10-seminar: Turistik texnika bo’yicha musobaqalarni tashkil qilish va o’tkazish


Download 46.37 Kb.
bet1/2
Sana05.01.2022
Hajmi46.37 Kb.
#222655
  1   2
Bog'liq
lHDfE45gEWC2narBu3WtDhQMMQ8v9ZSs-1

10-seminar: Turistik texnika bo’yicha musobaqalarni tashkil qilish va o’tkazish


Reja:

  1. Turistik texnikaning asosiy elementlari

  2. Slyot turistlarning katta anjumani

Umumta’lim maktab o’quvchilari, kasb-hunar kollejlari, akademik-li-seylarning o’quvchi-yoshlari hamda oliy ta’lim tizimidagi talabalar, xiz-matchilarning ommaviy piyoda yurish sayohatlarida turli xil musobaqalar o’tkazishning asosiy maqsadi quyidagilardan iborat, ya’ni:

1. Sayohat ishtirokchilarining jismoniy sifatlarini takomillashti-rish, kasb-hunar bilan bog’liq amaliy faoliyatlarni mustahkamlash.

2. Piyoda yurishlarda jismoniy qobiliyatlarni sinovdan o’tkazish, “Alpomish” va “Barchinoy” maxsus testlari talablarini bajarish.

3. Turizmga bo’lgan qiziqish va havaslarni yanada oshirish, ularni keng targ’ibot qilish.

4. Ijtimoiy mehnat qilish (qishloq, o’rmon xo’jaligi, qo’riqxonalar va b.q) yo’li bilan aholiga ko’mak berish, tahdid soluvchilarga qarshi kura-shish yoki uning oldini olish.

5. Vatan himoyasi uchun mudofaa ishlarida xizmat qilishga tayyorgar-lik, maxsus jismoniy mashqlarni amalda bajarish bilan malaka hosil qi-lish.

Turistik sayohatlar, poxodlarda xilma-xil musobaqalar, slyotlar tash-kil qilinadi. Katta yoshdagi kishilarning sayohatlari jarayonida sportning voleybol, futbol, badminton, suvda suzish kabi turlaridan oddiy qoidalar bo’yicha musobaqalar, ko’ngil ochish tadbirlari tashkil qilinadi. Turli hara-katli o’yinlar uyushtiriladi. Balandliklarga chiqish, tushish, chodirlarni tez o’rnatish, ovqat pishirish kabilar bo’yicha ham musobaqalar, estafetalar tashkil qilinadi. Turistik sayohatlar va poxodlar davomida tashkil etila-digan turli musobaqalar ham avvaldan tayyorlangan bo’lib, maxsus reja yoki nizom asosida o’tkaziladi.

O’quv muassasa o’quvchi-yoshlarining barcha sayohat va poxodlarida yo’lda yurish tar-tibi, atroflarni ko’zdan kechirish, joylarni o’rganish, muzey va diqqatga sa-zovor joylarni tomosha qilish, sxema tuzish kabi tadbirlar bilan birga-likda turistik musobaqalar ham tashkil qilinadi.

O’quvchi -yoshlarining turizm bo’yicha musobaqalari turistik texnika bo’yicha tadbir va slyot hisoblanadi.




Download 46.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling