10-mavzu: Shaxsga yo’naltirilgan axborot: psixologik, mafkuraviy, diniy va madaniy tahdidlar Reja


Download 72.52 Kb.
bet10/26
Sana19.06.2023
Hajmi72.52 Kb.
#1603270
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   26
Bog'liq
Media savodxonlik 4-ma\'ruzama\'ruzamashg\'uloti

Globallashuv jarayoni shiddat bilan kechayotgan bugungi zamonda har qanday ommaviy axborot vositasining jahon axborot makonida o’z o’rniga ega bo’lishi, rivoj topishi ular oldida turgan eng asosiy vazifa hisoblanadi. Bunda nafaqat siyosiy, balki iqtisodiy tomondan ham mustaqil va mustahkam bo’lgan ommaviy axborot vositasigina o’z mavqeini saqlab qolishi mumkin. Bunday mukammal rivojlangan ommaviy axborot vositasi faqatgina bozor iqtisodiyoti sharoitida vujudga kelishi mumkinligini alohida ta’kidlab o’tish lozim.
Ommaviy axborot vositalari – jamiyatni demokratlashtirish va fuqarolar erkinligini ta’minlashning muhim shartidir. Demokratik islohotlarni hayotga tatbiq etish, yangicha dunyoqarashni shakllantirishda ommaviy axborot vositalarining o’rni va ahamiyati katta. O’zbekistonda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish jarayonida aholining, ayniqsa, o’sib kelayotgan yosh avlodning axborotga bo’lgan ehtiyojini to’liq qondirish, shu bilan birga, ularning ongi, dunyoqarashi va siyosiy madaniyatini yuksaltirish, fuqarolik pozitsiyasini mustahkamlashda ommaviy axborot vositalari muhim o’rin tutadi. Siyosiy hokimiyat va fuqarolar o’rtasidagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga solib, bog’lab turuvchi, ular orasidagi shaffoflikni ta’minlab beruvchi birdan-bir vosita ham-ommaviy axborot vositalaridar. Shu nuqtai nazardan olib qaralganda, O’zbekistonda mustaqillikning ilk davridan boshlab ommaviy axborot vositalarigato’rtinchi hokimiyat” darajasida e’tibor berilgani bejiz emas, albatta. Xususan, O’zbekistonda ommaviy axborot vositalarini erkinlashtirish bosqichma-bosqich, izchil, tizimli va tadrijiy tarzda amalga oshirilayotir. Mamlakatda OAV faoliyatini qo’llab-quvvatlash va uni rivojlantirish borasida mustahkam qonuniy asos shakllantirilgan. Bu esa umumiy e’tirof etilgan xalqaro me’yor va andozalarga mos bo’lib, axborot sohasini jadal, izchil va erkin rivojlantirish uchun shart-sharoit yaratadi.
OAV axborot-psixologik urushni olib borish vositasi sifatida. Afsuski, ayrim OAV bugungi kunda shunday vositaga aylanganlar. Ushbu urushda OAVning o`rni va rolini aniqlash uchun eng avvalo axboriy-psixologik urushni ma`nosini anglab olishimiz zarur. «Axborot urushi» so`zlarining asoschisi fizik-olim Tomas Ron hisoblanadi, 1976 yilda u axborotni harbiy kuchlarning eng zaif bo`g`ini deb ta`riflab, ushbu masalaga barcha davlat miqyosidagi mas`ul kishilarni e`tiborini qaratdi. Shundan beri mazkur so`zlarning ahamiyati kundan kunga kuchayib kelmoqda.

Download 72.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling