10-mavzu: Shaxsga yo’naltirilgan axborot: psixologik, mafkuraviy, diniy va madaniy tahdidlar Reja


G`arbning o`zida ham sog`lom ma’naviyatli odamlar allaqachon bunday illatarni qoralab kelgan


Download 72.52 Kb.
bet5/26
Sana19.06.2023
Hajmi72.52 Kb.
#1603270
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Bog'liq
Media savodxonlik 4-ma\'ruzama\'ruzamashg\'uloti

G`arbning o`zida ham sog`lom ma’naviyatli odamlar allaqachon bunday illatarni qoralab kelgan: Insonda u yoki bu sifatlarning shakllanishi uning ma’naviy qiyofasining qay darajada ekanligiga bog`liq. Bugun insoniyat tafakkuri taraqqiyotini kuzatsak, odamzod bir tamondan aql bovar qilmas ixtirolarni ijod etayotgan bo`lsa, ikkinchi tamondan odamzod hatto hayvondanda battar ahvolda, chirkin tabanliklar botqog`iga botgan, ba’zi kimsalar o`z nopok illatlari bilan faqat o`zinigina emas, o`zgalar hayotini ham zaharlamoqda, hatto kelajak avlod hayotini ham xarob etmoqda. Insoniyat ma’naviy tanazzul girdobiga uchragan. Xushsurat axloqning o`rnini badsifat xislatlar egallagan, olijanob maqsadli hayot tarzi bema’ni axloq va illatlar bilan bulg`angan, inson ma’naviyati tubanlikka yuz tutgan. Buyuk tabiatning mo`’jaz xilqati o`z aqlu tafakkuri bilan tabiatning barcha tirikligi orasida tengsizligi bo`laturib, shu aqlu tafakkurini o`z qo`li bilan xiralashtirib, o`zini ma’naviy tubanliklar girdobiga otmoqdaki, bu har qanday aqli raso kishini hayratlantirmay iloji yo`q. Masalan, ma’lumotlarga ko`ra, Buyuk Britaniyada mashhur qo`shiqchi Elton Jon bir xil jins vakillarining nikohdan o`tib, oila qurishini erkinlik na’munasi sifatida butun dunyoga ko`z – ko`z qilmoqda. Eng yomoni shundaki, bunday odamlarning yoshlar o`rtasida ming – minglab muxlislari bor va ularning bu kabi jirkanch ishlari ana shu yoshlar ongini zaharlamasdan qolmaydi albatta.
Hozirgi vaqtda axloqsizlikni madaniyat deb bilish va aksincha, asl ma’naviy qadriyatlarni mensimasdan, eskilik sarqiti deb qarash bilan bog‘liq holatlar bugungi taraqqiyotga, inson hayoti, oila muqaddasligi va yoshlar tarbiyasiga katta xavf solmoqda va ko‘pchilik butun jahonda bamisoli balo-qazodek tarqalib borayotgan bunday xurujlarga qarshi kurashish naqadar muhim ekanini anglab olmoqda. Bu haqda fikr yuritganda, bizning ulug‘ ajdodlarimiz o‘z davrida komil inson haqida butun bir axloqiy mezonlar majmuini, zamonaviy tilda aytganda, sharqona axloq kodeksini ishlab chiqqanliklarini eslash o‘rinli, deb bilaman. Ota-bobolarimizning ongu tafakkurida asrlar, ming yillar davomida shakllanib, sayqal topgan or-nomus, uyat va andishasharmu hayo, ibo va iffat kabi yuksak axloqiy tuyg‘u va tushunchalar bu kodeksning asosiy ma’no-mazmunini tashkil etadi, desak, o‘ylaymanki, xato qilmagan bo‘lamiz. Shu nuqtai nazardan qaraganda, uyat — o‘lim-dan qattiq, degan gaplar xalqimiz tilida o‘z-o‘zidan paydo bo‘lmagan, aksincha, bunday iboralar el-yurtimizga mansub ezgu va go‘zal axloqiy qadriyatlarning asl mazmunini ifoda etadi.

Download 72.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling