10-Mavzu: Trafarеt bosma usuli


Download 89.17 Kb.
bet1/3
Sana02.06.2024
Hajmi89.17 Kb.
#1837422
  1   2   3
Bog'liq
10-мавзу Kimyo


10-Mavzu: Trafarеt bosma usuli
Reja:
1.


Trafaret bosma - bu bo’yoqni qolip orqali bosib o’tkazish yordamida nusxa olishga imkon beradigan bosma usulidir. Bosma qolip sifatida trafaret ishlatiladi (8.1.1-rasm).

8.1.1-rasm. Trafaret bosma (prinsip)


U tasvir tushirilgan tabiiy ipak, sintetik material yoki metall iplardan tayyorlangan yupqa to’rdan iborat. Ko’p hollarda sintetik materiallar yoki metalldan yasalgan to’rlar ishlatiladi.
Tasvirni tashuvchi to’rning ochiq yacheykalari orqali bo’yoq bosiladigan materialga surtiladi. Shu tariqa, trafaret bosma qolipi - bu to’r va shablon birikmasidir.
Mato (to’r)ning bosma-texnik va sifat xususiyatlari esa, material, liniatura (to’r uzunligining bir santimetriga to’g’ri keladigan iplar soni), trafaret qalinligi, to’rning ochiqlik darajasi (barcha yacheykalar jami yuzasining to’rning foizlarda ifodalangan umumiy yuzasiga nisbati) bilan belgilanadi.
10 dan 200 ip/sm gacha liniaturali to’rdan foydalanish mumkin. Eng ko’p qo’llanadigan to’rlar 90 dan 120 ip/sm gacha liniaturaga ega bo’ladi. 8.1.2.a-rasmda oraliq, ya’ni yopiq qismlarga ega bo’lgan trafaret to’rining (poliamid iplar) mikrofotografiyasi tasvirlangan. 8.1.2.b-rasmda trafaret bosmada olingan ko’p rangli nusxaning mikrofotografiyasi keltirilgan. To’rsimon tuzilish sababli, rastr nuqtalari chetlarida kertiklar hosil bo’ladi.
K o’p detallardan tashkil topgan suratlarni rastrlash va bosish esa, tasvirni aks ettirish chog’ida imkonlilik qobiliyatiga qo’yilgan talablarga muvofiq juda yuqori liniaturali to’rdan foydalanishni talab qiladi. Rastrlash vaqtida shuni hisobga olish muhimki, to’rning liniaturasi (ip/sm) rastrlangan tasvirdan (lin/sm).
8.1.2-rasm. Trafaret bosma qolipi va nusxasining mikrofotografiyalari: a) shablonli to’r mator; b) trafaret bosma usulida olingan uch rangli nusxaning rastr nuqtalari



Download 89.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling