10-mavzu: tashqi xotira va ularning turlari. Raid massivlari. Reja
-rasm. RAID-massivlami tashkil qilishning bir necha xil variantlari
Download 425.16 Kb. Pdf ko'rish
|
10-mavzu
10.4-rasm. RAID-massivlami tashkil qilishning bir necha xil variantlari. Ma’lumotlar RAID-massivga ko‘chirib olinadi, so‘ngra esa ular bilan odatdagi yozish-o‘qish amallari bajariladi. RAID-massivlarda ma’lumotlarni taqsimlanishining turli xil variantlari 2.19-rasmda keltiril- gan. Ular 0, 1, 2, 3, 4 va 5-sath RAID-massivlari deb ataladi, ammo bu yerda sath so‘zi o‘rniga, variant so‘zini ishlatish to‘g‘riroq bo‘lar ekan. Flesh xotiralar. Flesh xotira (Flash Memory – bir zumda (ko’z yumib ochguncha) o’qiydigan xotira) deb elektron mikrosxemalar ko’rinishidagi, elektr ta’minotidan uzilganda ham o’zidagi ma’lumotlarni saqlab qola oladigan va kompyuterga USB shina orqali ulanadigan tashqi xotiraga aytiladi. Flesh xotiralar dastlab raqamli foto va videokameralarda qo’shimcha xotira sifatida qo’llanilgan. Oradan bir necha yil o’tib, 2001 yilda ular USB shina orqali ulanadigan shaklda sotuvga chiqarildi. Ularning sig’imi avval 1, 2, 4 yoki 8 MB bo’lgan bo’lsa, hozirgi kunda 2, 4, 8, 16, 32 GB sig’imli flesh xotiralar ishlab chiqilmoqda. Flesh xotiralarning yana bir muhim parametri bu ularning ma’lumotlarni o’qish va yozish tezliklaridir. Bir oz ilgari bu ko’rsatkich 10 – 15 Megabitga teng edi. Hozir 250 Mb tezlikda ma’lumotlarni o’qiydigan fleshkalar mavjud. Flesh xotiralarga ma’lumotni yozish o’qishga qaraganda ikki barobargacha kichik bo’lishi mumkin. Flesh xotiralar ulardan avval kompyuterlar orasida axborot almashish uchun xizmat qilgan floppi disk (disketa)larni butunlay siqib chiqardi. Floppi disklardan faqat ularning o’lchamlari: 5,25 va 3,5 dyuymlargina qoldi. Birinchi o’lchamdan optik disk yurituvchilarni ishlab chiqaruvchilar foydalanishsa, ikkinchisidan vinchesterlarni ishlab chiqaruvchilar foydalanadilar. Download 425.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling