10-mavzu: Qattiq diskda fayllar va kataloglar


Download 83.43 Kb.
Sana15.01.2020
Hajmi83.43 Kb.

10-mavzu:Qattiq diskda fayllar va kataloglar

Reja

Fayl tushunchasi va fayl tiplari

Barcha dasturlar va berilganlar kompyuterda fayl ko’rinishida saqlanadi.

Fayl- bu axborotlarni saqlashga mo’ljallangan diskning nomlangan sohasi.

Fayl nomi. Fayl nomi nuqta bilan ajratilgan ikkita qismdan iborat bo’ladi: fayl nomi (255 belgigacha) va kengaytmasi.

Fayl tiplari

Bajariladigan fayllar exe, com, bat

Matnli fayllar txt, rtf, doc

Grafik fayllar bmp, gif, jpg, png, pds

Web-sahifalar htm, html

Tovush fayllari wav, mp3, midi, kar, ogg

Video fayllar avi, mpeg

Dasturlash tilidagi dastur kodi (matn) bas, pas, cpp

Arxivli fayllar arj, zip, rar

Fayl tizimi

Faylli tizim- bu operatsion tizimning qismi bo’lib, uning vazifasi foydalanuvchiga diskda saqlanayotgan berilganlar bilan ishlash uchun qulay interfeysni yaratish, va faylllardan bir nechta foydalanuvchilar va jarayonlarda birgalikda foydalanishini ta’minlashdan iborat.

Fayl tizimlari turlari

FAT (File Allocation Table – fayllarni joylashtirish jadvali) fayl tizimi.

FAT fayl tizimni (ko’pincha FAT 16 faraz qilinadi), katta qo’shimcha sarf xarajatlar bo’lgani uchun, 511 Mbaytdan o’lchamlari katta bo’lgan tomlar (disklar) uchun ishlatish tavsiya etilmaydi.

FAT32 fayllar tizimi.

Kirish-chiqish operasiyalarni barchasini tezligi va

unumdorligini oshirib, u qattiq disklarga optimal kirishini ta’minlaydi. Hajmi 2 Gbayt dan oshiq bo’lgan tomlarni ishlatish uchun mo’ljallangan fayl tizimning takomillashgan versiyasini FAT32 namoyon qiladi.

HPFS fayl tizimi.

HPFS ko’pmasalalik rеjimi fayl tizimi sifatida

yaratila boshladi va katta o’lchamli disklardagi fayllar bilan ishlashda yuqori unumdorlikni ta'minlash uchun mo’ljallangan.

HPFS fayl tizimi, FAT bilan taqqoslaganda quyidagi ustunliklarga egadir:

- yuqori unumdorlik;

- ishonchlilik;

- fayl va kataloglarga murojaatni moslanuvchi holda

boshqarish imkonini bеradigan kеngaytirilgan atributlarni qo’llash;

- disk makonidan samarali foydalanish.

NTFS fayl tizimi

NTFS ni loyihalashda alohida diqqatni ishonchlilikka, katalog va fayllarga murojaatni chеgaralash mеxanizmiga, kеngaytirilgan funktsionallikka , katta xajmdagi disklarni qo’llashga qaratildi.

Kataloglar va ularni boshqarish

Katalog -bu fayl nomlari, ularning xajmi, yozilishi vaqti haqidagi ma‘lumotlarni saqlovchi disketadagi maxsus joy .

Kataloglarni ikki guruhga bo’lishimiz mumkin:

1. Tizim kataloglari

2. Oddiy kataloglari

Tizim kataloglari (System Folder)-Windows OS tomonidan tashkil etilgan papkalardir.

Oddiy kataloglar esa o’zimiz yaratadigan kataloglardir.

Qattiq diskni defаragmentatsiya qilish

Defragmentasiya bu — qattiq disk(vinchester) qismlarini(razdel) mantiqiy strukturasini yaxshilash(optimizasiya) maqsadida bajariladigan prosess hisoblanadi. Bu prosess orqali vinchesterdagi fayllar mantiqiy tartiblanadi. Bu prosessni amalga oshirish natijasida, kompyuter ishlashini tezlashtirish va qattiq diskda sodir bo’ladigan xatolarni oldini olish mumkin.

Kompyuterda fayllar ma’lum bir bloklarga bo’linib, shu bloklar qattiq diskka yoziladi, o’qish jarayonida bu bloklar birlashtirilib o’qiladi, agar bu bloklar har xil joyda joylashgan bo’lsa, to’liq faylni yig’ish uchun, biroz vaqt kerak bo’ladi.

Kompyuterda fayllar ma’lum bir bloklarga bo’linib, shu bloklar qattiq diskka yoziladi, o’qish jarayonida bu bloklar birlashtirilib o’qiladi, agar bu bloklar har xil joyda joylashgan bo’lsa, to’liq faylni yig’ish uchun, biroz vaqt kerak bo’ladi.

Nima sababdan defragmentasiya qilish lozim?

  • 1. Vinchesterning ishlash vaqtini oshirish uchun, fayllar qancha tartibli joylashgan bo’lsa, ularni qidirishga ko’p harakat talab qilinmaydi, vinchesterga yuklama kamroq tushadi.
  • 2. Kompyuter ishlashini tezlashtiradi, kompyuter ishlashi asosan fayllarni kiritish va o’qishga asoslangan, tartibli fayllarni o’qish, tartibsiz fayllarni o’qishdan ancha tez.
  • 3. Vichesterda bo’sh joylarni oshiradi.
  • 4. Operasion tizim ishlashi yengillashadi.

Download 83.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling