasida vakolatlarni hamda tegishli moddiy va moliyaviy resurslarni taqsimlash; mahalliy boshqaruv va mahalliy o’zini-o’zi boshqaruv organlarining O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga rioya qilishlari ustidan samarali davlat nazorati tizimini shakllantirish; j) mintaqa, respublika va xalqaro miqyosda o’zaro hamkorlik uchun shart- sharoitlar yaratish; z) mahalliy boshqaruv organlarining faoliyatini davlat tomonidan ilmiy- uslubiy, tashkiliy-uslubiy va axborot bilan qo’llab-quvvatlash; i) mahalliy hokimiyat organlari va mahalliy o’zini-o’zi boshqarish organlarida ishlash uchun kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va kadrlarning malakasini oshirish samarali davlat tizimini tashkil etish. Download 21.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling