10-Mavzu: qobiliyat reja


Download 40.04 Kb.
bet3/8
Sana21.04.2023
Hajmi40.04 Kb.
#1372723
TuriУчебник
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
10-Mavzu QOBILIYAT

Tabiiy qobiliyatlar odamlar va hayvonlar uchun xos bo‘lib, idrok qilish xotirada saqlash, oddiy muloqotga kirisha olish shular jumlasidandir. Biologik jihatdan asoslangan bu qobiliyatlar asosini shartli reflekslar hosil bo‘lish jarayoni tashkil etadi. Insondagi va yuksak darajada rivojlangan hayvonlardagi bu qobiliyatlar bir-biridan farq qiladi.
Maxsus insoniy qobiliyatlar ijtimoiy-tarixiy tabiatga ega bo‘lib, ijtimoiy hayot va taraqqiyotni ta’minlaydi. Maxsus insoniy qobiliyatlar o‘z navbatida umumiy va xususiy qobiliyatlarga bo‘linadi.
Umumiy qobiliyatlar insonning turli faoliyatlari muvaffaqiyatini ta’minlovchi aqliy qobiliyatlar xotira va nutqning rivojlanganligi, qo‘l harakatlarini aniqligi va boshqa xususiyatlardan iborat. Maxsus qobiliyatlar deb, inson yutuqlarini amalga oshirish uchun alohida turdagi iste’dod va uning rivoji zarur bo‘lgan maxsus faoliyat turlarida aniqlaydigan qobiliyatlar tushuniladi. Bunday qobiliyatlarga musiqa, matematika, lingvistik, texnikaviy, badiiy, adabiy, sportga bo‘lgan qobiliyatlarni kiritish mumkin.
Qobiliyatlar muammosini tadqiq qiluvchilarning ko‘pchiligining fikriga ko‘ra, umumiy va maxsus qobiliyatlar nizoga bormaydilar, ular o‘zaro bir-birini to‘ldirgan va boyitgan holda birgalikda mavjud bo‘ladilar. Bundan tashqari, ayrim holatlarda umumiy qobiliyatlar rivojlanganligining darajasi ma’lum faoliyat turlariga nisbatan maxsus qobiliyatlar sifatida namoyon bo‘lishi mumkin.
Inson umumiy qobiliyatlari sirasiga muloqotda, odamlar bilan o‘zaro aloqada ifodalanadigan qobiliyatlarni ham kiritish zarur. Bu qobiliyatlar ijtimoiy belgilangan bo‘lib, insonning jamiyatdagi hayoti jarayonida shakllanadilar. Xuddi shunday, nutqni muloqot vositasi sifatida o‘zlashtirmasdan, insonlar jamiyatiga moslashish malakasiga ega bo‘lmasdan turib, ya’ni, odamlar harakatini to‘g‘ri idrok qilish va baholash, ular bilan o‘zaro munosabatda bo‘lish va turli ijtimoiy vaziyatlarda yaxshi aloqalarni o‘rnatish, insonning normal hayoti va psixik rivojlanishining imkoniyati bo‘lmas edi.

Download 40.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling