10-Mavzu: Sharq psixologiyasida shaxs muammosi. Reja
Download 275.94 Kb. Pdf ko'rish
|
10-Semenar
10-Mavzu: Sharq psixologiyasida shaxs muammosi. Reja: 1.Sharq psixologiyasida shaxs muammosi. 2.Psixologik o`sish. 3.Psixologik rivojlanish:shaxs kamoloti bosqichlari. Tayanch so`zlar: shaxs, o`sish, rivojlanish, o`zlik, men, psixodinamik, ijtimoiy-dinamik , interaksion. SHarqda umuman boshqacha holat edi. Induizm va buddizmda shaxs inkor etilib, faqatgina «o‘zlik» e’tirozsiz tan olinadi. K. YUngning psixoanaliz nazariyasiga asosan «shaxs» tushunchasi odamning jamiyatdagi ijtimoiy roli bilan bog‘liq. Hayoti jarayonida u ijtimoiy talablarga mos ravishda o‘zini tutishni o‘rganadi. Har bir kasb uchun, masalan, jamiyat a’zosi taqib yuradigan ma’lum niqob xosdir. SHaxs xarakterni tashkil etuvchi bo‘lib hisoblanmaydi, lekin u bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, ichki «Men»ning himoyasi sifatida faoliyat yuritadi. Ko‘pgina tillarda mavjud bo‘lgan «o‘zlikni yo‘qotish» iborasi o‘zining egallab turgan o‘rnini va darajasini yo‘qotishni bildiradi. SHarq tillarida (xitoy, yapon) shaxs tushunchasi odamning yuzi bilan emas, balki butun tanasi bilan bog‘lanadi. Evropa an’analarida yuz tana bilan birgalikda o‘rganiladi, chunki inson chehrasi ruhining timsolidir, xitoyliklar tafakkurida esa «yashovchanlik» tushunchasiga individning ham ma’naviy, ham vujudiy sifatlari kiradi. SHu asosda, avval boshidan «shaxs» tushunchasiga ma’lum hayotiy rollarni ijro etganda o‘ziga xoslikka ega bo‘ladigan tashqi, yuzaki ijtimoiy obraz – qandaydir «shaxs», atrofdagilarga qaratilgan ijtimoiy yuz ifodasi kiritilgan edi. 19 asrning dastlabki o‘n yilliklarida shaxspsixologiyasi muammolari bilan faylasuflar bilan bir qatorda shifokor- psixiatrlar ham shug‘ullana boshladi. Ular birinchilar qatorida klinika sharoitlarida bemor shaxsi ustidan muntazam ravishda kuzatuvlar olib bordilar, uning xulq- atvorini yaxshiroq tushunish maqsadida bemor hayoti tarixini o‘rgandilar. Psixiatrlarning diqqat markazida bemor odamda odatda aniqlanadigan shaxs xususiyatlari bo‘ldi. Keyinchalik ular tomonidan aniqlangan o‘ziga xos xususiyatlar sog‘lom odamlarning deyarli barchasida mavjudligi, lekin ularda kuchsiz holatda, bemorlarda esa o‘ta kuchli tarzda ifodalanishi aniqlandi. Bu, masalan, xavotirlik va rigidlik, tormozlanganlik va qo‘zg‘alganlik holatlariga tegishlidir. SHaxsni aniqlovchi xislatlar shifokor-psixiatrlar tomonidan shunday atamalar bilan belgilangan ediki, ular yordamida ham normal, ham patologik, ham aksentuatsiyalangan shaxsga ta’rif berish mumkin edi. SHunga qaramasdan, ushbu yondashuvpsixologiya nuqtai nazaridan mukammal deb hisoblanmaydi. Bunday yondashuvlar normal shaxsni yaxlit holda ta’riflash uchun juda qisqa va etarli emas. Bunday aniqlash turiga turli sharoitlarda aniq ifodalanuvchi, doimo ijobiy, «mutanosib» bo‘lgan shaxs xususiyatlari kiritilmagan edi. Bularga misol qilib, layoqatlar, axloqiy sifatlar va boshqa shaxs xususiyatlarini keltirish mumkin. XX asrning dastlabki o‘n yilliklariga kelibgina, shaxs, ungacha inson holatlari va bilish jarayonlarini tadqiq etish bilan shug‘ullanayotgan psixologlar tomonidan o‘rganila boshladi. XX asrda psixologiyada tajriba tadqiqotlari jadal olib borilgani uchun, ularga farazlarni aniq tekshirish va asoslangan faktlarga ega bo‘lish maqsadida ma’lumotlarni matematik-statistika usulida hisoblash qo‘llanildi. SHu asosda, psixologlar uchun uzoq yillar davomida mutanosib shaxsni tadqiq etishning ishonchli va valid test metodlarini ishlab chiqish birinchi navbatdagi funksiya bo‘lib qoldi. SHaxsga tegishli bo‘lgan nazariyalar va konsepsiyalarni tasniflashga nisbatan yondashuvlarning turli xillari mavjud. Masalan, R.S.Nemov shaxsga doir nazariyalarning 48 tasini keltiradi, ularning har biri tasniflashga asos bo‘ladigan besh ko‘rsatkich bo‘yicha baholanishi mumkin. Bularga xulq-atvorni tushuntirib berish usuli; shaxs haqida ma’lumotlarga ega bo‘lish usuli; shaxsga burchak ostidan qarash; yosh darajalari; shaxsni tasvirlab eruvchi tushunchalar kabi ko‘rsatkichlar kiradi. Mavjud bo‘lgan shaxs nazariyalarining barchasini xulq- atvorni tushuntirib berish usuli bo‘yicha psixodinamik, ijtimoiy-dinamik va Download 275.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling