10-mavzu: Ujro ishi yuritishdagi xarajatlar. Reja: Ijro yig‘imi tushunchasi va uni undirish tartibi


Ijro harakatlarini amalga oshirish xarajatlarini qoplash tartibi


Download 20.55 Kb.
bet4/4
Sana14.12.2022
Hajmi20.55 Kb.
#1002044
1   2   3   4
Bog'liq
10-mavzu Ujro ishi yuritishdagi xarajatlar.

4. Ijro harakatlarini amalga oshirish xarajatlarini qoplash tartibi
Majburiy ijro amalga oshirilganda sarflangan xarajatlar qarzdordan undiriladi. Ijro harakatlarini amalga oshirishga sarflangan xarajatlar qarzdordan undirilishi sud ijrochisi tomonidan chiqarilgan ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish to‘g‘risidagi qarorda ko‘rsatilishi kerak. Bu qarorning nusxasi qarzdorga topshiriladi.
Qarzdordan undirilgan ijro harakatlarini amalga oshirish xarajatlari sud ijrochilarining depozit hisobvarag‘iga o‘tkaziladi. Depozit hisobvarag‘i katta sud ijrochisi tomonidan boshqariladi. Ijro harakatlarini amalga oshirish xarajatlari qarzdordan undirilgan pul summasidan (shu jumladan, uning m ol-m ulkini realizatsiya qilish yo‘li bilan olingan pul summasidan), ijro hujjati bo‘yicha ijro yig‘imi to‘langan va ijro jarayonida qarzdorga solingan jarimalar undirilgach, qoplanadi. Shuning uchun ham amaliyotda sud ijrochisi mulkiy xususiyatga ega bo‘lgan ijro hujjatlarini ijro etishda ijro hujjatida ko‘rsatilgan undirilishi lozim boflgan summadan tashqari, ijro yig‘imi summasi, jarima (agar u qofllanilgan bo‘lsa) va ijro bilan bog‘liq boshqa xarajatlarni hisobga olgan holda, undiruvni amalga oshirishi lozim. Mulkiy xususiyatga ega bo‘lmagan ijro hujjatini ijro etishda sud ijrochisi qarzdordan ijro yig‘imi va jarimalardan tashqari ijro harakatlarini amalga oshirish xarajatlarining undirilishini ta'minlashi kerak.
Qarzdordan undirilib, depozit hisobvarag‘iga o'tkazilgan pul summalaridan ijro harakatlarini amalga oshirish bilan bog‘liq xarajatlarni ko'targan shaxslarga ular qilgan xarajatlar summasi ulaming hisobvarag‘iga o‘tkazib beriladi yoki naqd beriladi. Bu holda undimvchi ijro harakatlarini bo‘nak bilan ta'minlagan yoxud ijroni amalga oshirishda ayrim organlar yoki shaxslar tomonidan qonunda nazarda tutilgan xizmatlar ko‘rsatilganligi nazarda tutiladi. Ko‘rsatilgan xizmatlar mulkni saqlash, uni sotish, sud ijrochisining topshirig‘iga ko‘ra mulkiy xususiyatga ega bo'lmagan ijro hujjatlarini ijro qilishda qarzdorning o‘rniga ma’lum harakatlarni amalga oshirish kabilardan iborat bo‘lishi mumkin.
Ijro ishi yuritish quyidagi asoslarga ko‘ra, tugatilgan taqdirda, ijro hujjatini ijro etish uchun kyetgan xarajatlar undimvchidan undiriladi: — agar qarzdorning undimv qaratilishi mumkin bo‘lgan mol-mulki yoki daromadlari bo‘lmasa va uning mol-mulki yoki daromadlarini qidirish yuzasidan sud ijrochisi tomonidan qonunda yo‘l qo‘yiladigan doirada ko‘rilgan barcha choralar natijasiz bo‘lsa; — agar undimvchi ijro hujjati ijro etilayotganda qarzdorning sotilmagan mol-mulkini o‘ziga olishdan voz kechsa yoxud qarzdorlik hisobidan ushbu mol-mulkni o‘ziga olish to‘g‘risidagi sud ijrochisining taklifi bo‘yicha o‘z qarorini belgilangan muddatda taqdim etmagan bo‘lsa; — agar undimvchi o‘z harakatlari (harakatsizligi) bilan ijro hujjatining ijro etilishiga to‘sqinlik qilayotgan bo‘lsa, shu jumladan, ijro hujjatida ko‘rsatilgan, qarzdordan olib qo‘yilgan muayyan ashyolarni olishdan voz kechsa.
Qonunga ko‘ra sud ijrochisi tomonidan ijro harakatlarini amalga oshirish bilan bog'liq xarajatlarini undirish va qoplash bilan bog‘liq barcha harakatlar u tomonidan chiqariladigan qarorlar orqali amalga oshiriladi. Bu qarorlar ustidan sudga shikoyat yoki protest keltirish mumkin bo‘lganligi sababli, ularning nusxalari uch kunlik muddat ichida taraflarga jo‘natilishi kerak. «Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida»gi Qonunda nazarda tutilgan hollarda qarzdorni yoki uning mol-mulkini qidirishga ketgan xarajatlarni qoplashni qarzdor rad etgan yoki undan bo‘yin tovlagan taqdirda, ularni qoplash to‘g‘risidagi masala undiruvchining arizasiga binoan yoki sud ijrochisining tashabbusi bilan sud tartibida hal qilinadi. Bunda undiruvchi yoki sud ijrochisi davlat boji toMashdan ozod etiladi.
Download 20.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling