10-mavzu. Texnik tizimlarda tarmoq xavfsizligi. Reja : 1


Xavfsizlik bo‘yicha amaliy tayyorgarliklar


Download 1.18 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/11
Sana21.11.2023
Hajmi1.18 Mb.
#1792169
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
10-mavzu. Texnik tizimlarda tarmoq xavfsizligi

Xavfsizlik bo‘yicha amaliy tayyorgarliklar 
Hujumlardan amaliy himoyalanish mustahkamlikni oshirish jarayonidagi 
qadamdir. Mustahkamlikni oshirish o‘z tarkibiga tarmoq himoyasi va operatsion 
tizim usullari orqali hujumni to‘xtatish yoki oldini olish uchun belgilangan 
vazifalarni qabul qiladi. Siz ishlayotgan tizimni mustahkamlash yo‘lida bir nechta 
umumiy qadamlar mavjud: 
1. 
Operatsion tizim va tarmoq himoyasi imkoniyatlari bo‘yicha imkoni 
boricha ko‘proq ma’lumot bilishga 
int
iling va ulardan foydalanishni o‘rganing. 
2. 
Yangi hujumlar va ularni qayta ishlash uchun himoya tashklotlarining 
veb-sahifalarida tez-tez maslaxat olib turing. 
3. 
Operatsion tizimni ishlatishingiz uchun absolyut zarur bo‘lgan xizmat 
va jarayonlarnigina yuriting va kerak bo‘lmaydiganlarini o‘chirib tashlang, chunki 
bunda hujumchilar foydalanishi mumkin bo‘lgan ochiq TCP/UDP portlar va 
operatsion tizim dasturlari va jarayonlari sonini kamaytiradi (hujum maydonini 
kamaytirish deb ham ataladi). 
4. 
Imkon bo‘lsa, alohida server, fayrvol va marshrutizatorlardan 
foydalaning. Ko‘p funksiya bajaradigan kompyuter va tarmoq qurilmalari 
hujumchilar uchun ko‘p ochiq darchalar yaratishi mumkin. Masalan, Internet, DNS 
va marshrutizatsiya funksiyalarini yagona serverda jamlamang. Alohida server va 
qurilmalarni boshqarish ham soddaroq, himoya etish ham osonroq. 
5. 
Operatsion tizimning foydalanuvchi login va parollari, himoyalangan 
guruhlar, huquqlar, himoyalanish siyosatlari, loginni o‘chirish, himoya 
protokollari, shifrlash va autentifikatsiya kabi himoya uchun mo‘ljallangan 
imkoniyatlarini o‘rganing va ulardan foydalaning. Hujumchilarga qarshi imkoni 
boricha ko‘proq to‘siqlar qo‘ying. 
6. 
Muntazam ravishda himoya tizimida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan 
darchalarning joyini aniqlash va shu erga yo‘naltirilgan himoyalash kabi usullar 
qanday o‘rnatilganini tekshirib boring. 
7. 
Foydalanuvchilarni ongli ravishda himoyalanishga o‘rgatib boring. 
8. 
Hujum yo‘qligiga ishonch hosil qilish uchun doimiy ravishda 
operatsion tizimni nazorat qilib boring. 
9. 
Bir operatsion tizim, masalan, Mac OS X boshqa operatsion tizim, 
misol uchun, Windows 7 dan hujumga kamroq moyil, deb, xato qilmang. Barcha 
operatsion tizimlar o‘z nozik tomonlariga ega va hujumchilar barcha turdagi 
operatsion tizimlarga hujum uyushtirish uchun zararli dasturlar yozishadi. Android 
va iOS kabi mobil operatsion tizimlar ham bundan mustasno emas. Masalan, 
Android asosidagi smartfon va planshetlar chiqqanining birinchi yilidayoq ularga 
bo‘lgan hujumlar soni asosan dastur yuklash orqali hujum hisobiga 400 foizga 
oshdi. iOS mobil qurilmalariga bo‘lgan hujumlar Android qurilmalariga nisbatan 
ko‘p bo‘lmaganiga qaramasdan, ularga bo‘lgan hurujlar ham o‘sdi. 

Download 1.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling